Maʼnaviy boylik ham kerak
Bozor munosabatlariga ötilişi bilanoq katta-yu kiçikda pul topişga – moddiy boyliklar egasi bölişga qiziqişning kuçayganligi bor haqiqat. Davr talabi ham şuni taqozo etmoqda. Ammo maʼnaviy boylik ham juda zarur. Moddiy va maʼnaviy boylik tarozining ikkipallasiga, elektr toki zaryadlariga öxşab ketadi nazarimizda.
Muhtaram Prezidentimiz I.A.Karimov barça maʼruza va nutqlarida jamiyat taraqqiyotida maʼnaviyatning roli katta ekanligini qayta-qayta taʼkidlaydilar.
Sababi yoş avlod tarbiyasida, jamiyat rivojlanişida maʼnaviyatning, adabiyotning roli katta. Adabiyot esa matbuot, televideniye, radio orqali keng tarğib etiladi. Şu jumladan turli sanalarga bağişlab ötkaziladigan adabiy keça, şeʼriyat keçasi hamda ijodkorlar muşoiralari vositasida ham.
Şu narsani alohida taʼkidlaş joizki, tumanimizda adabiyotga va ijodiyotga qiziqiş azaldan katta bölgan va ayni kunda ham bu qiziqiş söngani yöq.
Barçamiz yaxşi bilamiz, ötgan asrning örtalarida, 1957 yilning dekabr oyida Qoraqalpoğiston Respublikasiga qaraşli Qipçoq va Xorazm viloyatiga qaraşli Manğit tumanlari birlaştirilib, yangi Amudaryo tumani taşkil etildi. Qipçoq tumanining "Sotsializm yöli” va Manğit tumanining "Stalinçi” ijtimoiy-siyosiy gazetalari tahririyatlari birlaştirilib, ikkala tuman qöşilganidan söng "Amudaryo haqiqati” gazetasi çop etila boşladi.
Nomlari tilga olingan gazetalar tumanimizda adabiyotga, ijodiyotga qiziquvçilarning paydo bölişi va saflari ortişida muhim ahamiyat kasb etdigina emas, balki ijod ahlining tajriba maktabiga aylandi.
Kezi kelganida tuman gazetasida öz vaqtida şeʼrlari bilan qatnaşgan ijodkorlar nomini tilga oliş maqsadga muvofiqdir. Bular rahmatli ustozlarimiz Sobir Yusupov, Yöldoş Qurboniy, Nurulla Xudoyorov, Yöldoş Jumaniyozov, Onnamurod Oyimbetov, Soat Qurbonboyev, Qodir Ollaberganov, Örin Safariy, Tursunboy Davlatboyev, Bobojon Örozmetovlar, şuningdek Boltaboy Bekbaulov, Boğdagul Ibrohimova, Gulğunça kabilar. Ularning ijodlari namunalari yuqorida nomlari tilga olingan gazetalar sahifalarida abadiy muhrlanib qoldi.
Köp yillardan buyon ijod qilib kelayotgan ijodkorlar bor. Bular Jumaboy Bekçonov, Azim Rajabov, Xolboy Örozmetov, Gulnora Matyoqubova, Hayitgul Yöldoşeva, Salima Xolboyeva, Jongila Bobojonova, Bektemir Bekçonov, Xuşnud Yoqubjonov, Madiyor Boltaboyev, Safarboy Onnamurodov, Xudoybergan Jumamurodov, Xudoybergan Saidmurodov, Farhod Avezov, Ahmad Nafasov, Jumaboy Hidoyatov, Tursunboy Abdullayev, Xonimjon Rajabova, Oygul Rajabova, Robiya Yöldoşeva, Sanobar Xöjamurodova, Zebo Rajabova, Zulfiya Olloyorova, Bahodir Jumamurodov, Ölmasbek Xöjayev, Tojiboy Dösanov, Jabborbergan Qurbonboyevlar.
Keyingi ikki yil içida tuman miqyosida rahmatlik jurnalist va şoirlar, ustozlarimiz Sobir Yusupov va Tursunboy Davlatboyevlarning yubileylari munosabati bilan xotira keçalarini ötkazdik. Şuningdek 4-marta ijodkorlarimizning şeʼriyat va muşoira keçalarini ham taşkil qildik. Bu tadbirlarning barçasi fuqarolarimiz, ayniqsa yoşlarimizning maʼnaviy hayotini boyitişga xizmat etmoqda, deb aytsak haqlimiz.
Moddiy boylik bilan birgalikda barçamizga maʼnaviy boylik ham kerak. Bu muhim işda tumanimizda katta-yu kiçik ijodkorlarimiz bundan keyin ham faol qatnaşadilar, ijodiy mehnat mevalarini kitob holiga keltirib naşr qildirişib, adabiyot ixlosmandlariga sovğa etişadi, deb umid qilamiz.
Orzuga ayb yöq, deyişadi. Tuman ijodkorlarini birlaştiruvçi adabiy uyuşma tuziş hamda barça ijodkorlarning şeʼr va hikoyalarini töplab, kitob holida naşr ettiriş niyatlarimiz ham bor. Şuningdek rejalaştirib qöygan boşqa adabiy-badiiy tadbirlarimiz ham yuksak maʼnaviyat saboqlarini berişiga işonamiz. Axir, maʼnaviy boylikheç bir töfonlar vayron qila olmaydigan, birov zörlik bilan tortib ololmaydigan eng buyuk xazinadir. Çunki bu xazina har birimizning yuragimizdadir.
Saʼdulla XÖJANIYoZOV,
Qoraqalpoğistonda xizmat körsatgan jurnalist.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶