DUBAY ŞAHRIDA BÖLIB ÖTADIGAN MENTAL ARIFMETIKA MUSOBAQASIDA AMUDARYoLIK YoŞ MATEMATIKLAR HAM QATNAŞIŞADI
Amudaryo tumanidagi Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimiga qaraşli “Barkamol avlod” bolalar maktabining “Mental arifmetika” tögaragi aʼzolari 7-8-may kunlari Birlaşgan Arab Amirligining Dubay şahrida bölib ötadigan butun dunyo miqyosidagi mental arifmetika musobaqasiga yöllanmani qölga kiritdilar.
Tögarak aʼzolari ötgan yilning 15-iyul kuni Samarqand şahrida Intellektual trenerlar hamdöstligi NTM tomonidan yoşlar bilim samaradorligini oşiriş, aqliy salohiyatlarini mustahkamlaş, qobiliyatlarini namoyon qilişlari uçun zarur şart-şaroitlar yaratiş, bilim darajasini aniqlaş maqsadida ötkazilgan “Arifmetika-2023” viloyatlararo olimpiadasida iştirok etib, oliy örinlarni egallaşgan va Toşkent şahriga yöllanmani qölga kiritişgan edi.
2024-yil 6-yanvar kuni uşbu musobaqada ğolib bölgan “Barkamol avlod” bolalar maktabi va 28-sonli maktabdagi “Mental arifmetika” tögaragining 24 nafar aʼzolari Toşkent şahridagi “SIRIUS” öquv markazi hamda Nizomiy nomidagi Toşkent davlat pedagogika universiteti hamkorligida mental arifmetika böyiça Xalqaro musobaqada qatnaşişdi. Xalqaro musobaqada muvaffaqiyatli iştirok etgan amudaryolik yoş matematiklardan 5 nafari oliy örinni, 14 nafari 1-örinni, 2 nafari 2-örinni va 3 nafari 3-örinni qölga kiritişga muvaffaq böldilar. Ularga musobaqa taşkilotçilari tomonidan kubok, medal va diplomlar topşirildi. Şuningdek, tögarak rahbarlari Surayyo Töramurodova, Dilbar Yerimbetova, Fazilat Kamolovalar ham mental arifmetika böyiça respublika va xalqaro olimpiadalardagi faolligi, öquvçilarining natijali körsatkiçlari uçun diplom va medallar bilan taqdirlanişdi.
Oliy örinni egallagan tögarak aʼzolari Mirjalol Jumabayev, Dilafröz Bahodirova, Rasulbek Qöçqorov, Aydos Yalğaşov, Umida Mamatjonovalar 7-8-may kunlari Birlaşgan Arab Amirligining Dubay şahrida bölib ötadigan butun dunyo miqyosidagi mental arifmetika musobaqasiga yöllanmani qölga kiritgani nafaqat tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabi öqituvçi va öquvçilari uçun, balki butun tumanimiz uçun katta yutuq böldi.
“Barkamol avlod” bolalar maktabining ğoliblariga Dubay şahrida ötkaziladigan mental arifmetika musobaqasida ham omad yor bölişini, ularning muvaffaqiyatli iştirok etib, oliy örinlar egalari bölişlarini tilab qolamiz.
Muhayyo Artiqboyeva, “Barkamol avlod” bolalar maktabi direktori örinbosari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶