13.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
13.11.2026, 00:55
Fan va taʼlim 👁 3,760

Ğamxörlikka javob şumi? Yoxud kasb-hunar taʼlimi muassasalari faoliyatiga bir nazar

Ğamxörlikka javob şumi? Yoxud kasb-hunar taʼlimi muassasalari faoliyatiga bir nazar

Dunyoda...

Ona sayyoramizda umrguzaronlik qilayotgan ikki yuzdan ortiq davlatlar aholisining turmuş tarzi, darajasi turliça. Globallaşuv, tezkor taraqqiyot asri, deb nomlanayotgan 21 asrda ham kurrai zaminimizning kelajagi bölgan bolalarga eʼtibor ham turli mamlakatlarda turliçadir. Hatto boşlanğiç taʼlim ham olmagan, töyib ovqat yemaslik oqibatida hayotdan bevaqt köz yumayotgan bolalar soni tobora ortmoqda. Ön millionlab bolalar taʼlim oliş, qulay şaroitlarda yaşaş baxtidan mahrum. Birgina Afrika qitʼasida öqiş vayozişni bilmaydigan odamlar soni Braziliya aholisi sonidan köp ekan.

Bugungi kunda umumiyhisobda 61 millionga yaqin bola mutlaqoöqiş va yozişni bilmas ekan. Dunyoda har yili 11 millionga yaqin bola beş yoşga yetmay halok bölayotir. 10 millionga yaqin bola esa oğir şaroitlarda yaşayotgani va töyib ovqat yemaslik natijasida jismoniy va ruhiy bemor sifatida tabiiy rivojlanişdan töxtamoqda. Dunyoda...

Dunyoda... Yuragimizni larzaga soluvçi bunday ayançli maʼlumotlarni yana köplab keltirişimiz mumkin. Köz öngimizda oç-nahor, bolalik baxtidan mahrum norasidalar gavdalanadi. Beixtiyor "Astağfurulloh” deb, Özbekistonday jannatmakon yurt fuqarosi ekanligingdan, bolalaring bağringda emin-erkin, tanqislik nimaligini bilmay ulğayayotganidan, taʼlim olişi, yetuk insonlar bölib voyaga yetişi uçun hukumatimizning körsatayotgan ğamxörliklaridan köngling toğday yuksalib, Yaratganga qayta-qayta şukrona aytasan odam. Boisi, öşa savodsiz 61 millionga yaqin bolalar ham bizning bolalarimiz kabi yaxşi şaroitlarda yaşaşga, baxtiyor bölişga haqli. Ular ham siz-u bizning bolalarimizdek bola.

Bizda bolaning soğlom bölib ösişi uçun u dunyoga kelmasidan oldin ğamxörlik boşlanadi. Bugungi kunda onalik va bolalikni muhofaza qiliş borasida amalga oşirilayotgan çora-tadbirlarni köpgina mamlakatlar özlariga namunaviy model sifatida qabul qilayotgani bor gap. Şuningdek bolalarning tölaqonli taʼlim olişi, ularning qobiliyatlarini aniqlaş va rivojlantiriş, milliy qadriyatlarimiz, anʼanalarimiz ruhida yetuk insonlar qilib tarbiyalaş borasidagi işlar ham hamma havas qilsa, arzigulik. Bular Asosiy Qonunimizda ham, boşqa qonunlarimizda ham yaqqol öz ifodasini topgan. Yaʼni, Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 41 moddasida: "Har kim bilim oliş huquqiga ega. Bepul umumiy taʼlim oliş davlat tomonidan kafolatlanadi”, 45-moddasida: "Voyaga yetmaganlar huquqlari davlat himoyasidadir”, Özbekiston Respublikasi "Oila” Kodeksining 73-moddasida: "Ota-ona öz bolalarini tarbiyalaş huquqiga ega va tarbiyalaşi şart. Ota-ona öz bolalarining tarbiyasi va kamoloti uçun javobgardir. Ular öz bolalarining soğligi jismoniy, ruhiy, maʼnaviy va axloqiy kamoloti haqida ğamxörlik qilişlari şart. Ota-ona bolalarining Qonun hujjatlarida belgilangan zarur darajada taʼlim olişini taʼminlaşi şart”, deb körsatilgan. Özbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi Kodeksning 47-moddasida ota-onalar yoki ularning örnini bosuvçi şaxslar tomonidan voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalaş va ularga taʼlim beriş borasidagi majburiyatlarni bajarmaganlik uçun maʼmuriy javobgarlik belgilangan. Özbekiston Respublikasining "Taʼlim töğrisida”gi Qonunining 3-moddasida: "Umumiy örta, şuningdek, örta maxsus kasb-hunar taʼliminioliş majburiydir”, 30-moddasida: "Voyaga yetmagan bolalarning ota-onalari yoki qonuniy vakillari bolaning qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilişlari şart hamda ularning tarbiyasi, maktabgaça, umumiy örta, örta maxsus kasb-hunar taʼlimi olişlari uçun javobgardir”, 34-moddasida: "Taʼlim töğrisida”gi hujjatlarni buzişda aybdor bölgan şaxslar belgilangan tartibda javobgar böladilar”, deyilgan.

Şu örinda kelajak avlod taʼlim-tarbiyasiga, ularning bilimdon va malakali kasb-hunar egalari bölib voyaga yetişiga bizning mamlakatimizçalik ğamxörlik qilayotgan, mablağlar ajratayotgan mamlakat yöq ekanligini tilga olib ötiş joiz. Hali biron mamlakat bolalar uçun Özbekistondek 12 yillik bepul, uzluksiz taʼlimni zimmasiga olgani yöq.

Mamlakatimizda ötgan yilda davlat byudjetining 60 foizi ijtimoiy sohaga yönaltirilganligi, şuning 57,5 foizi taʼlim muassasalarini saqlaş va rivojlantirişga sarflanganining özi taʼlim sohasiga eʼtiborning neçoğlik yuksak ekanligini körsatadi.

Ayni kunda mamlakatimizning kiçik bir bölagi – tumanimizda 8 ta kasb-hunar kolleji va 1 ta akademik litsey bağrida 8564 nafar öquvçi-yoşlarimizning tölaqonli bilim olib, yetuk, malakali örta böğin kadrlar bölib yetişişi, har bir yigit-qiz öz istagiça mehnat faoliyatini boşlaşi yoxud oliygohlarda öqişni davom ettirişi uçun barça şaroitlar muhayyo.

Bugungi kunda ularning kasb-hunarlarni puxta egallaşlari, olgan nazariy bilimlarini amaliyot bilan mustahkamlab borişlari uçun yaratilgan şaroitlar, ajratilayotgan mablağlar - ularning özlari tanlagan ixtisoslikni töla, mukammal egallaşlari va malakali örta maxsus kadrlar bölib yetişişlarini töla taʼminlay oladi. Xöş, kasb-hunar taʼlimi maskanlari zimmasiga qöyilayotgan bugungi kun talablari ado etilayaptimi? Qay darajada? Tumanimiz körkiga-körk qöşib turgan kasb-hunar kollejlari bağri ilmga çanqoq yoşlar bilan töliqmi?

Uşbu savollarga javob izlab dastlab "Amudaryo” agrobiznes kasb-hunar kollejiga taşrif buyurdik. Dars jarayonlari ketayotgan ertalabki soat 11 larda bino oldida xotirjam suhbatlaşib turgan, quloğiga telefonini tutganiça bir çekkada ötirgan öquvçilarni körib ajablandik. Biz hozir dars payti emasmidi bolalar, nega taşqarida yuribsizlar, degan savollarimizga javob ololmadik. Ayblining tizzasi qaltirar, deganlaridek kiçkina yozuv daftarini uşlaganiça kollej hovlisidan çiqib ketayotgan bir yigit esa bizdan çöçib, yuzini yaşirib ötib ketdi.

Kollej koridorida ötirgan navbatçi-ustozlarni dars paytida kirib-çiqib yurgan bolalar qiziqtirmaydi, şekilli, heç narsadan xavotir olmay, bemalol yurişibdi.

Gavhar Qurboniyozovaning qoraqalpoq tili darsida partalarning baʼzilari böş. Bu partalarda ötirib, saboq olişi kerak bölgan bolalar nega darsga kelmagan, degan savolimizga muallima aniq javob bera olmadi. 9-11-moliya guruhiga dars ötilayotgan sinfxonaga kirişimizni istamagan muallim bu yerda 2-smena öquvçilariga darsdan taşqari qöşimça maşğulot ötilayapti, deb izoh berdi. Buning sababini sinfga kirib, partalar usti çang, ötirgiçlar ham, öquvçilar ham kam ekanligini körib anglaganday böldik. .

Biri-biridan çiroyli, issiq, zamonaviy jihozlarörnatilgan sinfxonalar, amaliy maşğulotlar xonalarida ham afsuski sanoqligina öquvçilar bor.

49 ta guruhda 10 xil mutaxassislik böyiça kasb-hunar sirlarini örganişi lozim bölgan 1467 nafar öquvçi-yoşlarning taqdiri işonib topşirilgan kollejdagi ahvoldan töğrisi, şunçalik ham loqaydlik, öz işiga masʼuliyatsizlik böladimi? – deya ajablandik. Darsga kelmagan-ku – kelmabdi, kelgan öquvçilarning daftarlarini varaqlab körib, bir daftar deyarli hamma fanlar uçun umumiy ekanligini anglab, buni qanday baholaşga aqlimiz yetmadi.

Kollej direktori betoblanib, kasalxonada davolanayotgani uçun bu holga izoh berişni maʼnaviyat va maʼrifat işlari böyiça direktor örinbosari Y.Norboyevdan söradik:

- Jami öquvçilarimizning 1000 nafardan ziyoditumanimizning turli hududlaridan qatnab öqiydi. Marşrutli transportlar qatnovi yölga qöyilmaganligi sababli olisdan keladigan öquvçilarimiz darsga uzluksiz qatnay olmayapti. Çunki taksilar öquvçilarga qimmatlik qiladi. Yotoqxonamiz 102-örinlik, barça öquvçilarni joylaştiriş imkoniyatimiz yöq. Şuning uçun öquvçilarning davomati 80 foiz atrofida bölayapti. Biroq bor öquvçilarga bugungi kun talabi darajasida bilim berib, kasb-hunar örgatişga intilayapmiz.

Direktor muovini aytgan "Özselxoztexnika” korxonasida amaliyot ötayotgan 2 ta guruh öquvçilarining amaliy könikmalari bilan tanişiş istagimizni aytganimizda "bajonidil” dedi-yu saldan söng öquvçilar tarqalişganligini maʼlum qildi. Vaholanki, hali vaqt ön bir yarimlar edi. Bu xabar direktorning öquv işlari böyiça örinbosari Z.Bekniyozovni ham, Y.Norboyevni ham bezovta qilmadi.

Modomiki amaliyotdagi ahvol şunday, öqişdagi davomat 80 foiz atrofida bölsa, kollejda bir yarim mingga yaqin öquvçi borligini inobatga olsak, bu har kuni 300 nafar atrofida öquvçi kasb-hunar taʼlimidan, taʼlim-tarbiyadan uzilib qolayapti, degani emasmi? Har kuni ularga fan, kasb-hunar asoslarini örgatişi kerak bölgan ustozlar, işlab çiqariş taʼlimi ustalari nega bundan bezovta bölişmaydi? Öquvçilarga tölaqonli bilim beriş çoralarini izlaşmaydi?

Amudaryo xizmat körsatiş va servis kasb-hunar kollejida 6 ta yönaliş böyiça 23 ta guruhda 764 nafar öquvçi kasb-hunar sirlariniörganişayapti (hisobotlarga köra). Biroq biz taşrif buyurgan kun 8-12-guruhda, 9-12-guruhda, 1-12-guruhda öquvçilar davomati past ekan. Buxgalteriya ixtisosligi böyiça mutaxassislar tayyorlanayotgan 6-12-guruhda falsafa darsini kuzatib, yanada "ğaroyib” holga guvoh böldik. Ikki nafar qiz dars vaqtida bemalol saqiç çaynab ötiribdi. Saqiç taʼmi juda totli ekanmi, bilmadik, işqilib bizning taşrifimiz ham ularni bu maşğulotdan töxtata olmadi. 4-12-guruhda kompyuter grafikasi darsida ham ayrim öquvçilar darsga qatnaşmayotganiga guvoh böldik.

Barça guruhlarda ham biz kuzatgan darslarda öquvçilar bilimi juda sayoz. Hatto köpçiligi ötgan safar qanday mavzu ötilganini eslaşaolmaydi. Köpçiligi kollej kutubxonasida qanday badiiy adabiyotlar borligini ham bilmaydi, umuman badiiy adabiyot öqimagan. Vaholanki, yoşlarning dunyoqaraşi kengayişida maʼnaviy oziq – badiiy adabiyotning roli beqiyos. Buni ularning ongiga singdirişga, kitoblar mutolaasiga qiziqtirişga muallimlarningvaqti bölmaganmi yo bilolmadik.

Biz suhbatga tortgan öqituvçilar ham, işlab çiqariş taʼlimi ustalari ham öquvçilar davomatining pastligiga bahona qilib qiş kunlari sovuq bölganligi sababli tumanimizning olis hududlaridan qatnab öqiydiganlarning yölda qiynalayotganligini aytişdi.

Töğri, qişning qahri qattiq. Biroq ularni öquvçilik davri kutib ham turmaydida. Qolaversa, öquv dargohiga öğlini, qizini olib kelgan ota-ona qabul komissiyasi bilan bu yerdagi şart-şaroitlarni, öz şaroitini hisobga olib, maslahatlaşgan holda öqişga beradi, bu boradagi ota-onalar burçlari ham tuşuntiriladi. Qabul paytida öz zimmasidagi majburiyatlarini "ado etaman”, deb vaʼda bergan ota-ona nega sözining ustidan çiqmaydi?

Öqituvçilarga har ikkala kollejda ham darsingizda nega öquvçilar kam, deya savol berganimizda: "bu yoği bilan guruh rahbarlari şuğullanişadi”, - deya javob berişdi. Ana xolos! Demak, kasb-hunar taʼlimi maskanidagi öqituvçi yo işlab çiqariş taʼlimi ustasi sinfxonada belgilangan vaqtda maşğulot ötsa, böldi, qutuldi, ekanmi? Öz darsini har bir öquvçiga yetkaziş, qiziqtiriş, qiziqişini rağbatlantiriş muallimning vazifasi emasmi? Bir kun dars qoldirgan bola bir kunlik oladigan saboğidan, amaliy maşğulotdan mosuvo böldi, degani emasmi? Kollejdagi bilimni, kasbga könikmani, malakani heç bir oila farzandiga bera olmasligi tayin. Biroq farzandining kollejga muntazam qatnab, öquv va amaliyot maşğulotlariga qatnaşişiga beparvo ota-onalar borligi kişini jiddiy taşvişga soladi. Bilimsiz, hunarsiz voyaga yetgan bola ertaga jamiyatga qanday foyda keltira oladi? Ularning turli zararli oqimlarga kirib ketmasligiga, içiş, çekişdek insonni tubanlikka eltuvçi odatlarga mute bölib qolmasligiga kim kafolat beradi? Uzoqdan qatnaşga qiynaliş bahonasida-ku ozmi-köpmi jon bor. Biroq uyi kollejdan körinib turgan bir oila 3-bosqiç öquvçisi bölgan öğlini Rossiya davlatiga işga yuborib qöyganiga nima deysiz? Yana bir ota uyida ötirgan bolasiga: "öqişgabor, desam aytganimga yurmayapti”, - deb bahona qildi. Farzand tarbiyasiga masʼul şaxs bölgan onasi esa biz bilan suhbatlaşişni ham öziga ep körmay, öğlini yozğira ketdi. Şu örinda biz öşa öquvçining ota-onasining özi hali tarbiyaga muhtoj ekanligiga guvoh böldik.

Afsuski, farzandining taʼlim-tarbiyasiga qiziqmayotgan, oila taʼminotini özi qolib farzandining yelkasiga taşlab qöygan oilalar bitta-ikkita emas. Agar şunday bölmaganida sinfxonalarda dars paytida partalarning baʼzilari böş turmasdi.

Darsga boriş örniga telefon öynab, yonboşlab televizor oldida jangari filmlar tomoşa qilib, vaqtini ötkazayotgan bolalar ertaga kim bölib voyaga yetadi? Nahot bu ota-onalarni taşvişga solmasa? Axir şu bolalar – kelajagimiz-ku!

– Öğli, qizi kollejimizni tugatib ketguniça biron marta kelib bolam qanday öqiyapti, qanday şaroitlarda, kimlar, nimaga örgatayapti? deb qiziqib körmagan ota-onalar va hatto farzandingiz nega darsga bormayapti, deb borganimizda eşigini oçmay, mazasi yöqroq edi, deydiganlar ham bor, - deydi kuyunib direktor muovini Muzaffar Qurbonboyev.

Biz imkoniyatimiz darajasida kuzatgan ikki kollejdagi kamçiliklar boşqa kollejlarda ham yöq, deya olmaymiz.

Azizlar! Buni qanday baholaş mumkin? Farzand taqdiriga befarqlikmi? Bizning bolalarimizning tarbiya, ilm olib, yurtimizning koriga yaraydigan, öz hayotini ilmi, hunari bilan nurafşon eta oladigan yetuk insonlar bölibvoyaga yetişi uçun davlatimizning körsatayotgan çeksiz ğamxörliklariga javob şumi?

Ota-onalar! Şu kasb-hunar kollejlarini bitirib, oliygohlarga öqişga kirgan, öz mehnat faoliyatlarini boşlab yuborgan, hunari tufayli elga tanilayotgan öğil-qizlar köp ekanligini nahot bilmaysiz? Öz öğlingizning, qizingizning ham ulardek bölişini nahot istamaysiz?

Har ne bölsa, ötgan kun ötdi, uni orqaga qaytarolmaymiz.

Heç bölmasa endi farzandingizga teranroq nigoh bilan qarang!

Biz sözimiz avvalida kurrai zaminimizdagi baʼzi mamlakatlardagi bolalar hayotiga oid maʼlumotlarni bejiz keltirmadik. Va mamlakatimizdagi bolalarning yetuk insonlar bölib voyaga yetişi uçun yaratilgan qonuniy asoslarni ham bejiz sanamadik. Istagimiz, köz oldingizda, davlatimiz ğamxörligida ulğayayotgan öğlingiz, qizingizga çuqurroq razm soling! U kelajagingiz, umringiz davomçisi! Bugun kasb-hunar muassasasi bergan taʼlim-tarbiya uning qanday inson bölib voyaga yetişini hal qilişini unutmang!

Oygul RAJABOVA,

jurnalist.
🎬 Videogalereya Barçasi →
Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi ▶ Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi 12.10.2026