OIV infektsiyasi va kelajak avlod
Odam immunitet tanqislik virusi (OIV) kasalligi butun dunyoni qora bulut singari egallamoqda. Jahon soğlikni saqlaş taşkilotining maʼlumotiga köra bugungi kunda jahonda 34 mln. dan ziyod inson OIV infektsiyasi bilan zararlangan. Ilk bor bu xastalik 1981-yilda AQŞdagi kasalliklarni nazorat qiliş markazi tomonidan qayd qilingan. Bizning Respublikamizda mahalliy aholida mazkur kasallik bilan kasallaniş 1989-yilda boşlangan. Bu dahşatli ofatdan har yili dunyoda 3 mln.ga yaqin kişi vafot etyapti, şundan bolalar 600-700 mingni taşkil etadi
Özbekistonda OIV infektsiyasi bilan yaşayotganlarning soni 16 mingdan ziyod. Ularning 70 foizini erkaklar, 30 foizini ayollar taşkil qiladi. Bemorlarning aksariyati 20-30 yoşdagilar. Har yili örtaça 2000-2500 nafar yangi kasallanganlar röyxatga olinmoqda. Kasallik narkotik moddalarni inʼektsiya qiluvçi şaxslar orasida tez tarqalişi kuzatilmoqda.
Odam OIV bilan zararlangandan keyin kasallikning yaşirin davri 3 oydan 10-yilgaça va undan ortiq vaqt davom etadi. OIV infektsiyasi inson organizmida mavjudligi, virusning borligi, ammo kasallik alomatlari hali namoyon bölmagan davrda bunday inson virus taşuvçi hisoblanadi. OITS - kasallikning sönggi bosqiçi bölib, bu davrda inson organizmi har qanday kasallikka bardoş beriş xususiyatini yöqotadi. Bu davr yuqiş yöllariga qarab turliça bölişi mumkin. Yaşirin davri ötgaç, kasallikning ayrim belgilari asta-sekin rivojlanadi: jismoniy mehnat qilganda tez çarçaş, böyin, quloq osti, tirsak va çov limfa bezlarining kattalaşişi, iştaha va uyquning buzilişi orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi (OITS)ning dastlabki belgilari hisoblanadi. Vaqt ötişi bilan kişi ozadi, meʼda-içak faoliyati buzilib, iç ketişi kuzatiladi. Keyinçalik bemorda zotiljam rivojlanib, lab, burun, oğiz böşliği va jinsiy aʼzolar şilliq qavati atrofiga toşmalar toşadi. Bular bir-biri bilan qöşilib, yiringli yaraga aylanadi, ular uzoq vaqtgaça tuzalmay, bemorning ahvolini yanada yomonlaştiradi. Bu orada bemordagi himoya vositasi bölgan immunitet tobora kuçsizlana boradi. Natijada OITS ölim bilan tugaydi.
Kasallikning virusi odamga qondan, erkaklarning şahvatidan, ayollar jinsiy ajralmalaridan, kasallangan onadan bolaga ötiş yöli bilan yuqadi.
Kasallik asosan quyidagi holatlarda yuqadi:
- virus bilan zararlangan qon va qon tarkibiy qismlari quyilganda;
- giyohvand moddani qon tomirlarga yuborayotganda umumiy şprits va ignadan foydalanilganda;
- kasallangan şaxs bilan jinsiy aloqada bölganda;
- kasallangan onadan homiladorlik davrida homilaga, tuğruq jarayonida hamda kökrak suti bilan emizganda gödakka yuqib qolişi mumkin.
Virus quyidagi holatlarda yuqmaydi:
- qöl berib söraşganda, öpişganda, quçoqlaşib körişganda;
- havo tomçi yöli bilan - yötalganda, aksirganda;
- kasalxonaga bemorni körgani borganda;
- qon söruvçi haşarotlar çaqqanda;
- umumiy hojatxonadan foydalanganda;
- suv havzasi, hammom, vannalardan birgalikda foydalanilganda;
-içki va ustki kiyim orqali.
Mabodo, özingizga OIV yuqib qoldi, deb öylasangiz nima qiliş kerak?
Bunday hollarda eng avvalo tuşkunlikka tuşmasdan, tuman köp tarmoqli poliklinikasining yuqumli kasalliklar xonasi, teri-tanosil kasalliklari va işonç xonasi şifokorlariga murojaat qiling, OIV infektsiyasi böyiça özingizni qiziqtirgan barça savollarga javob topasiz. Bu yerda bemor şaxsini sir saqlagan xolda xizmat körsatiladi. Istasangiz, tegişli laboratoriya tekşiruvidan ötişingiz mumkin va barça xizmatlar bepul.
J.YaVQAŞEV.
tuman "Salomatlik markazi” direktori.
(Foto: http://soglom.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶