16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 15:48
👁 3,253

Obod turmush yili yangiliklari

Obod turmush yili yangiliklari

Musobaqadosh terimchilar

Qilichboy ovulidagi Xudoybergan Nurimmatov rahbarlik qilayotgan "Nurimmatov Xudoybergan” fermer xoʻjaligida bu yilgi paxta yigʻim-terim mavsumi har qachongidan ham uyushqoqlik bilan oʻtkazilmoqda.

Fermer xoʻjaligi terimchilari oʻrtasida tashkil etilgan oʻzaro musobaqa paxta yigʻim-terimi surʼatining oshishiga omil boʻlmoqda.

Fermer xoʻjaligining musobaqadosh terimchilari Saragul Ashirbova, Dinora Qurbonboyeva, Mehribon Jumatova, Muqaddam Yoʻldosheva, Saida Qurbonboyeva, Dilnoza va Gulnoza Xabanovalar har kuni 110-115 kilogrammdan paxta terishib, musobaqa gʻoliblari boʻlishmoqda.

Tibbiy mavzudagi suhbatlar

Tumanimizda paxta yigʻim-terimi boshlanishi bilan tuman "Salomatlik” markazi xodimlari qishloq mexnatkashlari huzuriga otlanishdi.

"Salomatlik” markazi xodimlari "oq oltin”, "Doʻrman”, "Xolimbeg” va Bobur nomli ovullardagi fermer xoʻjaliklarida boʻlishib, paxtakorlar va ularga yaqindan yordam berayotgan hasharchilar oʻrtasida turli xil kasalliklarning kelib chiqishi, ulardan saqlanish, jarohatlanish paytidagi birinchi tibbiy yordam haqida suhbatlar oʻtkazishdi.

"Salomatlik” markazi xodimlarining mehnatkashlarning tibbiy savodxonligini oshirish yoʻlidagi harakatlari davom etmoqda.

Hasharchi talabalar gʻayrati

Ajiniyoz nomidagi Nukus Davlat pedagogika institutining pedagogika fakulteti talabalari "Choykoʻl” ovulidagi "Yoʻldoshev Anvar” fermer xoʻjaligida paxta yigʻim-terimida faol ishtirok qilishmoqda.

Hasharchi talabalarga barcha sharoitlar yaratib berilgani bois ish unumi ham yaxshi boʻldi. Ntijada qisqa fursat ichidayoq talablar tomonidan 50 tonna paxta terildi.

Yana 50 tonna

"Oʻrta qalʼa” ovulidagi 40 tsentnerchi "Ram Haytimbat” femer xoʻjaligi paxtakorlari rejadagi 100 tonna oʻrniga 130 tonna paxta topshirib, dastlabki gʻalabani qoʻlga kiritdilar.

Hozirgi kunda fermer xoʻjaligi dalalarida har kuni 100 nafarga yaqin terimchi yigʻim-terim ishlarida qatnashmoqda.

- Yana 50 tonna paxta yigʻib-terib olsak, har gektar yerdan olingan hosildorlik 40 tsentnerni tashkil etadi. Bunga barcha imkoniyatlarimiz mavjud, - deydi fermer Baxtiyor Haytimbetov.

Qisqa fursat ichida

"Amudaryo-Panasham” fermer xoʻjaligida joriy yilda 92 gektar maydonga chigit ekilgan edi. Xoʻjalik paxtakorlari bahor faslidagi tabiat injiqliklarini mardonavor yengib, dalalarda toʻliq gʻoʻza nihollari undirib olishga, gʻoʻzalarni agrotexnika qoidalari asosida sifatli parvarish qilib, har bir tup gʻoʻzada moʻl hosil toʻplashga erishdilar.

Shu bois xoʻjalik paxtakorlari qisqa fursatdayoq shartnomaviy rejalarini bajarishga erishdilar. Rejadagi 174 tonna oʻrniga 185 tonna paxta topshirgan fermer xoʻjaligi mehnatkashlari yigʻim-terim ishlarini jadal davom ettirishmoqda.

Fermer xoʻjaligida paxta yigʻim-terimida har kuni 140-150 kishi ishtirok qilmoqda.

Ilgʻor terimchilar

"Qipchoq” ovulidagi Jangaboy Jumaboyev rahbarlik qilayotgan "Jumaboyev Jangaboy” fermer xoʻjaligi paxtakorlari davlatga 90 tonna oʻrniga 100 tonna paxta topshirib, shartnomaviy rejani bajarishga muvaffaq boʻldilar.

Paxta yigʻim-terimida fermer xoʻjaligining Pardagul Haytakova, Zebo Karimova, Guliston Olimova, Raʼno Xolimbetova va Shahlo Hayitboyeva kabi chevar terimchilari faol ishtirok etishib, kuniga 120-130 kg.dan "oq oltin” terishga erishmoqdalar.

Fermer xoʻjaligi paxtakorlarining niyati – yana 40 tonna hosilni yigʻib-terib olib davlat xirmoniga topshirishdan iborat.

Koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligida

Qilichboy ovulidagi Bahrom Polvonov rahbarlik qilayotgan "Polvonov Bahrom” fermer xoʻjaligi tumanimizdagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklaridan biri hisoblanadi.

Hozirgi kunda xoʻjalikda baliqchilik, parrandachilik, chorvachilik va maishiy xizmat sohlari rivojlantirilmoqda. Bu ishlarning tashkil etilishi tufayli ovulda istiqomat qilayotgan kishilardan 10 nafari ish bilan taʼminlandi.

Yaqinda bu fermer xoʻjaligida yana bir quvonchli voqea roʻy berdi – xoʻjalik paxtakorlari shartnomaviy rejadagi 241 tonna oʻrniga 255 tonna paxta topshirib zafar kuchdilar.

- Biz oʻz imkoniyatlarimizni chamalab koʻrib, davlatga yana 100 tonna paxta topshirishga ahd qildik, - deydi fermer xoʻjaligi rahbari Bahrom Polvonov.

Peshqadam paxtakorlar ahdi

Tumanimizning barcha hududlaridagi kabi Bobur nomli ovulda ham paxta yigʻim-terimi jadal surʼatlar bilan davom etmoqda.

Yaqinda ovuldagi Umid Avazmatov rahbarlik qilgan "Umid Azimxoʻja” fermer xoʻjaligi paxtakorlari davlatga 114 tonna oʻrniga 130 tonna paxta topshirib, shartnoma rejasini oshirib ado etishga muvaffaq boʻldilar.

Fermer xoʻjaligining Zulxumor Rajabova, Nazokat Annasaparova, Jamila Oʻtekova, Oʻrozgul Haytimbetova va Maqsuda Yoqubovalar singari peshqadam terimchilarining har birining mavsum boshidan shu kungacha tergan paxtalari 4-5 tonnadan oshib ketdi.

Fermer xoʻjaligi paxtakorlari oʻz imkoniyatlarini chamalab koʻrib, davlatga yana 50 tonna paxta topshirishga ahd qilishdi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026