Mahallada namuna va ibratli
Donişmandlar inson umrini yilning 4 fasliga qiyoslaydilar. Bahor butun borliqqa jon ato etuvçi uyğoniş, yaşariş fasli bölsa, yoz hosil yiğuvçi möl-kölçilik fasli, kuz esa sarhisob, qiş fasli köngillarga orom beruvçi, kelgusi rejalarga tayyorlaniş demakdir. Maqola qahramoni Bahodir Ibragimovning hayotini möl-köl hosil undiriş iştiyoqi jöş urayotgan faslga öxşatgim keladi.
Bahodir Ibragimov 1966-yil Manğit şahrining "Çordara” mahallasidagi Beşgujum mavzesida oddiy xizmatçi oilasida tuğilgan.
Bolaligidanoq uyi paxta tozalaş zavodi yaqinida joylaşgani uçun uning kalbi zavodda işlaş iştiyoqida yonardi.
1983-yili örta maktabni tamomlagan Bahodir aka Nukus politexnikumida tahsil oldi. Ilk faoliyatini dastlab Manğit paxta tozalaş zavodida çilangar bölib işlaşdan boşladi.Iş jarayonida u öqimişli bölsa korxonaga köproq foydasi tegişini his qila boşladi. Şu niyatda öqişni davom ettiriş uçun 1987-yil Toşkent Töqimaçilik va yengil sanoat institutiga öqişga kirdi. Oliy maʼlumotga ega bölgan Bahodir faoliyatini yana jonajon zavodida davom ettirdi. Endi çigitni uruğga ajratiş va saqlaş bölimi boşliği bölib sidqidildan mehnat qildi.
Bahodir Ibragimovning qalbi uni bunyodkorlik işlariga unday boşladi. Mahalladoşlarining yaxşikunlarida ularga hamnafas böliş uçun korxona ixtiyoridagi istirohat boğining körimsiz bölib turgan joyida ulkan quriliş boşladi. Bu "Temurbek” töyxonasi edi.Töyxona yonida oziq-ovqat dökoni va sartaroşxona qurdirdi. Endi töy egalari töy xarajati uçun ovora bölib yurmasdan, şu yerning özida kerakli xaridlarini amalga oşiradilar. Sartaroşxona ham tevarak atrofdagilar uçun qulaylik böldi.
Bu işlarni amalga oşirişda oila aʼzolari unga qöl-qanot, madadkor böldi. Oila - barça ezgu niyatlar-orzularga doya, intilişlarga madadberguvçidir. Uning baxti - maqsadlariga xayrixoh, taşvişlariga yelkadoş böla oladigan ayol bilan umrini boğlaganida edi. Şu tufayli xonadonida tinçlik-osoyiştalik, özaro mehr-oqibat mujassam böldi. Ulardan andoza olib ulğaygan farzandlar ham mehnatkaş, intiluvçan bölib voyaga yetdilar, hayotda öz mehnatlari bilan özlarining örnini topişga erişmoqdalar.
Bahodir aka turmuş örtoği Zumrad Vafoyeva bilan birgalikda 5 nafar farzandni voyaga yetkazişdi. Kelin tuşirib, nevara suyiş baxtiga ham erişdilar.
Katta farzandi Uluğbek "Yulduz” hissadorlik jamiyatida iqtisodçi bölib işlaydi. U ham otasi taʼlim olgan Toşkent Töqimaçilik va yengil sanoat institutini tamomlagan. Turmuş örtoği Nilufar Xöjayeva 3-sonli Amudaryo akademik litseyida biologiya fani öqituvçisi. Ikkinçi farzand Otabek ham akasi va otasi izidan borib, Toşkent Töqimaçilik va yengil sanoat institutini tamomlagan, oliy maʼlumotli, ÖzLiDeP tuman Kengaşida işlaydi. Farhod esa tibbiyot xodimi. Bobur Manğit iqtisodiyot va kasb-hunar kolleji talabasi. Temur 36-sonli örta maktabning 6-sinf öquvçisi.
- Hozir töyxonada 15 nafar yigit-qizlarni iş bilan taʼminlaganmiz. Töyxona atrofi kökalamzorlaştirilgan, daraxtlar salqinlik keltirib turadi. Lekin töyxona issiq kunlarda odamlarga birmunça noqulaylik keltiradi. Bunga barham beriş maqsadida yozning issiq kunlariga moslaştirib yozgi bino qurilişini boşlamoqçiman. Töyxonaning navbatdagi qismi işga tuşsa, yana xizmatçilar sonini köpaytiramiz, – deydi tadbirkor Bahodir Ibragimov.
Töyxonaga nazar taşladim. Daraxt va gullar ekilgan salqin, sölim maskan kişi dilini yayratadi.
Mahalladoşlarining yaxşi kunlarida ularga madad bölayotgan, özi yaşayotgan maskanni obod qilayotgan, qalbi bunyodkorlik rejalari bilan jöş urayotgan, mana şunday işning közini biladigan yurtdoşlarimiz omon bölsin, deb niyat qildim.
Hovlisiga ekilgan gözal gullar kabi ölkamizni gözal qilişga harakat qilayotgan, yurtdoşlari quvonçiga şerik bölayotgan, ularning oğirini yengil qilişga özining munosib hissasini qöşayotgan saxovatpeşa, işbilarmon bu oilaning boşlayotgan savobli işlarida omad yor bölsin, deb qolaman.
Feruza Razzoqova,
NDPI talabasi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶