TAʼLIM VA TARBIYa UYĞUNLIGI – JAMIYaTNING YuTUĞI
Şu bois, barça zamonlarda ham bu masalaga alohida eʼtibor qaratilgan. Buyuk alloma Abdulla Avloniyning “tarbiya biz uçun yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat, yo saodat yo falokat masalasidir”, degan fikri biz taʼlim sohasi xodimlari uçun haqiqiy dasturilamaldir. Şunday ekan, şaxsning inson bölib şakllanişida taʼlim va tarbiyaning rolini heç bir narsa bilan qiyoslab ham, ölçab ham bölmaydi. Bu muqaddas omillar zohiran bir bölib körinsada, aslida ular alohida-alohida öziga hos mantiqiy vazifalarni ado etadi. Sir emas, bunda köproq taʼlimga eʼtibor qaratilgani barobarida, tarbiya uning soyasida qolib ketadi. Ötgan donişmand allomalarimiz birinçi navbatda tarbiyani uluğlab, taʼlimni tarbiya orqali amalga oşirişni tarğib qilişgan. Zamonaviy taʼlim-tarbiya işida buni qanday amalga oşiriş, bunga qanday mexanizm orqali erişiş mumkinligi muammoligiça qolmoqda. Bu muammolarga yeçim topiş esa biz pedagoglarning asosiy vazifamizdir.
Taʼlim va tarbiya mazmunining uyğunligi tamoyili – bu kişilarga bilim va tarbiya beriş jarayonidan iborat bölib, bunda egallagan bilim va könikmalarni hayotda qöllay olişi va intellektual hamda maʼnaviy jihatdan uyğunlikda rivojlanişini taʼminlaydi.
Tarbiyali, maʼnaviyatli inson bugungi kun va kelajak haqida fikr yuritadi, kelgusi hayot va turmuşning ravnaqi uçun öz hissasini qöşişga intiladi. Şunday ekan, buyuk alloma Muhammad Ismoil Al-Buxoriy hazratlarining: “Bolaning tabiati rivojlanişga moyil böladi, uni qanday ğoyalar bilan töldiriş ota-ona va ustozga boğliq”, degan qimmatli fikri biz pedagoglarning yoş avlodni har tomonlama yetuk va barkamol qilib tarbiyalaşimizda faoliyatimiz davomida birdan-bir asos bölib xizmat qiladi.
G.Örozmetova, 41-maktab öqituvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶