ÖZBEKNING ZULFIYaSI
Ayolni yaratgan Alloh uning qalbida guldek gözallik, suvdek hayotbaxşlik, toğdek sabr, temirdek bardoş, osondek kenglik, tongdek sokinlik, quyoşdek issiqlik, kuydek ohanrabolikni ham tuhfa etgan ekan. Tangri bergan barça tuhfalarini özida mujassam etgan, şeʼriyat osmonida sönmas yulduz misoli çaraqlagan, özbekning haqiqiy ayoli timsolini yaratgan hazrati Ayol – Özbekiston xalq şoirasi Zulfiyaxonimdir. U 1915-yil 1-martda Toşkent şahrida tuğilgan. Zulfiya özbek adabiyotida, şeʼriyat va dostonçiligida katta iz qoldirdi. Uning ijod böstoniga ilk bor qadam qöyişida turtki bölgan ayol – onasi Xadiça aya. U xalq oğzaki ijodini yaxşi bilar, bolalariga turli xil qöşiq, ertak, afsonalar va dostonlarni sözlab berardi. Şoira ötmişini eslarkan: “...sözga şaydolik hissini qalbimda oddiy ayol – onam uyğotgan” - deydi. Darhaqiqat uning şeʼrlari xilma-xil insoniy, hayotiy, his-tuyğular, fikrlar bilan yöğrilgan, insonning yuragidan joy oladigan buyuk ijod mahsulidir. Zulfiya şeʼrlarida hayotga muhabbat, yuksak insonparvarlik, doimo olğa intiliş, adolatga tayaniş kabi ezgu fazilatlar ufurib turadi.
U özbek va jahon adabiyoti durdonalarini sevib öqidi. Daholar ijodini örganiş şoiraga qanoat bağişladi. Afsuski, hayot sinov va maşaqqatlardan iborat. Şoira hayotidagi eng ulkan yöqotiş – umr yöldoşi Hamid Olimjonning bevaqt hayotdan köz yumişi böldi. Zulfiya va Hamid Olimjon göyo şeʼriyat deb atalgan ulkan dengizda ildam suzayotgan ikki yelkanli kema edilar. Ammo beşafqat taqdir ana şu yelkanli kemalardan birini özining girdobiga oldi. Adabiyotda bir ustun quladi. Şunday oğir damda Zulfiya bu töfonlarga sabr-bardoş, matonat bilan yelka tutdi, dovdirab qolmadi. U endi qöliga ikki sozni olişga ahd qildi. Özi va Hamid Olimjon uçun ijod qilişga kuç topa bildi. Farzandlari Hulkar va Omonning tolei uçun, baxtli-saodatli hayot keçirişi uçun turmuş örtoğining nomini asrlardan-asrlarga olib ötiş uçun katta yölni bosib ötdi. Azob-uqubatlarga mardonavor doş berdi, yozdi, yozaverdi. U şeʼrlariga köz yoşini, ğamini, kulgularini qöşib yozadi. Natijada adabiyotda özbek Zulfiyasi degan buyuk nom qoldirdi. Bejizga şoirimiz Erkin Vohidov Zulfiyaxonim haqida uşbu sözlarni aytib ötmagan: “Zulfiya singari siymolar xalqning baxti bölib yaraladilar. Bu baxt, avvalo, özbekniki, Özbekistonniki, söngra esa dunyonikidir”.
Uning hayot yöli açinişga emas, balki havas qilişga arzigulikdir. Zero, uning nomi har bir insonning qalbida asrlardan-asrlarga ötib boraveradi. Şu sababdan yurtimizda Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti taʼsis etildi. Hozirgi kunda sanʼat, madaniyat, adabiyot, fan, sport kabi yönalişlarda iqtidorli qizlar uşbu mukofotga sazovor bölmoqdalar. 2008-yil 1-mart kuni şoiraga bölgan yuksak hurmat va ehtirom ramzi sifatida poytaxtimizda şoira Zulfiyaxonim haykali örnatildi.
Zulfiyaxonim nafaqat şeʼriyat olamida öçmas iz qoldirdi, balki hayotda ham barça özbek ayollari havas qilsa arzigulik darajada yaşadi.
Barçinoy QURBONBOYeVA,
Amudaryo akademik litseyi öquvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶