MÖL HOSILGA PUXTA ZAMIN YaRATILMOQDA
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda oziq-ovqat mahsulotlarini yetiştirişga katta eʼtibor berildi. Ayniqsa, rizq-rözimiz manbai hisoblangan ğallaçilik jadal surʼatlar bilan rivojlandi.
Bir neça yildirki, tumanimizda faoliyat körsatayotgan 400 dan ziyod fermer xöjaliklari jami 3000 gektar maydonda ğalla yetiştirib keladi. Fermer xöjaliklari rahbarlarining dehqonçilik sir-sinoatlarini örganişdagi harakatlari ularning bu boradagi tajribalarining oşişiga omil bölayapti. Şu boisdan ham ularning köpçiligi ğalla hosildorligini 60-70 foizga kötarişga muvaffaq bölmoqdalar.
Bu yil tumanimizda faoliyat körsatayotgan 423 ta fermer xöjaliklarida dastlab 3000 gektar maydonga kuzgi buğdoy ekildi. Şundan keyin yana mavjud imkoniyatlar örganib çiqilib, tuman hokimining şu yil 5-oktyabrdagi 602-sonli qaroriga asosan 350 gektar maydonga qöşimça ravişda ğalla ekiş belgilandi.
Hozirgi kunga tumanda jami ekilgan kuzgi buğdoy 3350 gektarni taşkil etadi.
Ayni kunda tumanda buğdoy ekilgan dalalarga mahalliy öğit taşib çiqariş işlari qizğin davom etayapti. Bu işda “Manğit don” filiali, “QR Agrokimyohimoya” AJ tuman filiali va tuman Veterinariya bölimi jamoalari barakali mehnat qilmoqdalar. Şu kungaça “Manğit don” filiali tomonidan 5025 tonna, “QR Agrokimyohimoya” AJ tuman filiali tomonidan 5025 tonna va tuman Veterinariya bölimi tomonidan 1675 tonna mahalliy öğit jamğarildi.
Şu kunlarda ğalla ekilgan maydonlarni suğoriş işlari ham belgilangan rejaga muvofiq amalga oşirilmoqda. Unib çiqqan buğdoy maysalarini şarbatli suv bilan suğoriş maqsadida har 3 gektar maydonda bittadan, jami 1115 ta handak tayyorlandi.
Suğoriş işlarini öz vaqtida va sifatli amalga oşiriş maqsadida fermer xöjaliklaridan 600 nafar suvçi ajratildi va fermer xöjaliklariga amaliy yordam körsatiş maqsadida suv xöjaligi taşkilotlaridan 317 nafar, SIUlardan 35 nafar xodim masʼul qilib biriktirildi.
Ayni kunda kuzgi ğalla ekilgan barça dalalarimizda unib çiqqan buğdoy maysalarini parvarişlaş işlari yuksak agrotexnika qoidalari asosida amalga oşirilayapti.
Dehqonlarimizning bunday harakatlarini körib, kelgusi yilda ham buğdoy xirmonlarimizning yanada yuksak bölişiga işonçimiz ortadi, albatta.
Uyşin mahallasidagi “Nurulla Xidirov” fermer xöjaligida kelgusi yil hosili uçun 12 gektar yerga buğdoy ekilgan edi. Ayni kunlarda uşbu maydonlarda töliq nihol olindi va parvarişi boşlab yuborildi.
Suratda: mazkur fermer xöjaligi raisi Nurulla Xidirov (öngda) “Abdusobirov Madiyor“ fermer xöjaligi raisi M.Abdusobirov bilan buğdoy nihollarini közdan keçirmoqda.
Allambergan JUMANIYoZOV.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶