QANGLI OVULIDA ÇEGARASIZ ŞIFOKORLAR TAŞKILOTI XODIMLARI IŞTIROKIDA ÇEKIŞNING ZARARI XUSUSIDA TADBIR ÖTKAZILDI
Tamaki çekiş – jamiki zararli odatlar içida eng köp tarqalgan odatdir. Insonning zamonaviy hayot tarzida kaşandalik köpgina surunkali kasalliklarni keltirib çiqaruvçi iş qobiliyatini pasaytiruvçi, nogironlik va ölimning yoşarib borayotganligiga sabab böluvçi xavfli omillarning asosiylaridan biri bölib bormoqda. Bugunjahon Soğliqni saqlaş taşkilotining bayonnomalariga asosan, jahonda bir yil davomida 5 mln.dan ortiq kişi tamaki çekiş bilan boğliq bölgan kasalliklar tufayli hayotdan köz yumadi. Çekuvçining umri çekmaydiganlarga qaraganda, kuniga 1 dona sigaret çekkanida ham örtaga 5-8-yilga qisqarişini olimlar isbotlaşgan. Sutkasiga 2 paçka sigaret çekuvçi kaşandalarda umrining qisqarişi 10-yildan ziyodni taşkil etadi. Ayniqsa, nafas oliş, yurak-qon tomir tizimlari va saraton kasalligining kelib çiqişiga sabab böladi.
Bu kabi insoniyat soğligiga xavf tuğdiruvçi kasalliklarning kelib çiqişining oldini oliş maqsadida Jahon Soğliqni saqlaş taşkiloti taşabbusi bilan 1988-yildan eʼtiboran 31-may – “Butunjahon çekişga qarşi kuraşiş kuni” sifatida dunyo miqyosida keng nişonlanib kelinadi.
Har yili Amudaryo tumani Tibbiyot birlaşmasi huzuridagi Aholining soğlom turmuş tarzini qöllab-quvvatlaş va jismoniy faolligini oşiriş bölimi tomonidan jamoat va davlat taşkilotlari bilan hamkorlikda “Butunjahon çekişga qarşi kuraşiş kuni” munosabati bilan aholi keng qatlamlari orasida tarğibot-taşviqot tadbirlari ötkaziladi. Ana şunday tadbirlardan biri joriy yilning 31-may kuni Qangli ovulida ham bölib ötdi.
Tadbirda Aholi soğlom turmuş tarzini qöllab-quvvatlaş va jismoniy faolligini oşiriş bölimi mutaxassislari Matyoqub Ernazarov, Tamara Saidova, ftiziatriya bölimi mudiri Gulora Abdullayeva, TTB OIV/OITS laboratoriyasi şifokori X.Ermatovalar çekişning zararli oqibatlari, bu zararli odatdan voz keçişning samarali usullari haqida zarur tuşunça va tavsiyalar berdilar.
Tadbir davomida ayni paytda tumanimizda bölib turgan Çegarasiz şifokorlar taşkiloti şifokori Pokiston Respublikasidan kelgan Janob Doktor Husayn hamda mazkur taşkilot xodimi P.Permanovlar Qangli ovuli aholisi bilan çekişni taşlaşning inson soğligi uçun foydalari, soğlom turmuş tarzi umummilliy dasturi, sil, OIV/OITS kasalliklari profilaktikasi töğrisida oçiq va samimiy suhbat ötkazib, ularni qiziqtirgan savollar yuzasidan keng tuşunça va tavsiyalar berdilar.
Şuningdek, janob Doktor Husayn çekişga qarşi kuraşişning global maqsadi hozirgi va kelgusi avlodni tamakining nafaqat soğlik uçun salbiy jihatlaridan, balki ijtimoiy, ekologik va iqtisodiy talofatlarning vayronkor oqibatlaridan himoya qilişga qaratilgani, millionlab gektar yerda tamaki plantantsiyalarini yaratiş uçun örmonlar kesilib, dunyo ekotizimiga zarar yetayotganini taʼkidladi va barçani bu zararli odatga qarşi jipslaşib kuraşişga çaqirdi.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶