MEN – YoShLIKMAN!
(Monolog)
Istiqlol yurtining hur avlodiman,
Kelajagi buyuk Vatan dilbandi.
Erk tugʻini tutgan ulugʻ davlatmand,
Ulugʻ mamlakatning ulugʻ farzandi –
Orzulari yorqin kelajakman men –
Yoshlikman! Buyuk yurt qurajakman men!
Koʻhna Xorazmga bir boqing, ana!
Pahlavon Mahmuddan kuch olar dunyo.
Necha yuz millatlar jam boʻlgan damda,
Vatanim koʻzlarga boʻldi toʻtiyo!
Ildizlari teran xalqdirman tengsiz,
Yoshlikman! Ona Yurt poyida Dengiz!
Sarhadlarda bedor kechgan lahzalar,
Mangu jaranglaydi TINChLIKka qasam.
Shunchalar yoqimli tillar, lahjalar,
Totuvlik taftidan Vatanda hasham!
Millatlar qalbida tugʻilgan ishqman,
Shu ishqdan yaralgan oʻtli qoʻshiqman!
Koʻrdingizmi, Yurtda tengsiz evrilish,
Yuz yillik armonlar gullamish bugun.
“Orol dardi” degan dunyoviy tashvish,
Yechim topayotir yechilmas tugun.
Siyosat bobida mardona oʻktam,
Yoshlikman! Shahdi zoʻr eng dadil qadam!
Prezident besh ulugʻ imkonni berdi,
Beshta tashabbusga yoʻl ochdi ravon:
“Ikki million oʻgʻil-u qizimiz endi
Sanʼat maskanlarin qilgay oshiyon”
Dunyo sahnalarin zabt etgan onim –
Bolam, deb quvongay Oʻzbekistonim!
Ikkinchi tashabbus – sogʻlom kelajak,
Sport bilan oʻtar har bitta kunim.
Sogʻlik hokim boʻlsa, el gullayajak,
Mangu baxtga yordir Oʻzbekistonim!
Vatan bayrogʻini baland koʻtargan
Kuch-qudrat oʻzimman, qalqon oʻzimman!
Kompyuter ilmini puxta egallab,
Oʻqib-oʻrganmoqlik – oltin qoida.
Jaholatga qarshi maʼrifat qoʻllab,
Maʼnaviyat tugʻin tutib qoʻlimda,
Oldinga intilib yashaguvchi mard –
Yoshlikman! Zamonga hamnafas, joʻmard!
“Har bitta hududga bir million kitob”,
Toʻrtinchi tashabbus mohiyatidir.
Sharh etib yozsang gar barin bobma-bob,
Magʻzi barkamollik tarbiyasidir.
Bolajonim, degan onajonimning, –
Bolasiman oʻktam Oʻzbekistonning!
Ayolga ehtirom hamda eʼtibor –
Beshinchi tashabbus aro mujassam.
Bundayin gʻamxoʻrlik, ayting, qayda bor
Zoti karimalar tinch va xotirjam!
Ayolni, Onani asramoq – qarzim,
Vatan oldidagi burch ila farzim!
Vatanim oʻrni bor keng jahonlarda,
Yoʻl bosib podshohlar necha ming farsah,
Bishkek sammitiga kelgan onlarda
Oʻzbekiston uchun chaldilar qarsak!
Tafakkur dunyosi buyuk Oʻgʻlonman –
Yoshlikman! Erk degan ulugʻ tugʻyonman.
Pobiya YOʻLDOShEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶