13.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
13.09.2026, 11:15
Fan va taʼlim 👁 361

USTOZLAR MILLIY FORUMI: YaNGI OʻQUV YILIGA YaNGI REJALAR BILAN

USTOZLAR MILLIY FORUMI: YaNGI OʻQUV YILIGA YaNGI REJALAR BILAN

"Ustozlar milliy forumi"ning shuʼba seminarlaridan soʻng Amudaryo tumani Madaniyat boʻlimi binosida anjumanning yalpi majlisi boʻlib oʻtdi. Tadbirda tuman hokimi oʻrinbosari Nodirbek Kamolov, Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi Yalgʻashboy Shamuratov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining oʻquvchilar bilimini baholash va tahlil qilish shoʻʼbasi boshligʻi Hamidulla Begdullayev, shuningdek, umumiy oʻrta taʼlim va maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktorlari, trener-oʻqituvchilar, faxriy ustozlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

Plenar yigʻilishda soʻzga chiqqanlar tomonidan taʼlim tizimidagi islohotlarning ahamiyati, oʻqituvchi kasbining nufuzini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi rejalar haqida atroflicha fikr yuritildi. Tuman hokimi oʻrinbosari Nodirbek Kamolov oʻz nutqida yosh avlod tarbiyasidek masʼuliyatli vazifani sidqidildan ado etayotgan ustozlarga minnatdorchilik bildirib, hokimlik tomonidan pedagoglarni qoʻllab-quvvatlash uchun barcha imkoniyatlar safarbar etilishini taʼkidladi. Tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi Yalgʻashboy Shamuratov esa yangi oʻquv yilida eʼtibor qaratilishi lozim boʻlgan ustuvor yoʻnalishlar, xususan, taʼlim sifatini oshirish, iqtidorli oʻquvchilar bilan ishlashni kuchaytirish va raqamli texnologiyalarni taʼlim jarayoniga keng joriy etish masalalariga alohida toʻxtalib oʻtdi.

Tadbirning eng hayajonli va tantanali qismi, shubhasiz, fidokorona mehnatlari bilan soha rivojiga munosib hissa qoʻshib kelayotgan bir guruh ilgʻor oʻqituvchi va tarbiyachilarni taqdirlash marosimi boʻldi. 2024-2025 oʻquv yili davomida yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga faol hissa qoʻshgan, taʼlim-tarbiya jarayonida yuqori natijalarga erishgan, oʻquvchilari turli tanlov va olimpiadalarda sovrinli oʻrinlarni egallagan bir qator pedagoglar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda tuman hokimligining tashakkurnomasi va esdalik sovgʻalari bilan mukofotlandilar. Ushbu eʼtirof ustozlarning sharafli mehnatiga berilgan yuksak baho boʻlib, ularni yangidan-yangi zafarlar sari ruhlantirishi tabiiy.

Forumni oʻtkazishdan maqsad tizimda olib borilayotgan islohotlar, taʼlim mazmunini takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishtirish, oʻquv rejalari, oʻquv dasturlari, darsliklar, yangi baholash tizimi, shuningdek, oʻquv jarayoniga tatbiq etiladigan ilgʻor metodikalarning mazmun-mohiyatini soha xodimlariga yetkazishdan iboratdir. Bu esa oʻz navbatida pedagoglarning kasbiy saviyasini oshirish, ularni zamon talablari bilan uygʻunlashtirish va taʼlim jarayonida innovatsion yondashuvlarni keng qoʻllashga yoʻl ochadi.

Shuningdek, forum doirasida oʻtkazilgan tadbirlar oʻqituvchilarga nafaqat yangi bilimlar olish, balki oʻz tajribalarini boshqalar bilan boʻlishish, muammolarni birgalikda muhokama qilish va ularga samarali yechimlar topish imkoniyatini ham taqdim qildi. Bunday yondashuv pedagogik jamoatchilikda birlik va hamkorlik ruhini mustahkamlash, oʻzaro yordam va qoʻllab-quvvatlash anʼanalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Xulosa qilib aytganda, Amudaryo tumanida boʻlib oʻtgan "Ustozlar milliy forumi" nafaqat anʼanaviy tadbir, balki taʼlim sohasi xodimlari uchun oʻziga xos tajriba maktabi, ilhom va gʻayrat manbai boʻldi. Forumda belgilab olingan vazifalar va yangi rejalar, shubhasiz, tumanda taʼlim sifatini yangi bosqichga olib chiqishga, yosh avlodni zamonaviy bilim va koʻnikmalar bilan qurollantirishga xizmat qiladi. Bunday tadbirlarning muntazam oʻtkazilishi mamlakatimizda taʼlim tizimini yanada rivojlantirish va dunyo miqyosidagi standartlarga moslashtirishning muhim omilidir.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026 Shoir Poʻlat Xudoyberganov ijodiga bagʻishlab sheʼriyat kechasi oʻtkazildi Shoir Poʻlat Xudoyberganov ijodiga bagʻishlab sheʼriyat kechasi oʻtkazildi 17.08.2026 Yoshlar bilan uchrashuv: sport, taʼlim va yangi imkoniyatlar Yoshlar bilan uchrashuv: sport, taʼlim va yangi imkoniyatlar 14.08.2026 Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026