Agrosanoat sohasida faoliyat yurituvçi kasaba uyuşmasi taşkilotlari raislarining malakasini oşiriş maqsadida öquv seminari ötkazildi
Sönggi yillarda mamlakatimiz qişloq xöjaligi sohasida olib borilayotgan keng kölamli islohotlar nafaqat iqtisodiy körsatkiçlarni oşirişga, balki uşbu tizimda mehnat qilayotgan minglab işçi-xodimlarning ijtimoiy himoyasini kuçaytirişga ham xizmat qilmoqda. Bu borada jamiyatning eng muhim böğinlaridan biri bölgan kasaba uyuşmalarining roli beqiyosdir. Aynan şu maqsadlarni hayotga tatbiq etiş, joylardagi mutaxassislarning bilim va malakasini oşiriş maqsadida Qoraqalpoğiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan fermer xöjaliklarining 103 ta hududiy boşlanğiç kasaba uyuşmasi taşkilotlari raislari iştirokida öquv-seminar bölib ötdi.
Amudaryo tumani hokimligi binosida taşkil etilgan uşbu seminar Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-oktyabrdagi uçraşuvida belgilab berilgan ustuvor vazifalar hamda “2026-yil – Mahallani rivojlantiriş va jamiyatni yuksaltiriş yili” Davlat dasturi doirasida ötkazildi. Undan közlangan asosiy maqsad – Qoraqalpoğiston Respublikasi hududida faoliyat yuritayotgan fermer xöjaliklaridagi hududiy boşlanğiç kasaba uyuşmasi taşkilotlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida samarali yölga qöyişdan iboratdir. Şu bilan birga, taşkiliy-meʼyoriy işlarni töğri va tizimli taşkil etiş, şuningdek, joylardagi kasaba uyuşmalari raislariga bevosita amaliy kömak beriş masalalari ham kun tartibidagi asosiy mavzulardan biri böldi.
Özbekiston kasaba uyuşmalari Federatsiyasining Qoraqalpoğiston Kengaşi raisi örinbosari Muratbay Daniyarov, Özbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyuşmasi Respublika Kengaşi raisi örinbosari Husan Begmatov, Respublika Kengaşi taşkiliy işlar bölimi mudiri Turğunbay Sanayev hamda mazkur Kengaşning Qoraqalpoğiston Respublikasi böyiça masʼul taşkilotçisi Yerğali Seytnazarov va Amudaryo tumani hokimi Sobir Xöjametovlar tadbirda qatnaşib, iştirokçilarga özlarining qimmatli tavsiyalarini berdilar.
Seminar davomida bir qator dolzarb masalalar muhokama qilindi. Xususan, kasaba uyuşmalari faoliyatini yanada takomillaştiriş va uning samaradorligini oşiriş yöllari, agrosanoat majmui xodimlarining mehnat huquqlarini munosib himoya qiliş hamda ularning ijtimoiy manfaatlarini taʼminlaş mexanizmlari böyiça batafsil tuşuntirişlar berildi.
Bundan taşqari, tizimda amalga oşirilayotgan sönggi islohotlarning tub mazmun-mohiyati yuzasidan muhim va amaliy maʼlumotlar taqdim etilib, iştirokçilarning huquqiy savodxonligini oşirişga alohida urğu qaratildi.
Uşbu amaliy öquv-seminar barça qatnaşçilar uçun oçiq muloqot va özaro tajriba almaşiş maydoniga aylandi. Iştirokçilar özlarini qiziqtirgan savollarga javob olibgina qolmay, kasaba uyuşmalari faoliyatini yanada samarali taşkil etiş böyiça yangi bilim va zamonaviy könikmalarga ega böldilar.
Tadbir söngida barça iştirokçilarga Özbekiston kasaba uyuşmalari Federatsiyasining Malaka oşiriş instituti tomonidan maxsus sertifikatlar tantanali ravişda topşirildi. Uşbu hujjat ularning kasbiy salohiyati oşganligini tasdiqlaş bilan birga, kelgusida qişloq xöjaligi xodimlarining manfaatlarini yanada işonçli himoya qiliş yölidagi masʼuliyatli faoliyatlariga ham turtki bölib xizmat qiladi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶