2023-2024-yillarda tumanda jami 100 km. uzunlikdagi içki xöjalik kanallarini betonlaştiriş rejalaştirilgan
Sönggi yillarda yer yuzida haroratning sezilarli darajada kötarilişi natijasida abadiy muzliklar hajmi kamayib bormoqda va bu suğorma dehqonçilik bilan şuğullanuvçi davlatlar uçun jiddiy muammolarni keltirib çiqarmoqda. Markaziy Osiyo mintaqasi davlatlarini oqar suv bilan taʼminlovçi Amudaryo va Sirdaryoning suvi ham keskin kamayib, bu mintaqa davlatlari, ayniqsa Özbekiston uçun asr muammosiga aylanib ulgurdi. Global ekologik muammoning ayni paytdagi eng maqbul yeçimi esa suvdan tejab-tergab, oqilona foydalanişdir. Şu bois, mamlakatimizdagi barça asosiy suv yöllarini qayta rekonstruktsiya qiliş va betonlaştirişga jiddiy eʼtibor qaratilmoqda.
Qoraqalpoğiston Respublikasi suv xöjaligi vazirligiga qaraşli Amudaryo tuman irrigatsiya bölimi tumandagi suv isteʼmolçilarini Respublikalararo Amudaryo irrigatsiya kanallari boşqarmasi tizimining Gurlan, Qiliçboy, Qipçoq, Basu tarmoqlari va Amudaryo daryosida joylaşgan nasos stantsiyalari orqali suv bilan taʼminlaydi.
Ayni paytda Amudaryo tumanidagi umumiy suğoriş maydoni 39 ming 584 gektar bölib, tumanda 296,6 km. uzunlikdagi xöjaliklararo kanallar, 1342 km. içki xöjalik kanallari mavjud.
Maʼlumki, tuproq özanli suğoriş tarmoqlarida suvning 30-35 foizi yöqotilişi mutaxassislar tomonidan ilmiy isbotlangan. Kanallarni betonlaştiriş orqaligina suv yöqotilişining kamayişiga erişiladi.
Şu sababli Prezidentimiz tomonidan 2023-yil 29-noyabrda ötkazilgan videoselektor yiğilişida mamlakatimiz hududidagi kanallarni betonlaş böyiça “zarbdor yil” eʼlon qilinib, yil davomida suvni tejaş böyiça favqulodda iş tizimiga ötilişi belgilangan edi.
Amudaryo tumanida ham suv resurslaridan oqilona foydalaniş, kanallarda suv yöqolişini kamaytiriş maqsadida 2023-2024-yillarda 100 km. uzunlikda içki xöjalik kanallarini betonlaştiriş rejalaştirilgan. Şundan 21,8 km. uzunlikdagi kanallar klaster taşkilotlari tomonidan, 78,2 km. uzunlikdagi kanallar tumandagi 110ta fermer xöjaliklari tomonidan betonlaştiriladi.
Natijada içki xöjalik kanallarida suv yöqolişi kamayişiga erişilib, yil davomida 21 million kubometr suv iqtisod qilinadi. Ayni kunlarda tumanimizning barça hududlarida içki ariqlarni betonlaştiriş işlari amalga oşirilmoqda.
Qipçoq ovuli hududidagi “Abdurasul Hamkor” fermer xöjaligida 200 metr içki xöjalik kanaliga haşar yöli bilan betonit toğ jinsini töşaş böyiça amaliy seminar ötkazildi. Seminarga tumandagi suv xöjaligi taşkilotlari xodimlari va fermer xöjaliklari rahbarlari, jami 150 nafar işçi xodimlar qatnaşdilar.
Tuman irrigatsiya bölimi boşliği Şukrullo Yusupov seminar iştirokçilariga bentonit toğ jinsini töşaşning afzalliklari böyiça zarur tuşunçalar berdi.
Şuningdek, seminarda içki suv yöllarini betonlaştirişning iqtisodiy jihatdan foydali tomonlari xususida ham töxtalib, har yilgi mavsumda qayta-qayta qazuv işlari olib boriş uçun sarflanadigan mablağlar tejalişini, tejalgan mablağ hisobiga fermer xöjaliklari texnika vositalarini yangilaş, zarur ehtiyot qismlari sotib oliş imkoniga ega bölişlarini taʼkidladi.
Seminar davomida soha mutaxassislari özlarining qimmatli masalahatlarini berdilar.
N.ABDULLAYeV, Amudaryo tumani irrigatsiya bölimi boşliği örinbosari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶