Oq oltin zaminida Navröz şukuhi
Bahor fasli özining iliq nafasi, tabiatning uyğonişi va yaşariş tarovati bilan yurtimizning har bir göşasiga özgaça fayz, qut-baraka olib kiradi. Ming yillardan buyon ajdodlarimiz tomonidan eʼzozlanib kelinayotgan, milliy qadriyatlarimiz va urf-odatlarimizning yorqin közgusi bölgan Navrözi olam diyorimiz böylab keng nişonlanmoqda. Xususan, tabiati gözal, tuproği unumdor, odamlari esa mehnatkaş va mehmondöst bölgan Amudaryo tumanining çekka hududlarida ham Navröz şodiyonalari kötarinki ruhda, özgaça bir şukuh bilan nişonlanmoqda. Qişning izğirinli kunlari ortda qolib, Amudaryo sohillari böylab tabiat yaşil libosga burkangan şu kunlarda, çekka qişloq va ovullarda ham bayram tadbirlari qizğin pallaga kirgan.
Ana şunday unutilmas, mazmunli va fayzli bayram tadbirlaridan biri Amudaryo tumanidagi Oq oltin ovulining Jiydali Qulon aholi punktida istiqomat qiluvçi aholi, yoşlar va keng jamoatçilik iştirokida yuksak saviyada taşkil etildi.
Bayramning asosiy tantanalari hududdagi ziyo maskani hisoblangan 71-sonli umumtaʼlim maktabi hovlisida bölib ötdi. Taʼlim muassasasi şu kuni çinakam bahoriy qiyofa kasb etib, milliy qadriyatlar namoyiş etiladigan katta sahnaga aylandi. Maktab maʼmuriyati va mahalla faollarining özaro hamkorligida katta tayyorgarlik bilan ötkazilgan uşbu tadbirda öquvçi yoşlar, öz kasbining fidoyilari bölgan öqituvçilar, nuroniy otaxonu onaxonlar jam bölişdi.
Maktab hududi bayramona bezatilib, milliy matolarimiz bölmiş atlasu adraslar jilosi bahor quyoşi ostida közni qamaştirdi, öquvçilar tomonidan tayyorlangan turli amaliy sanʼat körgazmalari va bahoriy taomlar tortiq qilingan bejirim dasturxonlar barçaning diqqatini öziga tortdi. Ayniqsa, momolarimiz tomonidan doşqozonlarda tuni bilan qaynatilgan, bahorning şoh taomi hisoblanmiş sumalakning xuşböy isi butun ovul böylab taralib, dillarga çeksiz huzur bağişladi.
Navrözning mohiyatida mujassam bölgan gina-kuduratlarni unutiş, bemorlar holidan xabar oliş kabi ezgu amallar tadbirning asosiy ğoyasiga aylandi. Sumalak atrofida aytilgan ölanlar, askiyalar odamlar orasidagi mehr-oqibat riştalarini, avlodlar örtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlaşga xizmat qildi.
Tadbirning badiiy qismi özining rang-barangligi va yuksak milliy ruhi bilan iştirokçilarda öçmas taassurot qoldirdi. Maktab öquvçilari tomonidan mahorat bilan tayyorlangan kontsert dasturida ona Vatanni madh etuvçi şeʼrlar, bahor soğinçi va tabiat gözalligini tarannum qiluvçi şöx kuy-qöşiqlar jonli ijro etildi. Isteʼdodli yigit-qizlarning mayin va jozibador raqslari yiğilganlarga xuş kayfiyat hadya etdi.
Navröz bayramining ajralmas qismi bölgan milliy xalq öyinlari yoşlarning kuçi va çaqqonligini sinovdan ötkazdi. Bunday öyinlar nafaqat jismoniy çiniqiş, balki yoş avlod qalbida mardlik, halollik va çinakam vatanparvarlik tuyğularini şakllantirişda muhim ahamiyatga ega.
Tadbir söngida sözga çiqqan mahalla faollari va taʼlim muassasasi rahbariyati yiğilganlarni Navröz ayyomi bilan samimiy muborakbod etib, yurtimizda hukm surayotgan tinçlik va osoyiştalikning qadriga yetiş, kelajak egalarini komil insonlar qilib tarbiyalaş har birimizning burçimiz ekanligini taʼkidladilar.
Nuroniy oqsoqollar esa qöllarini duoga oçib, boşlanayotgan yangi dehqonçilik mavsumida yilimiz qut-barakali kelsin, elimiz tinç, osmonimiz hamişa musaffo bölsin, deya ezgu tilaklar bildirişdi.
Oq oltin ovulining Jiydali Qulon aholi punktida bölib ötgan bu galgi Navröz tantanasi iştirokçilarga bir olam quvonç bağişlabgina qolmay, jamiyatda hamjihatlik, ahillik va özlikni anglaş tuyğularini yanada yuksaltirişga hissa qöşgani bilan ahamiyatli böldi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶