QILIÇBOYLIKLAR XIRMONI KUN SAYIN YuKSALMOQDA
“Qiliçboy” muqobil maşina-traktor parki jami 2911 gektar ekin maydoniga ega 77 ta, şundan paxtaçilik bilan şuğullanadigan 44 ta fermer xöjaliklariga xizmat körsatadi.
Mazkur xöjaliklarda joriy yilda 380 quti ipak qurti parvarişlanib, bu boradagi reja ortiği bilan bajarildi. 285 gektar buğdoy maydonidan ham yuqori hosil olindi.
Ayni kunlarda köklamda uruğ ekilgan 1548 gektar paxta maydonlarida hosil yiğim-terimi kun sayin avj olayapti.
Kuzakning qulay va iliq kunlaridan unumli foydalanib, terim mavsumini uyuşqoqlik bilan ötkazayotgan “Nurimbetov Xudoybergan”, “Farhodov Ozodbek”, “Amirxon”, “Duşanbek Yoqubboyeviç”, “Uluğbek Siytimov”, “Şirinbuloq” fermer xöjaliklarida yillik reja 110-120 foiz atrofida ado etildi. Şu kungaça bizning MMTP xizmat körsatayotgan fermer xöjaliklarining 25 tadan ziyodi yillik şartnomaviy rejalarini ortiği bilan ado etişdi. Yuqori hosil yetiştirişga erişgan xöjaliklarning 1 mlrd. sömgaça daromad olişi kutilmoqda.
Qölga kiritilayotgan bu natijalarda yerlarni ekişga tayyorlaşdan tortib, unib çiqqan nihollarga öz vaqtida işlov berib, to hosilini yiğib-terib, davlat xirmoniga topşirişgaça bölgan jarayonlarda dehqonlarga qöl-qanot bölgan texnikaning roli ulkan.
Muqobil maşina-traktor parkimiz mexanizatorlari va işçilari ayni kunda ham texnikalarning betöxtov işlaşlarini taʼminlab, terilgan paxtalarni öz vaqtida taşib berayapti.
Mehnat jamoamiz tumanimiz paxta xirmoni yuksalib, yillik rejasi ortiği bilan ado etilişiga özlarining munosib hissalarini qöşiş yölida fidokorona mehnat qilişmoqda.
Yoqubboy AŞIROV, “Qiliçboy” MMTP raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶