OʻRMONLAR – BOYLIGIMIZ, UNI ASRAB-AVAYLASh – BURChIMIZDIR
Qipchoq Davlat Oʻrmon xoʻjaligiga qarashli oʻrmonzorlarda yongʻinning oldini olish va unga qarshi kurashni kuchaytirish toʻgʻrisidagi tuman hokimining 25-aprel 2019-yilgi 213-sonli qarorining ijrosini taʼminlash maqsadida oʻrmon xoʻjaligiga qarashli davlat oʻrmon fondi yerlarida tabiiy va texnogen turdagi favqulodda vaziyatlarda hamda oʻrmon yongʻinining oldini olish va oqibatlarini bartaraf qilish boʻyicha dastur-reja ishlab chiqildi. Ushbu dastur-rejaga asosan tumandagi oʻrmon hududi bilan chegaradosh MMTPlar, texnikalar asosida faoliyat yurituvchi korxonalar mutaxassis xodimlari hamda ovul va mahallalar aholisi, oʻrmon xoʻjaligi ishchilaridan iborat shaxsiy tarkib tuzildi.
Davlat oʻrmon fondi bilan chegaradosh Nazarxon ovuli, Besh tom, Daryo boʻyi mahallalari, Qipchoq shaharchasi hamda Toʻlqin ovullarida aholi vakillari, fermer xoʻjaliklari, MMTPlar ishchilari bilan uchrashuvlar oʻtkazilib, oʻrmonzorlar bilan chegaradosh hududlarda olov yoqmaslik, mol boqmaslik va yashil hududlarni payhon qilmaslik boʻyicha tushuntirish ishlari olib borilib, ogohlantirish xatlari tarqatildi. 2019-yilning iyun oyigacha 20 ta holatda har xil turdagi qonunbuzarliklar aniqlanib, jami tabiatga yetkazilgan salkam 7,5 mln. soʻmlik moddiy zarar undirildi.
Oʻrmon bilan qoplangan barcha aylanmalardagi yongʻin xavfsizligi yoʻlaklari tozalanib, yoʻlak boʻylariga maxsus idishlarda suv toʻldirilib, koʻmib qoʻyildi.
Aylanmalarda yongʻin oʻchirish asbob-uskunalari doimiy shay holatga keltirildi. Xoʻjalik maʼmuriy binosida esa navbatchilik jadvali tuzilib, ana shu jadvalga asosan doimiy navbatchilik tashkil etilgan.
Maqsadimiz – atrofimizni oʻrab turgan yashil olamni asrab-avaylash va yanada boyitishdir.
Maqsud NUREKEYeV,
Qipchoq Davlat Oʻrmon xoʻjaligi boshligʻi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶