12.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
12.11.2026, 23:16
Qişloq xöjaligi 👁 3,774

YÖLLARI PAXTAZORGA TUTAŞ QALBLAR

YÖLLARI PAXTAZORGA TUTAŞ QALBLAR

Tumanimizda paxta yiğim-terim mavsumi nihoyatda hamjihatlikda, bayramona kayfiyatda ötkaziladi. Umuman dehqonçilikka aloqasi bölmagan kişilar ham uşbu mavsumning yangiliklaridan tezroq xabardor bölişga, taniş-biliş paxtakor-dehqonlarga, fermerlarga birrov "Horma, bor böl!” qilişga intilişadi. Bu mavsumda beliga etak boylab dalaga çiqqan har bir kişining dilini bir ezgu niyat band etadi: tezroq paxta hosilini nest-nobud qilmay yiğim-terib oliş, 43000 tonnalik ulkan Amudaryo paxta xirmonini bunyod etişga hissa qöşiş.

Jurnalist Robiya Yöldoşeva ana şunday – el-yurtga qayişgan azm-u şijoatda öktam bir guruh hamyurtlarimizning dil sözlarini yozib oldi.

Gavhar Mingboyeva, Durunki mahalla fuqarolar yiğinining diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari böyiça maslahatçisi: - Yiğim-terim mavsumi boşlangan ilk kunlardanoq mahallamiz fuqarolaridan iborat "Köngilli haşarçilar” guruhini taşkil etdik. Işonasizmi, biz uyma-uy yurib: "kim paxta terimiga çiqadi?”, - deb taşviqot qilganimiz yöq. Uyida ötirgan, hatto ayrim mehnat taʼtiliga çiqqan fuqarolarimiz ham öz xohişlari bilan ana şunday guruh tuziş va dehqonlarga yordam beriş istagini bildirişdi. 60 nafar ayol-qizni birlaştirgan "Köngilli haşarçilar” guruhi 10-sentyabrdan boşlab tumanimiz fermer xöjaliklari dalalarida dehqonlarga madadkor bölişmoqda. Har bir terimçi örta hisobda kuniga 50-55 kilogrammdan, Gavhar Şoniyozova, Oltinoy Davlatboyeva, Guliston Ibragimova, Bika Qurbonova, Nasiba Ernazarova singari çevar terimçilarimiz esa kuniga 85-90 kilogrammdan paxta terişyapti. Mahallamiz haşarçilari kuniga, 3-4 tonna paxta terişga erişmoqdalar. Ularning mavsumboşidan beri uygan xirmonlari 60 tonnadan oşib ketdi. Şuni alohida mamnuniyat bilan aytamanki, biz qaysi dalada, qaysi fermer xöjaligida bölmaylik, barçasida haşarçilar uçun yaxşi şaroitlar yaratib qöyilgan.

Munavvar SAidabdullayeva, "Yöldoşev Anvar” fermer xöjaligi ijaraçisi:- Töğrisi, bahorda, ekiş-tikiş mavsumida yuz bergan tabiiy qiyinçiliklar, gektarlab maydonlarga qayta çigit ekişdek maşaqqatlardan vaqtida juda çarçaganmiz. Lekin yil davomida qilingan halol va fidoyi mehnatlarimiz samarasi – paxtamiz çamanday oçilib, ğalvir suvdan kötarilgan uşbu damlarda, nazarimda bahordagi qiyinçiliklar yuz bermaganday, hatto kun böyi har tup ğözaga egilib-egilib hosil tersak-da çarçaş nimaligini bilmay, suyunib-suyunib, bir-birimizni olqişlab dalaga çiqamiz. Kuz oylari dehqonning yöllarini ham, orzu-umidlarini ham dalalarga tutaştirib qöyadi. Dehqon borki, hosilini körib, köngli ösadi, paxtasini terib-terib, xirmoni yuksalgan sari köngli töq bölib boradi.

Şu kunlarda mening ham könglim töq. Sababi, 3 gektar maydondagi ijara yerimda möl hosil yetiştirdim. Mavsum boşidan beri 10 tonna yuqori sifatli paxta terib topşirdik. Oilamiz daromadi oşdi, paxta terimi bois, rözğorimizga qut-baraka yoğildi. Butun oila aʼzolarimiz bilan hamjihatlikda yana yangi majburiyatlar oldik zimmamizga. Mavsum oxirigaça yana 4 tonna paxta terib, ona-Vatanimizning xirmoniga munosib hissa qöşişga qaror qildik.

Inomjon Tursunboyev, Ajiniyoz nomidagi Nukus Davlat Pedagogika institutining tarix fakulteti talabasi: - Men asli Amudaryo tumanining "Oq oltin” ovulidanman. Özim tuğilib-ösgan elda, öz ovuldoşlarimga paxta yiğim-terim mavsumida ozgina bölsa-da kömakdoş bölayotganimdan mamnunman. Yaqinda haşarçi-talabalar örtasida "Eng çevar terimçi” musobaqasida iştirok etib, 1-örinni egalladim. Bir kunda 271 kilogramm paxta terişga erişdim. Men bilan musobaqalaşgan özbek filologiyasi fakulteti talabasi Anvarjon Pirniyozova 264 kilogramm paxta terib 2-örin, boşlanğiç taʼlim metodikasi fakulteti talabasi Sevara Zaripova 251 kilogramm paxta terib 3-örin sohibalari bölişdi. Şaxsan mening şu kungaça tergan paxtam 3 tonnaga yetdi. Anvarjon Pirniyozova 2,5, Sevara Zaripova esa 2,3 tonnadan ziyod paxta terişdi. Biz talabalar nafaqat öqişda, balki ona Özbekistonimiz ravnaqi yölidagi har bir işda hamişa yuksak mezonlarni közlab yaşayveramiz. Çunki bugungi biz Özbekiston yoşlari ezgu işlarga qodir yoşlarmiz!.

Anvar Jumanov, "Yulduz” OAJ raisi: - Bu yilgi paxta yiğim-terimi mavsumiga korxonamizda har yilgidan ham jiddiyroq taraddud körildi. Korxonamizga qaraşli 7 ta paxta tayyorlov maskanlarida zarur taʼmirlaş va obodonlaştiriş işlari olib borildi. Yonğin xavfsizligi moslamalari örnatilib, yetiştirilgan paxta xom aşyosini uzluksiz qabul qiliş uçun zarur şart-şaroitlar yaratildi. Ayni kunda korxonamiz tasarrufidagi 7 ta paxta qabul qiliş maskanlarida kuniga yillik rejaning 5-6 foizi miqdorida yuqori sifatli paxta xom aşyosi qabul qilinmoqda. Paxtani qabul qiliş va buntlarga taxlaş jarayonida qatnaşayotgan işçi-xizmatçilar uçun issiq ovqat, yaxşi dam oliş şaroiti taşkil etilgan. Şuningdek, korxonamiz bilan şartnoma tuzgan fermer xöjaliklarining mexanizatorlari, ijaraçi-dehqonlarning dam olişlari uçun fermerlar xonasi mavjud. Hosilni qabul qiliş mexanizmlari uzluksiz işlab turganligi bois, paxtani qabul qiliş jarayonida umuman muammo yöq.

Paxta – xalqimizning milliy boyligi, iftixori. Hosil möl, sifatli bölsa, undan keladigan daromad ham möl böladi, xalqimizning farovonligi oşadi, turmuşiga fayz kirib, xonadonlari obod böladi. Şunday ekan, baland xirmonimiz – obod va farovon turmuşimizning mezonidir. Uning har bir misqoli biz uçun aziz, qadrli. Ana şu aziz neʼmat – "oq oltin”dan bunyod bölgan yuksak xirmon muborak, qadrli paxtakorlar!

Şuhrat Yusupov, tuman madaniyat va sport işlari bölimi mudiri:- Paxta yiğim-terimi davrining biz sanʼatkorlar uçun öziga xos jihatlari bor. Nafaqat fermer va ijaraçi-dehqonlar, bilki biz sanʼat ahli ham özgaça şijoat, zavq-şavq bilan dalalar bağriga oşiqamiz. Çunki paxta-milliy iftixorimiz, şaʼnimiz, şuhratimiz timsoli. Şu bois, yiğim-terimning ilk kunlaridanoq paxta yiğim-terimini uyuşqoqlik bilan ötkazişda dehqonlarga madaniy xizmat körsatiş böyiça işçi guruh tuzilib, qilinadigan işlar rejalaştirib olindi. Madaniy-maʼrifiy tadbirlar rejasi işlab çiqildi. Ana şu rejaga muvofiq yiğim-terimning ilk kunlaridanoq tuman madaniyat va sport işlari bölimiga qaraşli barça qişloq filial madaniyat uylari xodimlari hamda "Uçqun” aşula va raqs xalq ansabli, "Ofarin” folklor-etnografik jamoasi sanʼatkorlari iştirokidagi "Hormang, aziz paxtakorlar!” deb nomlangan kontsert dasturlarini namoyiş etiş boşlab yuborildi.

Kontsertlarimizdan maʼnaviy ruh olgan paxtakorlar jöşqin kuy va qöşiqlarga raqsga tuşib, olam-olam zavq oldilar.

B.JARLIKAGANOV, "Agrobank” OATB Manğit filiali boşqaruvçisi vazifasini bajaruvçi: - Paxta - xonadonlarimizga fayz, hayotimizga farovonlik baxş etuvçi buyuk neʼmat. Dehqonlarimizning peşona teri, qalb qöri evaziga yetiştirilgan hosilni qançalik tez va sifatli yiğib-terib davlatga topşirsak, nainki davlat xazinasi, balki dehqonning ham oilasi boyiydi, el-yurt röşnolik köradi, turmuşimiz obod böladi. Har beş kunlik yakunlari çiqarilib, fermer xöjaliklari bilan terilgan paxta hosili böyiça hisob-kitob qilganimizda bu yilgi paxtaning daromadi har galgidan köra yuqoriroq ekanligini his etaman. Ilohim, yetiştirilgan möl hosildan kelayotgan daromad el-yurtga, lafzi halol dehqonlarimizga buyursin, muborak bölsin, deyman.

"Agrobank” OATB Manğit filiali ayni kunda özining 1078 nafar mijoziga namunali xizmat körsatmoqda. Şulardan 95 tasi fermer xöjaliklari hisoblanadi. Paxta yiğim-terimi davrida fermer xöjaliklari rahbarlari va ijaraçi-dehqonlarga hamda haşarçilarga qulaylik yaratiş maqsadida har 5 ta fermer xöjaligiga malakali bank xodimlari biriktirilib, beş kunlik terim pullari öz vaqtida naqd pul hisobida tarqatilmoqda. 2013-yilning 26-sentyabrigaça 1,5 milliard sömlik mablağ dala boşida terimçilarga tarqatib berildi. Maqsadimiz, yiğim-terim mavsumining muvaffaqiyatli ötişiga öz hissamizni qöşib, paxtakorlarimizning moddiy manfaatdorligini yanada oşiriş.

Quvonçboy BOYMURODOV, "Amudaryotutinuv” AJ raisi: - Biz ham baholi qudrat paxtakorga madadkor bölmoq niyatida savdo xizmati körsatişni dalalar boşiga köçirdik. Işçi-xizmatçilarimizning har biri kuniga 65-70 kilogrammdan paxta terişayotgan bölsalar, "Amudaryotutinuv” AJga qaraşli 48 ta savdo şoxobçasi orqali paxta yiğim-terimi iştirokçilariga oziq-ovqat va noozoiq ovqat mahsulotlari öz vaqtida yetkazib berilmoqda. Bundan taşqari, 9 ta sayyor dökonlar (avtodökonlar) taşkil etilgan bölib, savdo xodimlari köngilli haşarçilar va talabalardan iborat terimçilarga namunali savdo xizmati körsatmoqda. 2013-yilgi paxta yiğim-terimi davrida Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi tomonidan non mahsulotlari işlab çiqariş uçun ajratilgan 28 tonna un, 3,24 tonna ösimlik yoği, 2,6 tonna şakar hamda xöjalik sovunlari paxta terimi qatnaşçilariga tarqatildi.

🎬 Videogalereya Barçasi →
Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi ▶ Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi 12.10.2026