YoŞ MATEMATIKLAR YuTUĞI
Mamlakatimizda iqtidorli öquvçilarni qöllab-quvvatlaş maqsadida Prezidentimiz Qarori bilan Iqtidorli öquvçilar bilan işlaş Departamenti faoliyati yölga qöyilib, 2021-yilda Al-Xorazmiy olimpiadasi taşkil etilib, öquvçi-yoşlarning matematika faniga bölgan qiziqişlarini yanada rivojlantiriş, öz iqtidorlarini namoyon etişlari uçun zarur şart-şaroitlar yaratiş, bilim asoslarini puxta egallaş yölidagi intilişlarini rağbatlantiriş maqsadida umumtaʼlim maktablari öquvçilari örtasida matematika fanidan ötkazilgan Al-Xorazmiy olimpiadasi natijalarini baholaşda öziga xos şaffaf tizim yaratildi.
Mazkur olimpiadaning maktab va tuman bosqiçlarida eng iqtidorli öquvçilar saralab olindi. Tumanimizda ham Al-Xorazmiy olimpiadasining maktab va tuman bosqiçi uyuşqoqlik bilan ötkazildi. Xususan, 9-sonli umumtaʼlim maktabining uç nafar öquvçisi, yaʼni maktabning 8-sinf öquvçilari Rayhona Rajabova, Gulsevar Şermatova hamda 7-sinf öquvçisi Asadbek Safarboyevlar matematika fani öqituvçisi Mansur Bozorboyev rahbariligida olimpiadaning maktab va tuman bosqiçlarida farxli birinçi örinni qölga kiritişdi.
Joriy yilning 27-fevral sanasida, Nukus şahrida bölib ötgan Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçida esa maktabning uçala bilimdon öquvçilari yana muvaffaqiyatli iştirok qildilar. 8-sinf öquvçisi Gulsevar Şermatova faxrli 1-örinni egalladi va mazkur olimpiadaning Özbekiston Respublikasi bosqiçiga yöllanma oldi. Rayhona Rajabova va Asadbek Safarboyevlar Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçida faol iştirok etganliklari uçun Xalq taʼlimi Vazirligi tomonidan maxsus sertifikatlar bilan taqdirlanişdi.
Al-Xorazmiy olimpiadasining Özbekiston Respublikasi bosqiçi joriy yilning 23-24-mart sanalarida ötkazildi. Unda faol iştirok etgan Gulsevar Şermatova özbekistonlik bilimdon, yoş matematiklar safidan joy oldi va olimpiada taşkilotçilarining yuksak eʼtiboriga sazovor böldi hamda sertifikat bilan taqdirlandi.
Suratda: (sapdan) 9-sonli maktabning 8-sinf öquvçilari Rayhon Rajabova,
Gulsevar Şermatova va 7-sinf öquvçisi Asadbek Safarboyevlar.
Mahmudjon ŞOMURODOV olgan suratlar

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶