18.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
18.10.2026, 14:18
Jamiyat 👁 1,549

BAXTLI OILA OʻZ-OʻZIDAN BUNYoD BOʻLMAYDI

BAXTLI OILA OʻZ-OʻZIDAN BUNYoD BOʻLMAYDI

Inson oilada tugʻiladi, voyaga yetadi, tarbiyalanadi va oilaga intiladi. Baxtli oila inson saodati, uning umr mazmunining asosi boʻlib xizmat qiladi.

“Oʻzbek tilining izohli lugʻati” da oila –(arabcha: bola-chaqa, xonadon, urugʻ, avlod maʼnosini anglatadigan soʻz) er-xotin, ularning bola-chaqalari va eng yaqin tugʻishganlaridan iborat birga yashovchi kishilar majmui, xonadon deb taʼriflangan.

Oilaning shakllanishi nikohga asoslanadi. Ikki yosh nikohdan oʻtib, oila qurishga qaror qilishadi. Ushbu nikoh erkak va ayolning ixtiyoriy va oʻzaro kelishuv qarori boʻyicha amalga oshirilishi lozim. Shundagina oila oʻzining har bir aʼzosi uchun muhabbat va yaqinlik muhitini barpo etadi, hayot yoʻllarida yuzaga keladigan muammolarni oʻzaro kelishuv, hamjihatlik asosida oqilona hal etish orqali er-xotin oʻzlari uchun munosib, orzusidagi baxt qasrini bunyod etadi. Inson oʻziga ishonch hosil qilishi, sevilish va qadrlanish hissini tuyishi uchun, hayotga toʻlaqonli muhabbat hislari bilan qarashi uchun ham oilada yashashi zaruriy talabdir.

Psixolog olimlar oilaviy munosabatlarni loy guvalasi misolida ifoda etadi: agar siz bir qoʻlingizga toʻq yashil va ikkinchi qoʻlingizga och yashil loydan olsangiz, ikkalasining farqini darrov sezasiz. Agar ikki guvalani aralashtirib yuborsangiz, siz bir xil yashil rang loyni koʻrasiz. Biroq unga tikilib qarasangiz, sezilmas toʻq yashil va och yashil chiziqlarni farqlay olasiz. Xuddi shu holat oilada yuzaga keladi. Ikki kishi birlashib, bitta umumiylikka aylanadi, ammo har biri oʻziga xosligi va shaxsiy xususiyatlarini saqlab qoladi. Bunday birlashish natijasida yangicha sifatli hayot tugʻiladi.

Har bir vujudga kelayotgan oila, albatta, baxtiyor oilalar qatoriga kirishni orzu qiladi. Baxt esa – hayotdan, yashashdan qoniqishning yuksak darajasi. Biroq baxtiyor bshish uchun orzu qilishning oʻzi kifoya qilmasligini hayot qayta-qayta tasdiqlamoqda. Inson hayot yoʻli doimo ham ravon boʻlavermaydi. Er-xotin, farzandlar orasida bir-birini qoʻllab-quvvatlash hukmron boʻlsa, bunday oilada hamma masalalar vazminlik bilan oqilona hal qilinadi, oʻzaro nizolarga oʻrin qolmaydi.

Aks holda kishilar oʻz his-tuygʻularini, orzu-intilishlarini yoki kundalik hayotida duch keladigan muammolari, murakkab vaziyatlarini oila aʼzolari bilan ochiq muhokama qilishdan qoʻrqadilar, chunki bunday muhokamalarga imkon berilmaydi. Muammolarini oʻrtoqlashishi natijasida vujudga keladigan munosabatdan qoʻrqish va oʻzining istaklari va takliflarining qoʻllab-quvvatlanishiga ishonchsizlik yuzaga keladi.

Inson oʻz oilasidagi yaqinlariga: “Siz shunday deganingizda dilim ogʻriydi” deya olishi va bunga javoban: “Sizni xafa qilmoqchi emasdim. Koʻnglingizdagini bildirganingiz juda yaxshi boʻldi. Bu holat takrorlanmasligiga harakat qilaman”, degan soʻzlarni ayta olishi oilaviy baxt barqarorligining muhim omili hisoblanadi.

Xulosa oʻrnida aytish mumkinki, baxtli oilani bunyod qilish asosan er va xotinga, ularning oʻzaro munosabatlariga bogʻliq. Oila bir bino boʻlsa, unga bittadan boʻlsa-da gʻisht qoʻyib, bir baxtli oila bunyod boʻlishi uchun hissa qoʻshish jami yaqinlarning ham vazifasidir.

G.YuSUPOVA, “Oila” markazi tuman boʻlimi boshligʻi.    

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026