«TAMARA - TEXTIL» MASʼULIYaTI ÇEKLANGAN JAMIYaTI TOMONIDAN 366 MLN. SÖMLIK LOYIHA AMALGA OŞIRILADI
Tumanimizdagi “Tamara - Textil” masʼuliyati çeklangan jamiyatiga qaraşli tikuvçilik korxonasi öz faoliyatini 2009-yilda boşlagan edi. Öz işini dastlab 3 mln. söm, keyinçalik 40 mln. söm kredit mablaği olib olib kengaytirişga erişgan “Tamara - Textil” masʼuliyati çeklangan jamiyati mazkur yilda tumanda taşkil qilinayotgan kiçik sanoat zonasi uçun bino va inşootlar ajratiş böyiça tender savdosida ham öz loyihasi bilan iştirok etib, ğolib böldi.
Ayni paytda kiçik sanoat zonasidan korxona uçun ajratilgan binoda taʼmirlaş va jihozlaş işlari olib borilmoqda. Keyingi yilda işga tuşirilişi möljallanayotgan loyiha qiymati 366 mln. sömni taşkil etib, uning 230 mln. sömi tadbirkorning öz mablaği, qolgan 136 mln. sömi esa “Milliy bank” tomonidan ajratiladigan kredit mablaği hisobidan amalga oşirilişi nazarda tutilgan.
Korxonada 15 ta iş örni yangidan taşkil etilib, ayollar, erkaklar va bolalar kiyimlari, töquvçilik mahsulotlari tayyorlaşni 36 mingga yetkaziş möljallanmoqda. Undan taşqari eksportni yölga qöyiş rejalaştirilmoqda.
Korxonada ÖzLiDeP tuman Kengaşining boşlanğiç partiya taşkiloti tuzildi va yangidan 5 nafar qiz işga joylaştirilib, ular partiya aʼzoligiga qabul qilindi.
Qozoğistonda bölib ötgan biznes-forumda iştirok etib, yanada ruhlangan korxona rahbari Tamara Yusupova tadbirkorlik faoliyatini kengaytiriş orqali, ham oilasiga daromad keltirib, ham tuman iqtisodi yuksalişiga hissa qöşişini niyat qilmoqda.
Muqaddas BEKNAZAROVA, ÖzLiDeP tuman Kengaşi apparat rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶