“GULLAR BAYRAMI” TADBIRIDA KOʻNGILLAR ShOD BOʻLDI
Fasllar kelinchagi - Bahoroy kelishi bilan tabiat uygʻonib, hayot ham goʻzallashib bormoqda. Qushlarning sayrashi, yam-yashil maysalarning mayin tebranishi insonda xush kayfiyat uygʻotadi, hayotga boʻlgan qiziqishni tobora orttiradi. Mana shunday tabiat goʻzalligi insonda ijod qilishga boʻlgan ishtiyoqni yanada oshiradi.
Tabiatning goʻzalligi boʻlmish gullarning ochilishi hammaga xush kayfiyat ulashadi. Mana shunday bahor kunlaridan birida tumanimizning 12-sonli umumtaʼlim maktabida 6-A sinf oʻquvchilari ishtirokida gullarga bagʻishlangan “Gullar bayrami” tadbiri oʻtkazildi.
Oʻquvchilar sahnani turfa rang gullar, oʻzlari qoʻl mehnati bilan yasagan oʻrik gullari, shaftoli gullari bilan, rangli gulqogʻozlardan yasalgan gullar, tabiiy gullar, hatto matolarga toʻqilgan gullar bilan bezashdi. Goʻyo bolalar qoʻllari bilan sahnada bahor fasli aks ettirildi.
Tadbir qushlarning sayrogʻi bilan boshlandi. Oʻquvchilar tomonidan “Bahor valsi”, “Binafsha”, “Qizgʻaldogʻim” qoʻshiqlariga raqslar ijro etildi. Shuningdek, oʻquvchilar gullar haqida sheʼrlar, maqollar, topishmoqlar, qiziqarli maʼlumotlar, tez aytishlar aytib, tomoshabinlarni xushnud yetdilar. Ayniqsa, meva va sabzavotlardan tayyorlangan, gullar shakli berilgan salatlar tahsinga sazovor boʻldi. Bundan tashqari, xona gullari parvarishi toʻgʻrisida maʼlumotlar aytishib, xona gullarining inson ruhiyatiga taʼsiri xususida maʼlumotlar berishdi.
Tadbirning bu zaylda oʻtishidan hammaning bahor faslini sogʻinganini bilib olish mumkin edi. Tadbir soʻngida oʻquvchilar tomoshabinlarga gullar sovgʻa qilishdi. “Gullar bayrami” tadbiri hammada iliq tassurot qoldirdi.
Nigora OʻROZBOYeVA,
12-sonli maktabning biologiya fani oʻqituvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶