Tumanimiz fermerlari qasamyod qildi
Mustaqillik yillarida mamlakatimiz agrar sohasiga jiddiy eʼtibor qaratilayotgani bois, soha xodimlari, ayniqsa, dehqon va fermerlarning yerga munosabati tubdan özgardi, qişloq xöjalik mahsulotlari yetiştiriş borasidagi tajribalari yanada takomillaşib, dehqonning qadr-qimmati oşdi. Prezidentimizning Farmoni bilan har yili 10-dekabr sanasi qişloq xöjalik xodimlari kuni sifatida nişonlanişi esa soha xodimlarining ğayratiga-ğayrat qöşdi.
Tumanimizda ham mehnatidan qadr topib, el-yurt, ona Vatan oldida yuzlari hamişa yoruğ, lafzi halol şijoatli fermer va ijaraçi dehqonlar yerni suyib, ardoqlab har yili möl hosil yetiştirayotganlari bois, xalqimizning dasturxonlari tökin, rizq-u nasibalari uluğ. Ayniqsa, ğallaçilik sohasida fermerlarimiz uygan xirmonlar hamişa baland.
Ayni paytda tumanimizdagi 18 ta MMTPlar xizmat körsatadigan 423 ta fermer xöjaliklarida 3350 gektar maydonga ekilgan kuzgi buğdoy baravj rivojlanmoqda. Uşbu maydonlarda yetiştiriladigan 2019-yilgi ğalla xirmonini 6695 tonnaga, hosildorlikni esa kamida 60-70 tsentnerga yetkazişni niyat qilgan mardi-maydon fermerlarimizning şahdi baland.
Yangi 2019-yilda ğalladan möl hosil yetiştirişga azmu qaror qilgan tumanimiz fermerlari 15-noyabr kuni öz zimmalaridagi şartnoma-rejalarini şaraf bilan bajariş, lafzlarida hamişa sobit ekanliklarini hamda fermerlik şarafini fidoyi mehnatlari bilan oqlaş va bu yölda şon-u şavkatli dehqon degan uluğ nomlariga hamişa sodiqliklarini ifodalab, Vatanimiz taraqqiyotiga halol mehnatlari bilan munosib hissa qöşişni, heç qaçon nopok işlarga qöl urib xalqni, Vatanni aldamaslikni ezgu niyat qilib qasamyod qabul qildilar.
Qasamyod qabul qiliş marosimlari tumanimizning uçta – Jumurtov, Qipçoq hamda Manğit hududlarida ötkazildi. Melioratsiya va suv xöjaligi kasb-hunar kolleji, Amudaryo Agrobiznes kasb-hunar kolleji hamda Manğit Iqtisodiyot kollejlari binolarida bölib ötgan uşbu marosimlarda Özbekiston bayroği qarşisida qasamyod qabul qilgan fermerlar 2019-yil hosili uçun davlat ehtiyojlariga ğalla yetiştirişda barça agrotexnik tadbirlarni öz vaqtida ötkaziş orqali har gektar hisobiga hosildorlikni 60-70 tsentnerga yetkazişga, öz ahdlarida sobit turişga çin dildan vaʼda berdilar.
P.YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶