Grippdan saqlaning
Gripp - bu ötkir yuqumli virusli infektsiya bölib, nafas oliş aʼzolari şilliq qavat epiteliy hujayralarini zararsizlantiriş va organizmda intoksikatsiya (zaharlaniş) bilan keçuvçi, havo tomçi va kontakt yöllari bilan yuquvçi epidemik va pandemik tarqalişlar bilan namoyon böladigan yuqumli kasallik hisoblanadi.
Gripp virusining hozirça maʼlum bölgan 3 ta - A, V, S, serotiplari mavjud. Hozirgi vaqtda "A”, "V” tipiga mansub gripp viruslarining bir qator serologik variantlari aniqlangan. Gripp virusi mikroviruslar guruhiga, ortomikroviruslar oilasiga mansub bölib, RNK saqlaydigan qözğatuvçilar guruhiga kiradi. Yuqori haroratda virus tezda nobud böladi. Dezinfektsiyalovçi moddalar - xloramin, xlorli ohak taʼsirida 5-10 daqiqadan keyin virus kasallik çaqiriş xususiyatini yöqotadi. Ammo gripp virusi past haroratga çidamli bölib, 0-4 darajadan -25-70 darajagaça viruslar öz hayot faoliyatini birneça yil davomida saqlab qoladilar.
Tarixiy maʼlumotlardan maʼlumki, gripp kasalligining yangi virusi paydo bölgan vaqtlarda kasallik pandemik holatda butun dunyoga tarqalgan. Masalan 1918-1920-yillardagi "Ispanka” deb nomlangan pandemiya 20 mln., 1957-1959 yillardagi "Osiyo grippi”deb nomlangan pandemiya 1 mln. odamni hayotdan olib ketgan. Pandemiya oraliğida - har 2-3-yilda gripp kasalligining epidemiyaviy tarqalişi kuzatiladi. Hozirgi kunda butun dunyo oldida muammo bölib turgan H1 N1 gripp virusining yangi serotipi hisoblanib, oldingi gripp kasalliklaridan kasallik belgilari va boşqa alomatlari bilan farq qilmaydi. Odamdan-odamga havo tomçi orqali yuqadi. Yaʼni gaplaşganda, aksirganda, salomlaşganda va boşqa bemor foydalangan anjomlardan foydalanganda yuqişi mumkin. Virus organizmga tuşgandan keyin yaşirin davri bir neça soatdan 2-7 kungaça davom etadi. Yaşirin davridan keyin kasallik belgilari yuzaga çiqadi. Odam organizmiga viruslar havo-tomçilari orqali, virus bilan zararlangan idiş-tovoqlar va kasallik yuqqan odamlar foydalangan narsalarni işlatganda yuqadi, taşqi muhitda 20-26 darajada 3-4 soat saqlanadi.
Kasallikning asosiy belgilari boş oğriği, muşaklarda oğriq, tana haroratining kötarilişi, yötal, angina, renit böladi va ayrim hollarda qayt qiliş, iç ketiş holatlari kuzatiladi. Kasallikdan keyin odam organizmida gripp kasalligiga qarşi kuraşuvçi immunitet paydo böladi.
Kasallikning oldini oliş uçun quyidagilarga amal qiliş kerak:
Odam gripp va boşqa respirator kasalliklar bilan oğriganda uydan çiqmagan holda, tibbiy xodimlarni uylariga çaqirtirişi kerak. Tibbiy xodimlar kelgunça bemorni uydagi boşqa odamlardan ajratib qöyib, köproq suyuqliklar, asal, limon, malina solingan çoy, kompotlar va boşqa vitaminlarga boy içimliklar beriş tavsiya qilinadi. Tana harorati yuqori bölsa, paratsetamol yoki boşqa haroratni tuşiruvçi dorilardan foydalaniş mumkin. Bemor yotqizilgan xonani tez-tez şamollatib, höllaş usuli bilan tozalaş kerak.
Epidemiyaviy mavsumda umumjamoa joylarda, maktablarda, maktabgaça taʼlim muassasalarida, transportlarda, umum ovqatlaniş şohobçalari, korxona va muassasalarda kundalik tozalaş işlarini xlor saqlovçi dezinfektsiyalovçi moddalar bilan ötkazib, tez-tez şamollatib turiş kerak. Kasallik qayd qilingan vaqtda, umumjamoa joylarida 4 qavatli doka niqoblar taqib yuriş kerak. Gripp kasalligining oldini oliş uçun hozirgi kunda grippga qarşi vaktsinalar işlab çiqarilgan. Yilda bir marta gripp kasalligiga qarşi vaktsinalar bilan emlatilgan vaqtda gripp kasalligi yuqişining oldi olinadi.
Yuqoridagilarga amal qilsak, kasallikning va tarqalişining oldini olamiz.
M.QALANDAROVA,
DSENM epidemiologiya vraçi.
(Foto - http://www.oxymed.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶