Çekiş közga ziyon
Çekiş közga ziyon
Xitoylik olimlar tamaki mahsulotlarini isteʼmol qiliş közga katarakta tuşişi – köz xiralaşişiga olib kelişi mumkin, deb taʼkidlamoqda. Uzoq vaqt olib borilgan tadqiqot işlari natijasida maʼlum bölişiça, çekuvçilarda çekmaydiganlarga nisbatan közning uşbu turdagi kasalligiga çaliniş xavfi ança yuqori.
Xitoyning Çjetszyan universiteti qoşidagi Oftalmologiya instituti vakillarining sözlariga köra, kataraktaning öz vaqtida oldi olinmasa, yoxud töğri davolanmasa, körlikka sabab bölişi mumkin. Şu bois ekspertlar çekişdan butunlay foriğ böliş lozimligini tavsiya etmoqda.
Albert Eynşteynning xati sotildi
Germaniyalik maşhur fizik Albert Eynşteynning diniy mavzuga oid xati AQŞning "eBay” kimoşdi savdosida 3,1 million AQŞ dollariga sotildi. Xaridorning şaxsi sir tutilmoqda.
"eBay” vakillarining aytişiça, 1954-yil 3-yanvarda yozilgan mazkur maktub AQŞning Prinston universitetida işlagan nemis faylasufi Erik Gutkindga jönatilgan. Eynşteynning ölimidan bir yil avval yozilgan, ötgan asrning eng şov-şuvli hujjati bölmiş uşbu xat olimning şaxsiy kollektsiyasida ellik yil saqlangan.
Ming dardga davo
Yangi zelandiyalik olimlarning sözlariga köra, asal, gul çangi, asalari zahri yordamida qon tomirlarining kengayişi, psoriaz, artroz va osteoxondroz kabi turli xil kasalliklarni davolaş mumkin ekan. Ularning aytişiça, asal tarkibidagi organizm uçun juda zarur bölgan temir, yod, tsink, kobalt, marganets, ftor kabi öttizga yaqin mikroelementlar uyqusizlik, oşqozon-içak xastaliklari va şamollaşni ham tabiiy yöl bilan davolaş, jigarni tozalaş imkonini beradi.
Maʼlumotlarga qaraganda, mikroelementlar tarkibiga köra asalning öttiz foizli eritmasi inson qonidan tayyorlangan plazma örnini ham bosa oladi. Boisi qon bilan asalning kimyoviy tarkibi deyarli bir xil. Şuning uçun ham asal parhez taom va şifobaxşlik borasida tengsiz hisoblanadi.
Yangi muzey
Germaniyada dunyoda birinçi marta xotin-qizlar tarixiga oid muzey oçildi. Bonn şahrida taşkil etilgan mazkur yangi muzey "Xotin-qizlar tarixi uyi” nomini oldi. U dunyo ayollarining jamiyatda qölga kiritgan muvaffaqiyatlari haqida hikoya qiladi.
Uşbu muzeyda uzoq ötmişdan hozirgi davrga qadar xotin-qizlarning jamiyat va davlat qurilişida tutgan örni rang-barang ekspozitsiyalarda aks ettirilgan.
Uzoq umr köray desangiz, içmang!
Frantsiyalik olimlar muntazam spirtli içimlik içadigan odamlar bu kabi mahsulotni juda kam isteʼmol qiladigan va umuman içmaydigan kişilarga nisbatan 14-yil avval insult xastaligiga çalinişi mumkin, demoqdalar.
Frantsiyadagi Lill universiteti xodimlari olib borgan tadqiqotlar şuni körsatdiki, 60 yoşdan kiçik bölgan "içuvçilar” insult xurujiga uçraganidan keyingi ikki yil içida hayotdan köz yumişi mumkin ekan. Şifokorlarning sözlariga köra, spirtli içimliklarni köp miqdorda içiş oqibatida yoşlik çoğida ham insultning oğir turiga duçor böliş xavfi bor.
AQŞda kuçli töfon
AQŞda sodir bölgan Sendi dovuli oqibatida yuzdan ziyod odam halok böldi. Mahalliy matbuotning xabar qilişiça, qor aralaş kuçli töfon soatiga ön yetti kilometr tezlik bilan harakatlangan. Töfon AQŞning Merilend, Nyu-Jersi, Delaver, Konnektikut, Pensilvaniya, Massaçusets, Vermont, Ogayo, Virjiniya va Şimoliy Karolina ştatlarining katta qismiga ziyon yetkazgan.
Maʼlumotlarga köra, töfon oqibatida mamlakatdagi yerosti va yerusti transport harakati maʼlum muddat töxtagan. Aviakompaniyalarda ikki mingga yaqin reyslar bekor qilingan.
(Foto-http://shifo-info.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶