Tizimli ravishda malaka oshirish mahalla faollarining boshqaruv mahoratini yanada yaxshilaydi
Maʼlumki, bugungi kunda yurtimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarni hayotga muvaffaqiyatli tatbiq etishda fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari, xususan, mahallalarning oʻrni va roli tobora ortib bormoqda.
2013-yil 10-oktyabr kuni "Fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari xodimlarining malakasini oshirish boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori qabul qilindi.
«Fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni amalga oshirilishini taʼminlash, shuningdek, fuqarolar yigʻinlari xodimlarining kasbiy va boshqaruv malakalarini yanada oshirish, fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlariga tizimli metodik yordamni tashkil etish maqsadida qabul qilingan mazkur qaror bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida davlat taʼlim muassasasi shaklida fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari xodimlarining malakasini oshirish boʻyicha oʻquv kurslari tashkil etiladigan boʻldi.
Eʼtiborli tomoni shundaki, mazkur oʻquv kurslarida malaka oshiradigan fuqarolar yigʻinlari raislari, fuqarolar yigʻinlarining diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchilari, fuqarolar yigʻinlarining masʼul kotiblari va «Mahalla posboni» jamoatchilik tuzilmalarining rahbarlari malaka oshirishning tasdiqlangan jadvaliga koʻra oʻquv kurslariga oʻqishga yoʻllangan davrida tinglovchilarning asosiy ish joyi boʻyicha oʻrtacha ish haqi oʻqish davrida saqlanib qolinadi va malaka oshirish uchun oʻquv kurslariga yuborilgan boshqa shaharlik tinglovchilarga toʻlanadigan sutkalik pul va taʼlim olish joyiga bir marta borib-kelish boʻyicha sarflangan xarajatlar ularni yuborayotgan tomon hisobidan respublika doirasida xizmat safarlari uchun oʻrnatilgan tartib va miqdorlarda qoplanadi.
Bir soʻz bilan aytganda, davlatimiz rahbarining mazkur qarori mahalla faollarining kasbiy malakasi va boshqaruv mahoratini oshirishda muhim dasturilamal boʻlib, bu boradagi ishlarni sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtaradi.
Oybek YuSUPOV,
Amir Temur nomli OFY raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶