REJA ORTIĞI BILAN UDDALANDI
“Polvonniyozbek” fermer xöjaligi Toşyop ovulidagi ilğor xöjaliklardan biridir. Bu yil xöjalikning 39 gektar yeriga paxta ekildi va parvariş qilindi. Xöjalik işçilarining fidokorona, maşaqqatli mehnati evaziga yetiştirilgan möl hosil ayni kunlarda yiğib-terib olinmoqda.
–Terim surʼatini oşirib, rejani öz vaqtida uddalaş uçun terim otryadini taşkil qildik. Ilğor işçilarimizdan Azim Duşamov boş-qoş bölayotgan otryadimiz pudratçilardan, uyuşmagan aholi va Yoşlar ittifoqi aʼzolaridan iborat. Ularga tergan paxtalari uçun kuniga haq tölab borilmoqda -, deydi “Polvonniyozbek” fermer xöjaligi raisi Şerzod Ollaberganov.
Xöjalik tomonidan davlatga kuniga 5 tonna paxta topşirilib borildi va şu kunga qadar rejadagi 85 tonna örniga 94 tonna paxta topşirilib, reja ortiği bilan bajarildi. Kunning oçiq kunlaridan unumli foydalanayotgan çevar terimçilardan J.Matqurbonova kuniga 200 kg.dan, R.Qurbonboyeva 180 kg.dan, T.Davlatyorova va X.Döstlonovalar 150 kg.dan, şuningdek, U.Xudoyberganova, M.Odilova, M.Örozboyeva, M.Duşamova, S.Duşamovalar 100 kg.dan, yoş terimçi qizlardan M.Sobirova, M.Xöjamurodova, M.Erkaboyevalar esa 80-90 kg.dan paxta terib, xirmonga öz hissalarini qöşişmoqda.
Rejani ortiği bilan bajarişga erişgan xöjalik terimçilari yanada jöşqinlik bilan terimni davom ettirişmoqda.
Gulşod SOBIROVA, tuman Xotin-qizlar
qömitasi mutaxassisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶