DEHQONÇILIKNING MEHNATI OĞIR, NONI ŞIRIN
Dehqonçilik maşaqqatini tilsiz zamin bağrida xalqimizning rizq-rözini yaratayotgan, köngillari özlari bunyod etgan paxtasiday oq, niyatlari uluğ dala mehnatkaşlariçalik heç kim tasavvur qilolmaydi. Ayniqsa paxta juda parvariştalab. Biroq mehnatlari samara berib, hosil xirmonga uyulgan davrda bularning bari unutilib ketadi.
Ayni kunlarda tumanimiz paxta dalalarini kezsangiz – özlarining fidoyi mehnatlari evaziga yetiştirilgan oppoq paxtalarni zavq bilan yiğib-terib olayotgan odamlarni uçratasiz. Ularning niyati – çanoqlarda oçilib turgan momiqday paxtalarni yoğin-soçinli kunlarga qoldirmay yiğiştirib olib, davlatga topşiriş, qimmatbaho xomaşyoning bir misqolini ham zoya qilmaslik.
Fermer xöjaligimizda joriy yilda paxtadan möl hosil yetiştirişga erişdik. Sentabr oyi boşida terimni boşlab 28-sentabr kuniga mavjud 25 gektar paxta maydonimizdan 54 tonna yuqori sifatli hosil terib olib, yillik şartnomaviy rejamizni ortiği bilan ado etdik.
Mavsum davomida 12 nafar pudratçilarimizga hududimizdagi işga yaroqli vaqtinça işsiz aholi ham yaqindan kömakçi bölişdi. Terimda qatnaşayotganlar har kuni tuşlikda issiq ovqat, çoy bilan taʼminlandi va unumli işlaşlariga şaroit yaratildi, terim pullari öz vaqtida berib borildi. Terilgan paxtalar peşma-peş qabul punktiga topşirildi. Natijada 28-oktyabrda yillik şartnomaviy rejamizni ortiği bilan ado etişga erişdik. 54 tonna hosilimizning hammasi birinçi navga qabul qilindi.
Bu xöjaligimiz paxtaçilikda yuqori daromad olişini taʼminlaydi.
Xöjaligimizda paxtadan taşqari 2 gektar maydondagi soya, şoli, sabzi, piyoz, sarimsoqpiyoz kabi ekinlardan, şuningdek 17 gektar ğalla maydonidan ham yuqori hosil yetiştirişga erişdik. Bunda qişloq xöjalik korxonalariga xizmat körsatuvçi taşkilotlarning ham hissasi ulkan.
Suhrob BOBOJONOV, “Oq oltin” ovulidagi
“Suhrob-Hojiakbar” fermer xöjaligi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶