IMOM-XATIB: OILA MUSTAHKAM BOʻLIShI UChUN NIMA QILISh KEPAK?
Islom dinida oilaga katta eʼtibor berilib, uni qanday tashkil etish, uning boshligʻi kim boʻlishi, aʼzolarining xuquq va burchlari, farzandlar tarbiyasi, umuman, oilaviy hayotning barcha masalalari atroflicha oʻrganib chiqilgan va kerakli koʻrsatmalar berilgan.
Oila qurish er bilan xotinning dinimiz hukmlari asosida doʻstlik, mehr- oqibat, xurmat, muhabbat, kechirimlilik, samimiylik kabi insoniy fazilatlar bilan hayot kechirishga ahdlashuvidir.
Qurʼoni karimda nikoh va oila haqida 50 ortiq oyat bor. Pasululloh (s.a.v)ning hadisi shariflari bitilgan kitoblarda nikoh toʻgʻrisidagi hadislar alohida boʻlimlarni tashkil qiladi.
Ming afsus, keyingi paytda oilani asrab-avaylash oʻrniga, dunyoning arzimas sabablari tufayli oilaviy ajrimlar koʻpayib borayotgani achinarli hol. Nikohni uzrsiz ajrimga olib keluvchi erkak va ayol Alloh taoloning buyrugʻini va Pasululloh (s.a.v)ning sunnatlarini ijro qilmagan kishi sanaladi.
Oilaviy munosabatlarning asosiy talablaridan biri oila qurgan har bir insonning jufti bilan inoqlik va mehribonlikda umr kechirishidir. Demak, hayotda oilaning bardavomligi birinchi navbatda er-xotinning oʻzaro totuv yashashi, bir-birining yaxshi yomon jihatlarini koʻtarishi, ayb va kamchiliklarini kechirishi, tinch-totuvlikni barpo etishlari bilan taʼminlanadi.
Pasululloh (s.a.v): «Sizlarning yaxshilaringiz ahli ayoliga yaxshi muomalada boʻlganlaringizdir. Men hammangizdan koʻra ahli ayoliga yaxshiroq muomala qiluvchingizman»-dedilar.
Oilani boshqarish jarayonida erkak kishining eng murakkab masʼuliyatlaridan biri, barcha qoʻl ostidagilar, yaʼni xotini, farzandlarining moddiy va maʼnaviy taʼminotchisi boʻlishi bilan birga oila tinch-totuvligini saqlashdir.
Nikoh aloqasi bogʻlangandan keyin erkaklar zimmasiga masʼuliyatlar yuklangani kabi, ayollarga ham bir necha vazifalar yuklanadi. Kundalik hayotda kelinlardan oila aʼzolariga goʻzal muomalada boʻlish, oiladagi tartib-intizomga rioya qilish, oila aʼzolarining munosabatlarini tushunishga harakat qilish, qaynota-qaynonani hurmat kilib, ularning hohish-irodasiga qarshi bormaslik, oilaning boshqa aʼzolari bilan munosabat-muomalada chidamli, kechirimli, shirinsoʻz boʻlish talab etiladi.
Oilaviy turmush bejizga “umr savdosi” deyilmagan. Bu savdo sotuvchi va oluvchining roziligi asosiga qurilsagina, ikki tarafga baravar foyda beradi. Yo sotuvchi faqat oʻz foydasini koʻzlab, xaridor haqida oʻylamasa yoki aksincha boʻlsa, bu savdoning umri qisqa boʻladi. Oila hayotida ham er xotin “halol savdo” qilishsagina turmushlari fayzli, hayotlari farogʻatli kechadi.
Ayniqsa hozirgi paytda molparastlik, boylikka ruju qoʻyish, kimoʻzarga dunyosini koʻz-koʻz qilish xalqimizga qimmatga tushayapti. Qancha oilalar arzimas matohlar deb boshlangan janjallardan parokanda boʻlayapti.
Oila hayoti hech qachon faqat shodu xurramlik, baxt-saodatdan iborat boʻlmaydi. Turmushda ixtilof va tashvishlar, qiyinchilik va yetishmovchiliklar, musibat va gʻam-anduhlar keragicha uchraydi. Er-xotin birgalashib kurashsagina ularni yengish oson kechadi, oila xotirjamligi barqaror boʻladi. Agar bunday paytlarda murosa buzilsa, oʻzaro samimiyat chekinsa, birining tashvishiga ikkinchisi tomoshabin boʻlib tursa, bu oilada totuvlik boʻlishi amri mahol.
Farzandining baxtli-taxtli boʻlib ketishini chin dildan istagan qaynonalar kelinini oʻz qizlari oʻrnida koʻrib, uning yangi oilaga koʻnikib ketishida chin onadek yordam beradilar. Buning uchun kelin ham qaynona izmiga yurishi kerak. Qaynona bagʻrikenglik, kattalarga yarashiqli mulohazakorlik bilan kelinni yoʻlga solish kerak.
Mehribon, irodali onalar yangi kelin bilan munosabatda oʻzi yangi oila qurgan davrda duch kelgan muammolar yechimini namuna tarikasida farzandlariga takdim kiladi, oʻzlari hayotlarida uchragan qiyinchiliklarni farzandlariga ravo koʻrmaydilar va shuning uchun achchik va alamli holatlarning oldini olish choralarini koʻradilar. Kelinning oila aʼzolari bilan qarindoshlik aloqalarini mustaxkamlaydilar. Zero, qaynota-qaynonasining ota-onasiga samimiy hurmatini koʻrgani sayin kelinning yangi xonadonga mehri ortib boradi.
Kechirimli boʻlish fazilatdir. Kishilar bir-birlarining nuqson- kamchiliklarini kechirishlari bilan koʻp muammolar oʻz yechimini topadi. Oilada ham, jamiyatda ham kishilarning kamchilik va nuqsonlarini kechira bilish alohida ahamiyatga ega. Xato qilmaydigan odam yoʻq. Oilaning har bir aʼzosi ham oʻzi bilib bilmagan holda xato qilishi mumkin. Buning oqibatida xato qiluvchining oʻzi yoki oʻzgalar zarar koʻradilar. Zarar koʻrganlar aybdorga nisbatan alamzada boʻlishi tabiiy xol. Hindlarda: «Yaxshiliklar ichidan yomonlikni topish emas, balki yomonliklar orasidan yaxshilikni topa bilish fazilatdir», degan maqol bor. Oila ahli bir-birining yaxshi tamonlarini tan olib, qadrlab, hurmatlasa, xatolarini kechirish oson boʻladi.
A.Matsapoyev, Yusuf eshon bobo jomeʼ masjidi imom xatibi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶