31-may Butunjahon çekişga qarşi kuraşiş kuni
ÇEKIŞ – SOĞLIQQA ZARAR
Insoniyatni soğligi uçun zararli odatlar va narsalardan himoyalaş muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada ular örtasida tarğibot-taşviqot işlarini olib boriş ham muhim. Butunjahon Soğliqni saqlaş taşkilotining taşabbusi bilan 1980-yil 31-maydan boşlab uşbu sana “Çekişga qarşi kuraş kuni” deb eʼlon qilinişi ham şu maqsadni közlaydi.
Tan oliş kerak, sönggi paytlarda tamaki mahsulotlarini çekiş yoş tanlamayapti, afsuslanarli tomoni – yoşlar örtasida ham uçramoqda. Çekişga ruju qöyib, soğliğiga zarar yetgan insonlar esa kaşandalikning xavfli jihatlarini keç tuşunişmoqda va bundan afsuslanişayapti.
Tuşuntiriş işlari muntazam olib borilayotganiga qaramasdan pana-pastqam joylarda kaşandalik qilişayotgan yoşlar uning zararli oqibatlarini his etişmayapti. Töğri, bu zarar birdan anglab yetilmasligi mumkin. Çunki, birinçi marta çekkan inson özida noxuş holatlar – boş aylanişi, oğrişi, köngil aynişi, umumiy holsizlikni sezsa-da, bu ötkinçi holat, degan kayfiyatda yetarli eʼtibor bermay, davom ettiraveradi. Şu tariqa bunday insonlar surunkali çekuvçiga aylanişadi.
Tamaki boş miya faoliyatiga salbiy taʼsir etib, asab hujayralari faoliyatini susaytiradi. Boşqa omillar ham qöşilib, çekiş orqali kuçaygan kasalliklar natijasida har yili 5-6 million kişi hayotdan köz yumayapti.
Maʼlumotlar körsatişiça, voyaga yetmaganlar örtasida ham kaşandalik holatlari uçrab turadi. Ayrimlar esa sigaretaga nisbatan nosning zarari kam, deb öylab nos çekişga ötişgan. Lekin, bu ham notöğri. Çunki, nosning tarkibini tamaki talqoni, ohak, kul, paxta moyi hamda suv taşkil etadi. Ana şunday moddalarni öz tarkibida saqlagan nos talqoni til ostini butkul zararlab, saraton kasalligini keltirib çiqarişi mumkin. Axir, uning aççiq taʼmi va hidining öziyoq nimalarga qodir ekanligini anglatib turibdi-ku. Yana bir afsuslanarli tomoni esa, köpçiligimiz, ayniqsa yoşlarning nos va sigareta çekayotganiga közimiz tuşsa ham indamayotganligimiz. Şuningdek, sigareta va nos sotayotgan kimsalarga ham bu işning zararli tomonlari haqida heç narsa demaymiz. Bunday befarqlik esa ham çekuvçilarga,ham jamiyatga zarar yetkazmoqda.
Çekiş – birinçi navbatda yurak-qon tomir kasalliklariga olib keladi. Nikotin – surunkali bronxit, “kaşanda yötali”, saraton kabi oğir dardlarga duçor qiladi. 100 gramm tamaki yongan çoğida uning 5-7 gramm tutuni ajralib çiqadi va 20-soniya davomida qonga tuşib, markaziy asab tizimiga faol taʼsir etadi. Natijada, inson tanasida turli kasalliklar – saraton, öpka sili, qon tomir, nafas oliş, ovqat hazm qiliş, nafas aʼzolarining yalliğlanişi ehtimoli kuçayadi. Lekin çekişning ilk davrlarida inson tanasida zaharlaniş jarayoni uzoq vaqt sezilmay, yuzaga çiqmay davom etişi mumkin.
Insonlar salomatligiga eʼtiborni kuçaytiriş maqsadida Prezidentimiz tomonidan 2023-yil 25-may kuni eʼlon qilingan “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilişi hamda isteʼmol qilinişini çeklaş töğrisida”gi Qonun imzolandi. Qonunga köra:
Tarkibi nikotin mavjud bulgan mahsulotlar, qizdiriladigan tamaki mahsulotlari, elektron sigaretalar, çilim uçun möljallangan qorişmalar tamaki mahsulotlariga tenglaştiriladi va ularga nisbatan uşbu turdagi mahsulotlarni çeklaşga qaratilgan hamma çoralar amal qiladi;
Özbekiston hududiga çekilmaydigan tamaki mahsulotlari, jumladan nikotinli syuns, çaynaladigan tamaki va nikotinli şirinliklarni olib kiriş va sotiş taqiqlanadi. Savdo va xizmat körsatiş obʼektlarida tamaki mahsulotlarini körsatiş va oçiq namoyiş qiliş taʼqiqlanadi. Uşbu tartib 45 dan ortiq mamlakatlarda amalga oşirilgan. Unga muvofiq, savdo maydonçasida faqat qoğozga bosilgan sotiladigan tamaki mahsulotlarining röyxati joylaştiriladi. Mahsulotlarning özi xaridorga körinmaydigan joyda saqlanadi.
Sigaret qadoqlariga qöllaniladigan rasm körinişidagi tibbiy ogohlantiriş hajmi 40 foizdan 65 foizga oşirilmoqda.
Yoşlar va kattalar örtasida bu mavzudagi tarğibot-taşviqot işlarini yanada kuçaytirişimiz lozim.
J.Yavkaşev, tuman Tibbiyot birlaşmasi şifokori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶