Internet tufayli tökilgan köz yoş
XXI asr axborot asri ekanligi hammamizga maʼlum. Internet bizga çeksiz imkoniyatlarni inʼom etadi. Bir söz bilan aytganda, dunyo böyiçaörgimçak töri, deya taʼriflanayotgan internet – çeksiz-çegarasiz axborot xazinasidir. U bizning oltindan afzal vaqtimizni tejaşi bilan teng darajada uni oğirlaştirayotganini, şu tufayli köplab muammolarga sabab bölayotganini, yoşlar orasida turli maʼnaviyatimizga yot bölgan illatlarning tez surʼatlarda tarqalayotganini ham unutmasligimiz kerak. Internetdan foydalanişda maʼlum bir çegara çiziqlaridan ötmagan holda, oqilona iş tutişimiz zarur, deb öylayman. Tun-u kun "agent”, "odnoklassniki” kabi muloqot vositalaridan foydalanuvçi yoşlar safi yanada ortib bormoqda.
Sözimning dalili sifatida uşbu hayotiy voqeani misol keltirmoqçiman. Bir kuni bozordan qaytayotgandim. Kun issiq, hamma uyiga oşiqmoqda. Maşina endi yurayotgan ham ediki, yiğidan közlari qizarib ketgan çiroyli qiz, yonida esa 12 yoşlar çamasi singlisibilan orqa örindiqqa ötirdi. Hammaning eʼtibori şu qizlarda. Marşrut taksi joyidan qözğaldi hamki, qiz yiğidan töxtamasdi. Şunda yoşi kattaroq opalardan biri hol sörab, qizni yupatgan böldi. Qiz yiğidan töxtamagaç, öşa opa kiçikina qizçadan opasiga nima bölganini sörab, heç qayeri oğrimayotganmikan, deb xavotirlana boşladi. Şunda singlisi: "yöq opamning heç qayeri oğrimayapti, faqat uni bir yigit xafa qildi, şunga yiğlayapti”, - dedi va bölgan voqeani ayta boşladi. Aytişiça, opasi "odnoklassniki”da bir yigit bilan tanişib, uni yoqtirib qolgan ekan, ular bir-birlarini körmasdan deyarli 1-yildan buyon telefon orqali gaplaşib yurişgan ekan. Bugun esa internet köprigi orqali tanişgan oşiqlar uçraşişga qaror qilişgan ekan. Yigit örtoqlari bilan qizni kutib turganida, uzoqdan 16 yoşli, yuzlari oppoqqina, juda çiroyli qizga közi tuşadi. Bu orada qiz ularning yoniga yetib keladi. Qizning salomlaşiş uçun uzatgan qöliga nazar solgan yigitning rangi özgarib, tuzukroq söraşmay ham ketib qoladi. Çunki qizning qölida kuyişdan qolgan doğ bor ekan. Qiz esa zor yiğlagança qolavergan.
Yöl böyi öylanib bordim. Endi bu qizning hayoti qanday keçadi? Hayotga va muhabbatga bölgan işonçini kim qaytaradi? Uning qölidagi doğ vaqt ötib, yöqolişiga, unga xalaqit bermasligiga kim işontiradi. Bu sizga oddiy holdek tuyulayotgan bölişi mumkin. Ammo singan yoş köngilni qayta tiklaş muşkul ekanligini anglaş qiyin emas. Mana şunga öxşaş voqealar kundalik hayotimizda tez-tez uçrayotganligiga sabab - yoşlar tobora internet atalmiş ummon tubiga şönğiyotganidir. Döstlarim, keling, internetdan öz örnida foydalanaylik. Ota-onamiz va atrofdagilarga qolaversa, jamiyatga ziyon yetkazadigan illatlardan xoli bölaylik.
Muhayyo RAHIMBOYeVA,
QDU jurnalistika fakultetining 2-bosqiç talabasi.
(Foto - http://tech.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶