16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 17:33
Salomatlik 👁 970

TILOVBOY OTANING BOShQAChA OʻGʻLI

TILOVBOY OTANING BOShQAChA OʻGʻLI

Xidirboy serfarzand oilada voyaga yetdi. U Tilovboy ota bilan Oymon onaning uchinchi farzandi edi. Oʻzidan boshqa 10 nafar aka-uka, opa-singillari har bir masalada Xidirboyga maslahatgoʻy, sirdosh va doʻst kabi mehribonlik koʻrsatishardi. Tilovboy ota oʻqimishli hosilot – agronom edi. Ilm-u maʼrifatli otasidan mehnatkashlikni, pishiq-puxtalikni, ilmni qadrlashni oʻrgangan farzandlar ham el-yurtda kam boʻlishmadi. Besh aka-ukaning barchasi oliy maʼlumotli boʻlishib, el-yurtda obroʻ-eʼtibor qozonganlaridan mamnun Tilovboy ota faxr bilan soʻzlaydilar:

– Avval farzandlarim 11 nafar edi, kelin-u kuyov bolalarim bilan 22 nafar boʻlishdi, nevaralarimning hisobidan adashib ketaman, ming shukur, – deydi otaxon. – Ammo, shu Xidirboy oʻgʻlim baribir boshqacha.

Tilovboy ota taʼrif berganlariday, Xidirboy Tojimov haqiqatdan ham bolaligidan boshqacha edi. Maktabda eng aʼlochi oʻquvchi, Toshkent Davlat Tibbiyot institutida kursdoshlari orasida eng bilimdon, izlanuvchan talaba, kamgap va kamtarin, biror bir masalada fikr aytish galida qatʼiyatli va choʻrtkesar inson, samimiy doʻst sifatida tanildi. 1988-yilda institutni muvaffaqiyatli tugatgan Xidirboy Tojimov ish faoliyatining ilk internatura bosqichini Rossiyaning Tyumen shahar shifoxonasida oʻtkazdi. Amaliy ish faoliyatining bir yillik internatura bosqichini muvaffaqiyatli oʻtagan Xidirboyga Qoʻngʻirot tuman markaziy shifoxonasiga yoʻllanma berishdi. Bu yerda bir yil davomida tibbiyotning jarrohlik yoʻnalishi boʻyicha oʻz mahoratini oshirgan Xidirboy Tojimov 1990-yildan 2001-yilgacha oʻzi tugʻilib-oʻsgan Amudaryo tuman Tibbiyot birlashmasi huzuridagi koʻp tarmoqli poliklinikada onkolog-shifokor sifatida xalqqa samarali xizmat qildi.

Ishda talabchan va izlanuvchan, oʻz sohasi boʻyicha bilimdon bu yigitga ishonch bildirishib, 2001-yilda tuman Tibbiyot birlashmasi huzuridagi tashhis boʻlimi mudirligiga tayinlashdi. Bir vaqtning oʻzida boʻlim rahbarligi hamda endoskopist-shifokor vazifalarini aʼlo darajada uddalashga erishgan Xidirboy Tojimovni 2012-yilda tuman Tibbiyot birlashmasi boshligʻining oʻrinbosari lavozimiga tayinladilar.

Fidoyilikning mukofoti – ishonch, – deydi xalqimiz. Qariyb 30 yillik shifokorlik faoliyati davomida oʻzi rahbarlik qilgan tibbiyot birlashmasi tashhis boʻlimida havas qilarli darajada namunali mehnat intizomi yaratib, boʻlimning eng zamonaviy tibbiyot asbob-anjomlari bilan taʼminlanishiga erishgan, jarroh-onkolog, shifokor-endoskopist sifatida koʻplab insonlarga hayot quvonchini ato etgan Xidirboy Tojimovning bugungi kunda oʻnlab shogirdlari el-yurt salomatligi fidoyilaridir.

–Insonning neki qilgan yaxshi ishi boʻlsa, el-yurt aytsin, xalqning bahosi – haqiqiy baho, - deydi Xidirboy Tojimov. – Men esa oʻz zimmamdagi vazifamni ado etayapman, xolos.

Xidirboy Tojimov oilada ham qatʼiyatli va talabchan ota, mehribon va hurmatli umr yoʻldosh. Rafiqasi Shirinoy 52-sonli maktabda oʻqituvchi. Bu ziyoli oila tarbiyasini olgan ikki nafar oʻgʻillarining biri – Gʻulomjon Toshkent Davlat pediatriya institutining Nukus filialida, Odilbek esa Qoraqalpoq Davlat Universitetida tahsil olishmoqda. Ayni paytda 85 yoshga toʻlgan Tilovboy otaning: “Xidirboy oʻgʻlim boshqacha”, – deya quvonganlaricha bor, Xidirboyning oʻgʻillari ham boshqacha – otasiga tortishgan – intiluvchan, qatʼiyatli va bilimdon.

Hayot ana shunday insonlar bilan goʻzal, zavqli. Biz fidoyi inson Xidirboy Tojimovning oila aʼzolariga hayotingiz hamisha zavqqa toʻlsin, sogʻlik va baxt hamrohingiz boʻlsin, – deymiz.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026