Mahalla – obod uyimiz
- Mahalla – katta-kiçik oilalarni birlaştirgan katta xonadon. Unda hamma narsa – mahalla ahlining turmuş tarzi, orzu-intilişlari, muammo va taşvişlari kaftdagidek namoyon bölib turadi. Hamma bir-birini taniydi, bir-birining ğamiga yelkadoş, quvonçiga şerik. Şuning uçun ham mahallamizni yaxşi köramiz, unga intilib yaşaymiz, qiyofasini yanada obod va körkam körişni istaymiz.
Ötgan 2013-yilda aholining toza içimlik suviga bölgan ehtiyojini hisobga olgan holda "Obod turmuş yili” Davlat Dasturiga muvofiq 2800 metr uzunlikda suv tarmoqlari – trubalar tortildi. "Uçqun”, "Istiqlol”, Muqimiy hamda Bobur nomli köçalarga toş yotqizildi. Ayniqsa, qor-yomğirli kunlarda qiynalib kelayotgan 1-boşi berk "Uçkun” köçasiga toş yotqizilganidan aholi xursand.
Mahallamizda haftaning maʼlum kunlarida öz faoliyatlarini olib boruvçi "Salomatlik” sektori, "Oilaga kiriş sektori”, "Bandlik sektori” "Jinoyatçilik profilaktikasi sektori”, "Taʼlim va tarbiya sektor”lari aʼzolari mahallada soğlom turmuş tarzini şakllantiriş maqsadida davlat va jamoat taşkilotlari bilan hamkorlikda tizimli iş olib bormoqdalar. Şu bois, mahallamizda inson omiliga oid har qanday muammo yoki masala sektorlar aʼzolarining nazaridan çetda qolmaydi. Nuroniylar ahvolidan xabar oliş, yangi oilalar hayotiga daxldor muammolarni hal etiş, erta turmuş qurişning oldini oliş, içkilikbozlikka, giyohvandlik va odam savdosiga qarşi kuraşiş, aholining iş bilan bandligini yanada yaxşilaş, yoş avlod taʼlim-tarbiyasi, ona va bola soğlomligi kabi masalalar doimiy eʼtiborda.
Mahallamizda istiqomat qiluvçi turli millat vakillari bir oila aʼzolaridek ahil-inoq yaşayotganlarining boisi esa inson omiliga eʼtiborning, millatlararo tenglik-totuvlik tuyğularining buyukligidan. Çunki qayerda hamjihatlik, ahillik bölsa, öşa yerda taraqqiyot böladi, insonlar baxt-saodatga erişadilar.
Ö.Saʼdullayev,
Oybek nomli MFY raisi.
(Foto - http://mahallafond.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶