SOFLIGIMIZ MASʼULIYaTI
Kamharakatlilik va semizlik turli kasalliklarni, birinçi navbatda yurak qon-tomir tizimi kasalliklarini, şuningdek, içki kasalliklarni, harakat tayanç va böğin kasalliklarini oylar, yillar davomida asta-sekin keltirib çiqaradi. Kamharakatlilik va semizlik bir-birlari bilan juda uzviy boğlangan bölib, bir-birlarini keltirib çiqaraveradi. Kamharakatlikka esa asosan özimiz sababçi bölamiz. Atigi bir-ikki çaqirim oraliğidagi manzilga yetib oliş uçun ham taksi çaqiramiz yoki harakatdagi mavjud taksilardan foydalanamiz. Vaholanki, har bir soğlom bölişni istovçi odam har kuni kamida beş kilometr piyoda yurişi, imkoni bölsa ertalab yuguruşi kerak. Qadimgi yunon donişmandlaridan biri soğlom bölay desang yugur, uzoq umr köray desang ham yugur, degan ekan.
Yurak qon-tomir tizimi kasalliklari tez köpayayotgan va yer yuzida bu kasalliklarning tez köpayişi jihatidan birinçi öringa çiqayotgan bir davrda öz soğligimizga özimiz masʼul bölişimiz, ayniqsa butun organizmimizning hayot-mamoti hisoblangan yuragimizni avaylab asraşimiz zarur. Kasal bölsak şifokor tuzatadi, degan aqidadan voz keçib, özimizni özimiz aldab yupatmasligimiz lozim. Öz soğligimiz özimizga kerak, öz soğligimizga özimiz masʼulmiz. Faqat soğlom odamlargina şirin orzulariga, ezgu niyatlariga erişadilar va baxtli-saodatli böladilar.
Endi bölimimiz haqida gapiradigan bölsam, bölimimiz 35-örinli bölib, bemorlar uçun barça qulay şart-şaroitlar yaratilgan. Qabulimizga kelgan bemorlarga aniq, töğri va sifatli taşxis qöyişda eng sönggi zamonaviy tibbiy asbob uskunalardan: elektro-kardiogramma, ultra tovuşli tekşiruv tibbiy asbob uskunalaridan unumli foydalanmoqdamiz. Aniq va sifatli taşxis esa bemorni samarali davolaşda juda qöl keladi. Bu muhim işda menga malakali va tajribali kardiolog şifokorlardan Omonboy Qurboniyozov va Muhabbat Yoqubovalar hamda isteʼdodli yoş kardiolog şifokorlardan Şodibek Davletov va Faxriddin Ibodullayevlar yaqindan yordam beradilar, doimo bemorlar orasida bölib, ularning dardlariga malham bölmoqdalar.
Bizga murojaat qilayotgan bemorlarning köpçiligini qon bosimi kasalligiga duçor bölganlar taşkil etadi. Heç yaşirmasdan gapning oçiğini aytganda gipertoniya, yaʼni sodda qilib aytganda qon bosimi kasalligi sönggi yillarda juda tez, köpayayotgan kasalliklar sirasiga kiradi. Hatto yoşlar orasida ham bu kasallikning uçrayotganligi biz şifokorlarni ajablantirmoqda. Bu kasallikning köpayişiga ham köproq özimiz sababçimiz. Kamharakatlilikdan taşqari soğlom turmuş tarzi tamoyillari va qoidalariga amal qilmasdan alkogolli içimliklarga ruju qöyib, sigareta va nos çekiş kabi zararli illatlarga ilakişib qolayotganlar ançagina. Bunday zararli illatlar har qança soğlom bölmaylik baribir bora-bora yurak qon-tomir tizimimizga salbiy taʼsir körsatib, kasalliklarga mubtalo qiladi.
Yana köp uçrayotgan kasalliklardan orttirilgan revmatik yurak porogi va tuğma yurak porogi kasalliklaridir. Yurak işemiya kasalliklaridan miokard infarkti, zöriqiş stenokardiya kasalligi, yurak aritmik kasalligi, infarktdan keyingi kardio skleroz kasalligi ham tez-tez uçrayotgan kasalliklar sirasiga kiradi. Yurak qon-tomir tizimi kasalliklari tarkibiga kiruvçi bu kasalliklar özining öta nozikligi, injiqligi va murakkabliklari bilan boşqa kasalliklardan alohida ajralib turadi. Şu bois mazkur kasalliklarga çalingan bemorlar ijtimoiy kundalik hayotida uçrab turadigan qaltis va keskin harakatlardan va stresslardan yiroq bölib, şifokorning doimiy diqqat markazida hamda nazoratida bölişi kerak.
Deputatlik faoliyatimga töxtaladigan bölsam, mening bu boradagi faoliyatim xalqimizning soğligini saqlaşga, reproduktiv salomatligini mustahkamlaşga, ona va bola soğligini muhofaza qilişga, soğlom avlodni şakllantirişga yönaltirilgan böladi, qayerdaki jismonan va maʼnan soğlom kişilik jamiyati şakllansa, öşa jamiyat gullab yaşnaydi, taraqqiy qiladi va obod böladi. Soğlom avlod şakllantirilib voyaga yetkazilsa, bunday jamiyatning buguni va kelajagi porloq böladi.
Ham deputatlik vakolatim, ham tuman tibbiyot birlaşmasi topşiriği böyiça menga "Oq oltin” QVP şifokorlari bilan hamkorlikda işlab, qişloğimiz aholisining soğligini yaxşilaş, reproduktiv salomatligini mustahkamlaş, qolaversa tuğiş yoşidagi ayollar, ayniqsa homilador ayollar va yoş onalar soğligini, bolalar soğligini muhofaza qiliş, aholining tibbiy savodxonligini, madaniyatini oşiriş kabi muhim masalalar, dolzarb vazifalar davlat ahamiyatiga ega bölgan umumdavlat, umumxalq masalalari va vazifalaridir. Zero, bu masalalar va vazifalar zamirida bizning bugunimiz va kelajagimiz istiqbolini barpo qiliş hamda mustahkamlaş masalasi yotibdi.
Ikrom YÖLDOŞEV,
TTB kardiologiya bölimi mudiri, xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşi deputati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶