FUQAROLAR MUROJAATLARI: u albatta örganilişi kerak
Har bir şaxs bevosita özi va boşqalar bilan birgalikda vakolatli davlat organlariga, muassasalariga yoki xalq vakillariga ariza, taklif va şikoyatlar bilan murojaat qiliş huquqiga ega.
Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining
35-moddasidan.
Tuman hokimligida Özbekiston Respublikasi, Qoraqalpoğiston Respublikasi Qonunlariga asosan fuqarolarning murojaatlarini belgilangan muddatlarda körib çiqiş, ariza mualliflariga öz vaqtida javoblarni beriş böyiça bir qator amaliy işlar olib borilmoqda.
2013-yilning 9 oyida tuman hokimligiga fuqarolardan 95 ta şikoyat mazmunidagi, 316 ta şikoyat mazmuniga ega bölmagan yozma murojaatlar kelib tuşdi. Murojaatlar Qonun talablari asosida röyxatdan ötkazilib, ijroçilarga öz vaqtida yetkazildi va belgilangan muddatlarda qarab çiqilib, arizagöylarga tegişli javoblar berildi.
Tuman hokimi va uning örinbosarlari tomonidan 145 nafar fuqarolar uy-joy qurişga yer oliş, bank, kredit, nafaqa oliş, moddiy yordam tayinlaş, oila va boşqa masalalarda qabul qilindi.
Joriy yilda fuqarolarning murojaatlari bilan işlaşiş ahvoli tegişli organlar, korxona va taşkilotlar rahbarlari, fuqarolarning özini-özi boşqariş organlari masʼul xodimlari iştirokidagi yiğilişlarda uç marotaba muhokama qilindi. Şuningdek, joriy yilda tuman Davlat soliq inspektsiyasi, «Şimolgaztaʼminot» unitar korxonasi tuman filiali, «Manğit poçta» korxonasida ijro intizomi va fuqarolarning murojaatlari bilan işlaş ahvoli örganilib, tahliliy maʼlumotlar tayyorlandi.
Hokimlikda kelib tuşgan murojaatlarning har oylik, çoraklik tahlillari olib borildi, tahlillar yuzasidan çora-tadbirlar belgilandi, tegişli qarorlar qabul qilindi.
Tuman hokimligi tomonidan fuqarolarning özini-özi boşqariş organlarida fuqarolar bilan uçraşuvlar ötkaziş, mavjud muammolarni joylarning özida bartaraf qiliş işlari yetarliça taşkil etilganligi, tuşuntiriş işlari vaqtida olib borilganligi natijasida "Örta qalʼa”, Bobur, Amir Temur nomli ovul fuqarolar yiğinlari, "Olmazor”, "Yangiobod” mahalla fuqarolar yiğinlari hududlarida yaşovçi fuqarolardan şikoyat arizalar sonining kamayişiga erişildi.
Mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimovning 2012-yil 16 martda Xalq deputatlari Toşkent şahar Kengaşining navbatdan taşqari sessiyasida qilgan maʼruzasida fuqarolarning murojaatlari bilan işlaş ahvoli tanqid etilganligi bejiz emas.
«..Har qaysi murojaatning ortida tirik jon turibdi, ularda kimningdir arz-dodi, kerak bölsa, dardi, ayrim amaldorlar tomonidan yöl qöyilgan adolatsizlik turganini heç qaçon unutmaslik lozim. Bu masalalar böyiça biz qança loqayd va betaraf bölib yursak, odamlarning noroziligi şunça köpayadi. Takror aytaman, yuzaga kelgan biron-bir muammo öz-özidan hal böladi, degan kayfiyat bilan yuriş juda katta xato böladi. Agarki har qaysi rahbar, yetakçi özi duç kelgan muammoni bugun yeçmasa, ertaga keç böladi. Rahbarning asosiy burçi va vazifasi ham aynan şundan iborat.
Yana bir masala şuki, bunday murojaatlarni körib çiqayotganda, arizalarni joylarga borib tekşirayotganda, birinçi navbatda kimga suyaniş kerak? Avvalombor, jamoatçilikka, mahalla faollariga. Şuning uçun ham bunday murojaatlarni joylarda qança köp oçiq, oşkora muhokama qiladigan bölsak, ularning yeçimi böyiça amaliy çoralar köradigan bölsak, ariza va şikoyatlarning soni şunça kamayadi. Qaysi bir şikoyatda haqiqat, qaysi birida esa şaxsiy adovat borligi aynan şunday muhokamalar paytida ayon böladi».
Murojaatlarni adolatli, xolisona, öz muddatlarida va qonuniy yeçiş har bir masʼul xodimning asosiy vazifasidir. Bu borada tumanimizdagi özini-özi boşqariş organlari, korxona va taşkilotlar rahbarlari, masʼul xodimlarning joylarda fuqarolar bilan uçraşuvlarini yanada köproq taşkil etişlariga, ular tomonidan aynan qaysi masalalarda muammolar hosil bölayotganligini çuqur örganişlariga, uşbu muammolarni joyning özida hal etiş çoralarini körişlariga, hal etilişida qiyinçiliklar bölayotgan masalalar yuzasidan tuman hokimligiga maʼlumotlar taqdim etib borişlariga erişmoğimiz zarur.
Agarda şu kabi işlarni birgalikda, bir yoqadan boş çiqarib amalga oşira olsak, murojaatlar sonini kamaytiriş, fuqarolarning murojaatlaridagi muammolarni öz vaqtida yeçiş işlarini yanada samaraliroq yölga qöya olamiz.
A.Xöjamurodov,
tuman hokimligi devonxonasi mudiri.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶