Bundan fuqarolar yiğinlari xodimlarining kasbiy va boşqaruv malakalarini yanada oşiriş, fuqarolarning özini özi boşqariş organlariga tizimli metodik yordamni taşkil etiş maqsad qilingan.
Fuqarolarning özini özi boşqariş organlari xodimlarining malakasini oşiriş böyiça öquv kurslari Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari huzurida, davlat taʼlim muassasasi şaklida taşkil etiladi.
Öquv kurslariga Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşining raisi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimlari tomonidan lavozimga tayinlanadigan va ozod qilinadigan direktor rahbarlik qiladi.
Öquv kurslari yuridik şaxs hisoblanadi va Özbekiston Respublikasi Davlat byudjetining mablağlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boşqa manbalar hisobidan moliyalaştiriladi.
Öquv kurslarida fuqarolar yiğinlari raislari, fuqarolar yiğinlarining diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari böyiça maslahatçilari, fuqarolar yiğinlarining masʼul kotiblari va «Mahalla posboni» jamoatçilik tuzilmalarining rahbarlari (tinglovçilar) malaka oşiradilar.
Malaka oşiriş uçun Öquv kurslariga yuborilgan boşqa şaharlik tinglovçilarga tölanadigan sutkalik pul va taʼlim oliş joyiga bir marta borib keliş böyiça sarflangan xarajatlar ularni yuborayotgan tomon hisobidan respublika doirasida xizmat safarlari uçun örnatilgan tartib va miqdorlarda qoplanadi.
(Manba: http://uz24.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶