16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 08:17
Adabiyot 👁 554

OʻZBEKNING ZULFIYaSIGA EHTIROM KOʻRSATILDI

OʻZBEKNING ZULFIYaSIGA EHTIROM KOʻRSATILDI

Har yili bahorning ilk kuni – 1-mart mamlakatimizda ajib ohanglarga toʻla tadbirlar bilan kutib olinadi. Goʻyo  shu kundan yashnash va yasharish fasli – goʻzal bahorga monand tuygʻular uygʻonadi dillarda. Albatta, bu tuygʻular Oʻzbekning asl farzandi, baxt va mangu bahor, yoshlik kuychisi Zulfiyaxonim nomi, sharafi bilan bogʻliq. Mamlakatimizning barcha oʻquv muassasalarida, ijodiy jamoalarda, ovul va mahallalarda davralar kengdan olinib, sheʼriyat kechalari, mushoiralar biri-biriga ulanib ketadi. Atlas-u adraslarga burkangan zebo qizlar, hatto jajji qizaloqlarning “Zulfiyaxonim izdoshiman” deb sheʼr oʻqishlarini koʻrsangiz, qalbingizda havaslar uygʻonadi. Beixtiyor bu sheʼriyat davralariga qoʻshilib, jarang sochayotgan nazmiy ohanglardan bahra olasiz.

“Zulfiya – bahor kuychisi” deb nomlangan adabiy-musiqiy tadbirni katta ishtiyoq bilan tayyorlagan 75-sonli umumtaʼlim maktabining oʻzbek tili va adabiyot fani oʻqituvchilari Gulasal Matkarimova hamda Shahlo Aytboyevalardan nafaqat maktab jamoasi, balki oʻquvchilarning ota-onalari ham minnatdor boʻlishdi.

Avvalo shuni alohida qayd etish kerakki, tadbirda Zulfiya ijodi, hayoti va faoliyatiga doir koʻrgazma tashkil etildi. Shoiraning kitoblari, shoira asarlari asosida tayyorlangan adabiy-badiiy sahna asarlari haqida hikoya qiluvchi koʻrgazma ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

Tadbirni maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Asqar Matmurodov ochdi hamda Zulfiyaxonimning mashaqqatli, lekin sharafli hayot yoʻli haqida oʻquvchilarga soʻzlab berdi. Maktabning 7-sinf oʻquvchi-qizlari ijrosidagi “Bahor valsi” raqsi bilan boshlangan tadbirda 11-sinf oʻquvchilari Shohida Hayitboyeva va Laylo Oʻrozimbetovalar Nodirabegim hamda Zulfiyaxonim siymolarida namoyon boʻlishib, oʻzbekning ikki buyuk shoirasi ijodidan namunalar oʻqidilar.


Shundan soʻng, 8-sinf oʻquvchilari Zulfiyaxonimning suronlarga toʻla hayot va ijod yoʻli haqida, shoiraning matonati, jasorati hamda buyuk muhabbati, sadoqati xususida soʻzladilar. Tadbir davomida 5-sinf oʻquvchilari tomonidan Zulfiyaxonimning farzandlari Hulkar va Omonga, nabirasi Ulugʻbekka bagʻishlab yozgan sheʼrlari ifodali oʻqib berilgani barchaga manzur boʻldi. Bundan tashqari, ular Zulfiyaning turkum sheʼrlarini maroq bilan ifodali oʻqib berdilar. Ayniqsa, mazmunida mehribon ona, sadoqatli ayol siymolari mujassam boʻlgan “Mening mehribon onaginam”, “Bizning onalar” sheʼrlarini tadbir ishtirokchilari maroq bilan tingladilar.

Tadbirda Zulfiyaxonim haqida Oybek, Gʻafur Gʻulom, Abdulla Qahhor, Mirtemir kabi zamondoshlari tomonidan bildirilgan fikrlar va ularning samimiy ehtirom tuygʻulariga toʻla soʻzlarini keltirishib, Zulfiyaxonim ijodi dunyoning koʻplab mamlakatlarida sevib oʻqilishi haqida ifixor bilan soʻzladilar. Maktabning 7-sinf oʻquvchilari esa Gʻ.Gʻulomning “Zulfiyabegimga”, E.Vohidovning “Vafo” poemasi, Hamid Gʻulomning “Iltijo” sheʼrlaridan parchalar oʻqib berishdi.

Tadbir davomida 11-sinf  oʻquvchisi Xursandoy Jalgʻashboyeva Zulfiya hayoti va ijodiga oid viktorina oʻyinlarini tashkil etib, Zulfiyaxonim asarlarining bilimdonlarini bahsga chorladi.

Goʻzal mushoira, bilimdonlik bahslari, kuy va qoʻshiqlar, dilrabo raqslar joʻrligida oʻtkazilgan tadbir Zulfiyaxonim dahosiga samimiy ehtirom tarzida taassurotlarga boy boʻldi.


Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026