XALQ OĞZAKI IJODI NAMUNALARI MILLIY BOYLIGIMIZDIR
Xalq oğzaki ijodi namunalari- xalqimizning azal-azaldan oğizdan oğizga ötib, biz avlodlarga yetib kelayotgan boy maʼnaviy meroslarimizdan hisoblanadi va yillar oşa öqib- örganilib kelinmoqda. Çunki xalq oğzaki ijodi namunalari bölmiş qöşiqlar, laparlar, maqol va matallar, topişmoqlar va tez aytişlar insonning maʼnaviy olamini boyitişgagina xizmat qilibgina qolmay, balki zehnini çarxlaşga, ularning nutqiy qobiliyatlarining rivojlanişiga katta hissa qöşadi.
Şuni alohida eʼtirof etiş joizki, özbek xalq oğzaki ijodi namunalari mazmunan va janr xususiyati jihatidan ham rang-barang va jozibadordir. Dostonlar, qöşiqlar, termalarni öqigan yo eşitgan odamning könglida taʼriflanayotgan voqea - hodisa xuddi köz öngida sodir bölayotganday taassurot qoldiradi. Şu boisdan ham umumiy örta taʼlim maktablarida öquvçilarga xalq oğzaki ijodini çuqur örgatişga alohida eʼtibor qaratiladi.
Yaqinda men özim faoliyat yuritayotgan 65-sonli maktabning 7-“b”sinfi öquvçilari iştirokida özbek xalq oğzaki ijodi namunalarini örganişga bağişlangan “Men özbekman” deb nomlangan nutq sanʼatini rivojlantirişga xizmat qiluvçi tadbir ötkazdim. Unda öquvçilar milliy liboslarda sahnaga çiqib, xalq oğzaki ijodi namunalarini ijro etdilar hamda özlarining milliy merosimizga bölgan hurmat- ehtiromini namoyiş etdilar. Men ularning könglida ona tili va adabiyot fanini öqitiş jarayonida asrlar oşa sayqallanib bizgaça yetib kelgan xalq oğzaki ijodiga mehr uyğota olganimga juda xursand böldim.
Adolat Erboyeva, 65-sonli maktab öqituvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶