Salomatning yutuği
Mamlakatimizda faoliyatyuritayotgan siyosiy partiyalar davlatimiz siyosatining oğişmay amalga oşirilişiga, tinçlik, osoyiştalikning barqaror bölişiga, har bir fuqaroning hayotda baxtiyor va farovon yaşaşiga erişişga, intellektual salohiyatini rivojlantirişga munosib hissa qöşib kelmoqda.
Özbekiston "Milliy tiklaniş” demokratik partiyasi yoş mutaxassis kadrlar uçun taʼsis etgan "Donolik va taşabbuskorlik-siyosiy yetakçilik mezoni” körik-tanlovi ham şu maqsadga qaratilgan edi.
31-umumtaʼlim maktabining ona tili va adabiyoti fani öqituvçisi Salomat Eşçonova mazkur körik-tanlovning tuman, Qoraqalpoğiston respublikasi bosqiçlarida barça raqiblarini yengib, Özbekiston Respublikasi bosqiçida qatnaşiş huquqini qölga kiritgan edi.
Yaqinda bölib ötgan yakuniy bosqiçda ham Salomat muvaffaqiyatli qatnaşib, tanlovning "Eng iqtidorli iştirokçi” nominatsiyasi ğolibi böldi.
2011-yilda Nukus Davlat Pedagogika institutini bitirib, mehnat faoliyatini boşlagan Salomat Eşçonovaning erişgan bu ğalabasi butun tumanimiz uçun faxrdir.
- Tanlovdan olgan taassurotlarim bir umr yodimdan çiqmaydi, - deydi Salomat mamnun kulimsirab, - eng asosiysi, mamlakatimizda yoşlarning yetuk inson bölib voyaga yetişi, öz iqtidorini töla namoyon eta olişi uçun barça şaroitlar muhayyo. Mening muvaffaqiyatlarim ham şularning natijasi.
Yoşlik – jöşqin fasl. Yoşlik ğayrat-şijoati bilan Salomat Eşçonova yangi-yangi yutuqlarni qölga kiritadi, deb umid qilib qolamiz.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶