ÖRMONLAR – TABIIY BOYLIGIMIZ
Örmon – tabiatning bebaho neʼmati. Hayvonot va ösimlik dunyosini saqlaş va ularni köpaytirişda, iqlim özgarişlarni möʼtadillaştirişda, tuproq eroziyasiga qarşi kuraşiş, çöl hududlarida qumlarning köçişini töxtatiş, tuproqning meliorativ holatini yaxşilaşda ihota örmonlari katta ahamiyatga ega. Uşbu yaşil boyliklarni asraş, yurtimizdagi ekologik vaziyatni yaxşilaş va uning salbiy oqibatlarining oldini olişda esa örmon xöjaliklari muhim örin tutadi.
Qipçoq davlat örmon xöjaligi ham hududdagi tabiiy muhitni möʼtadillaştirib turuvçi, yoğoç, dorivor va boşqa turdagi ösimliklar, ularning uruğlarini, turli manzarali daraxtlar köçatlarini yetiştirib beruvçi manba bölib xizmat qilib kelmoqda.
Qipçoq va Qiliçboy ovullari hududida joylaşgan uşbu xöjalikning umumiy yer maydoni 16545,8 gektardan iborat. Şundan 3798,3 gektari örmon bilan qoplangan maydonlar, 855 gektari tutaşmagan örmonzorlar, 11,4 gektari örmon köçatxonalari hisoblanadi. Taqir yerlar ham mavjud bölib, ular 6,87 gektarni, haydaladigan yerlar 24,5 gektar, yaylovlar 2689,9 gektarni taşkil qiladi. Hududdagi suvli yerlar 2,4 gektar, qumliklar 1894,9 gektar, boşqa yerlar esa 6748,2 gektarga yaqin.
Örmon xöjaligida 57 nafar xodim işlaydi. Ularning 13 nafari oliy, 24 nafari örta maxsus, 23 nafari örta maʼlumotli.
Xöjalikda joriy yilda madaniy örmonzor barpo qiliş, tumandagi korxona-taşkilotlarni köçatlar bilan taʼminlaş va köçatxona taşkil etiş uçun uruğ tayyorlaş yillik rejasi 4000 kg. qilib belgilangan bölsa, hozirgi kungaça 16250 kg. uruğlar tayyorlandi. Şundan 15730 kg. qismi saksovul uruğlari bölib, ular terilganidan söng, Orol dengizining qurigan tubi va tumanimizning örmon barpo etiladigan qumli hududlariga sepildi. Uruğdan madaniy örmon barpo qiliş yillik rejasi 246,9 gektar qilib belgilangan bölsa, hozirgi kungaça 245 gektardagi qumli hududlarga saksovul uruğlari sepildi, 1,75 gektar yerga yasen, klyon, katalpa va oqterak köçatlari ötqazildi.
Xöjalikning 11,35 gektar maydonida köçatxona taşkil qilingan. U yerda uruğ va nihollar ekilgan bölib, hozirda 901 ming dona nihol va köçatlar mavjud. Kuz oylarida “Yaşil makon” davlat dasturining ijrosini taʼminlaş maqsadida tumandagi korxona, taşkilot va maktab, boğçalarga homiylik asosida 64110 dona har xil manzarali daraxtlar köçatlari va qalamçalari yetkazib berildi.
Joriy yilda Toşyop, Zarbdor, Manğit va Namuna massivlarida yangidan 19 gektar maydonda tut köçatlari ekildi. Uşbu ihotazorlar suğoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxşilaş, garmseldan himoya qiliş va hosildorligini oşirişga xizmat qilib kelmoqda. Bundan taşqari, içki turizmni rivojlantiriş maqsadida örmon fondi hududida “Sohil böyi” dam oliş maskani taşkil etildi. Bu maskanda aholining oilaviy dam olişlari uçun qora uy, çömiliş havzasi, qayiq va boşqa çömiliş anjomlari, qumli maydon taşkil etilgan.
Örmonlar – yurtimizdagi tabiiy boyliklarimizdir. Har birimiz uşbu boyliklarni asraşimiz, ularni yanada köpaytirişga imkon qadar köproq hissa qöşişimiz kerak.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶