Ğunçadan gullar oçilar
Köngil – çeki-çegarasi yöq dunyo. Uning bağri goho tor, goho keng. Salgina quvonçdan insonning köngil dunyosi toşqin daryoga aylanadi, mehrga, quvonçga taşna yuraklar tomon oşiqadi bu daryo. Şu kabi salgina taşviş, ğam yuki bu toşqin daryoni tösadi, quritadi yoki söndiradi. Dörman ovulida tuğilib-ösgan Sardorbek Kenjaboyevning öz köngil daryosi bor. Goh toşqin, goh jöşqin va gohida sokin...
Har bir inson öz könglida podşoh, deydilar. Fikrlari aqiqday serjilo, öyçan sözlari, öktam, dadil qadamlari kişini hayratga solguvçi Sardorbek Kenjaboyev ham öz köngil dunyosining podşohi. U dilidagi orzusini ham, ğam-u taşvişini ham köngil amri bilan inja satrlarga marjondek tizişga intiladi. Bu intiliş uning şeʼriy maşqlarida yaqqol seziladi.
Ilk şeʼriy töplamini “Könglim qöşiqlari” deb nomlagan Sardorbek Kenjaboyevning har bir satrida ona yurtga muhabbat, döstlarga mehr, maʼnaviyatga taşnalik, vatanparvarlik tuyğulari mujassamki, bu nafis şeʼriyat, albatta öz muxlislarini topişiga işonamiz.
Sardorbek hali juda yoş, endigina 15 yoşga qadam qöydi. Lekin şeʼriyat böstoni aro qöyayotgan qadamlarida dadillik, öziga nisbatan qatʼiy işonç bor. Garçi satrlarida badiiy jihatdan mukammallik yetişmasa-da, maşqlarida öziga xoslik, köngillarga xuş yoquvçi gözal taşbehlar bor.
Sardorbek ayni kunda Dörman ovulidagi 20-sonli umumtaʼlim maktabida aʼlo baholarga öqimoqda. U öz köngil qöşiqlari bilan şeʼriyat şaydolarining köngillaridan joy olişiga işonamiz.
Robiya Yöldoşeva.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶