Uruğlik çigitning sifati ustidan qatʼiy nazorat örnatilmoqda
Maʼlumki, 2026-yilning 1-yanvaridan eʼtiboran mamlakatimizda uruğçilik sohasida öziga xos yangi, raqamli davr boşlandi. Unga köra, mulkçilik şaklidan va qaysi idoraga böysunişidan qatʼi nazar, uruğliklarni yetiştiriş va realizatsiya qiliş bilan şuğullanuvçi barça tadbirkorlik subʼektlari uçun qatʼiy talab örnatildi. Yaʼni, zamonaviy raqamli QR-kodli yorliqlar bilan taʼminlanmagan, şuningdek, maxsus laboratoriyalar tomonidan ijobiy ekinboplik xulosasi olinmagan har qanday qişloq xöjaligi ekinlarining uruğliklarini realizatsiya qiliş qatʼiyan taqiqlandi. Bu jarayon, avvalambor, fermerlarni sifatsiz uruğlardan himoya qilişga, qolaversa, yurtimizda yetiştirilayotgan mahsulotlarning raqobatbardoşligini xalqaro maydonda oşirişga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Bu borada qabul qilingan Prezidentimizning maxsus Farmoni bilan uruğlik paxta xom aşyosini qabul qiliş, uni xavfsiz va sifatini yöqotmagan holda saqlaş, dastlabki qayta işlaş bosqiçlaridan ötkaziş, uruğlik çigit tayyorlaş, uni fermerlarga tarqatiş va eng asosiysi, barça bosqiçlarda sifatni qatʼiy nazorat qiliş böyiça masʼul taşkilotlarga bir qator jiddiy vazifalar yuklatilgan.
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qiliş inspektsiyasining Qoraqalpoğiston Respublikasi boşqarmasi Amudaryo tuman bölimi tomonidan mazkur Farmon asosida tizimli işlar amalga oşirilmoqda. Inspektsiya mutaxassislari tomonidan çigitni ekişga tayyorlaş jarayonlari ustidan qatʼiy va tizimli nazorat örnatilgan. Zero, möl va sifatli hosil yetiştirişning asosiy garovi bevosita yerga qadaladigan uruğning soğlomligi, ekinbopligi va yuqori unuvçanlik xususiyatiga boğliqdir.
Joriy yilda Amudaryo tumanida jami 13 ming gektar maydonga çigit ekiş rejalaştirilgan. Eʼtiborli jihati şundaki, uşbu maydonning 3 ming 475 gektariga töğridan-töğri innovatsion usullar, yaʼni Xitoy-Şinjon texnologiyasi asosida xorijiy, serhosil paxta navlarini ekiş belgilangan. Bu zamonaviy texnologiya nafaqat hosildorlikni keskin oşirişga, balki suv va boşqa tabiiy resurslarni tejaşga ham xizmat qiladi.
Şu bilan birga, tumandagi mavjud fermer xöjaliklari örtasida ötkazilgan şaffof tanlovlar natijasida 17 ta eng ilğor fermer xöjaligi uruğlik yetiştiriş huquqiga ega bölgan. Mazkur xöjaliklar tomonidan joriy yilda 874 gektar maydonda kelasi yillar uçun sifatli uruğlik paxta yetiştirilişi rejalaştirilgan bölib, bu hududning mahalliy uruğçilik bazasini yanada mustahkamlaşga zamin yaratadi.
Bugungi kunda tumanda faoliyat yuritayotgan “Amudaryo kelajagi” işlab çiqariş kooperatsiyasi tomonidan xorijdan keltirilgan, sertifikatlangan va barça sifat talablariga töliq javob beradigan uruğlik çigitlarni fermer xöjaliklariga tizimli va öz vaqtida tarqatiş işlari uyuşqoqlik bilan amalga oşirilmoqda.
Bu muhim jarayonning har bir bosqiçi, uruğning ombordan çiqişidan tortib, to dalaga yetib borguniga qadar bölgan davr Agrosanoat majmui ustidan nazorat qiliş inspektsiyasining Amudaryo tumani bölimi inspektorlari tomonidan kunu tun nazorat qilib borilmoqda. Zero, uruğlik çigitning sifatini nazorat qiliş – bu şunçaki mavsumiy agrotexnik jarayon emas, balki butun boşli mintaqaning iqtisodiy farovonligi, minglab oilalarning barqaror daromadi va mamlakat yengil sanoatini mustahkam xomaşyo bilan taʼminlaşning asosiy şartidir. Amudaryo tumanida olib borilayotgan bu kabi tadbirlar ertangi kunda xirmonimizning yanada yuksak bölişiga, el-yurtimiz dasturxoni tökinligi va iqtisodiyotimizning yanada gullab-yaşnaşiga xizmat qiladi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶