21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 23:24
Maqolalar 👁 3,701

Hojiboy Tojiboyevning oʻrni bilinyapti...

Hojiboy Tojiboyevning oʻrni bilinyapti...

Shunday qiziqchilar borki, biz ularning turli mavzulardagi chiqishlarini tinglab, bir muddat turmush tashvishlaridan chalgʻiymiz. Ularni koʻcha-kuyda koʻrib qolsak ham yuzimizga tabassum yuguradi.

 Ammo bir toʻyda besh-oʻn daqiqa davomida mehmonlar diqqatini jalb etib, oʻzlarini sanʼatkor madaniyatiga xos boʻlmagan tarzda tutayotgan ayrim qiziqchilarimizning (agar ularni qiziqchi deb atash mumkin boʻlsa) mehmonlarni kuldirishdan koʻra, aksincha gʻashiga tegayotganligi haqida tanqidiy fikrlarning tugʻilishiga sabab boʻlmoqda...   

"Haqorat ham hazilmi endi...”

Shunday ekan, toʻylarda koʻrganlarimni biroz oʻrab-chirmab, qahramonlarimning ism-sharifini oshkor etmay (gap egasini topadi) qogʻozga tushirishga qaror qildim.  Toʻy xizmatiga vaqtidan yarim soatlar chamasi ilgariroq kelgan sanʼatkor avvaliga mezbonlar bilan restoranning boshqa xonasida otamlashgani kirib ketdi. (Restoran toʻla mehmon koʻz oʻngida qadah urishtirish noqulay-da...)
Xonandalar raqsbop qoʻshiqlarni kuylab boʻlganidan soʻng, toʻy boshlovchisi qiziqchimizni tantanavor ravishda eʼlon qildi va davraga chorladi. Eʼtiborlisi, u avvaliga hali xizmat qilmay turib, peshonasidan oqayotgan terni artgancha, oyoqlari chalkashib, shosha-pisha toʻyxonaga kirib keldi...
Bu holatni hatto davrada oʻtirgan mehmonlar ham sezgandek boʻldi. Kamiga xizmatni yangi mavzulardan topib tayyorgarlik koʻrib kelmagan, hamma toʻylarda aytilaverib siyqasi chiqib ketgan, aniqrogʻi bachkana gaplardan boshladi. Uning zoʻr berib aytayotgan hazillari zerikarliligidan kishini qitiqlab kuldirmoqchi boʻlayotgandek taassurot uygʻotardi. Nihoyat, tomoshabin zerikib, kulmayotganligini oʻzi ham sezgan qiziqchimiz, kulgunining "oʻzi kabilar” yaratgan qoidalari —  "masxaralash”ga oʻtib, ayrim sanʼatkorlarning "pakana”ligigacha "nishon”ga oldi. Uning bugungi kungacha oʻz mumtoz qoʻshiqlari bilan xalq hurmatiga sazovor boʻlib kelgan bir yoshi ulugʻ sanʼatkorni tap tortmasdan — "uning koʻzi koʻr-ku” degan gaplarini tinglaganda esa, quloqlarimga ishonmadim.
Tasavvur qilyapsizmi, sanʼatkor oʻz hamkasbini masxara qilish barobarida uning shaxsiyatiga tegish orqali, odamlarni kuldirmoqchi boʻlyapti. Qani endi shu vaziyatda "masxaralashdan avval xuddi shu ustoz sanʼatkordek oʻz ijodingizni qoyillatib qoʻying” deydigan odam topilsa. Shunday qilib, ayni paytda koʻpchilikning diqqat markazida boʻlib kelayotgan bu qiziqchi oʻzining sanʼatkor madaniyatiga zid boʻlgan qirralarini ana shu tarzda ochib kelmoqda...
Qolaversa, ushbu jarayonni kuzata turib,  "Koʻzi ojiz boʻlsa ham, oʻsha sanʼatkorga Alloh bulbuldek yoqimli ovozu, ohanrabodek isteʼdod berib qoʻyibdi. Siz-chi, bisotingizda davra toʻla muxlis koʻnglini ovlar darajada birorta kulguli gapingiz boʻlmasa-da, daftaringizni toʻy sanalariga toʻldirish bilan ovorasiz-a” degimiz keldi!  

Xullas, besh-oltita toʻyda qiziqchimizning kamsitish, masxara aralash aytgan bachkana gaplarni gapirib, odamlarni kuldirishga harakat qilganligiga oʻz koʻzlarim bilan koʻrib va quloqlarim bilan eshitib guvoh boʻldim.
Qizigʻi, odamlar kulsa ham mayli edi, uning bachkanaligidan ensasi qotgan muxlislar qiyofasida "shoʻring qursin,  sanʼatkor emish-a” degan mazmunni ilgʻab olish mushkul emas.   Tan olish kerak, qiziqchi  Sardor Rahimxon ijrosidagi "Arazingiz ochilmaydi” qoʻshigʻini "Qovogʻingiz ochilmaydi” deya kulgili tarzda kuylab, xalqni uch-toʻrt daqiqalarcha oʻziga jalb eta oladi. Ammo  bu qoʻshiq ham deyarli barcha toʻylarda kuylanaverib "siyqa”si chiqib ketgan...

"Gʻunajin koʻzini suzmasa...”

Ayni paytda toʻylarda ommalashgan yana bir yosh  ijodiy guruhlardan biri esa, (qahramonlarimiz ushbu maqolani oʻqib oʻzlariga tegishli xulosa chiqarib olishar degan umidda ularning ism-shariflari va guruh nomlarini sir tutdik ) xuddi soʻz topolmagandek, oʻzbek xalq maqollarini buzib, namoyish etish, soʻzlarni qingʻir maʼnoga burib gapirishga jazm etishni oʻziga kasb qilibdi. Yaʼni, ularning xizmatlarida hech bir istiholasiz — "Gʻunajin koʻzini suzmasa, buqa "odno”ga kirmaydi”, "Eru xotin naq hoʻkiz”, "Kelinni kelganda koʻr, qolganini keyin aytasan...” kabi gaplaridan qanday maʼno izlashni bilmaysan.

Qisqasi, vazifasi ayni kundagi dolzarb mavzularni yengil tanqid ostiga olib, uni kulgu yoʻnalishida taqdim etish boʻlgan qiziqchilarimiz tanlagan kasblari mohiyatini "masxarabozlik” bilan almashtirib qoʻyishdi.

Beparda soʻzlardan foydalanib, hazillari toʻyda oʻtirgan yoshu qariga qanday taʼsir oʻtkazishi mumkinligini umuman inobatga olishmayapti. Lekin biz milliy mentalitetimizga zid holda ochiqdan ochiq er-xotin orasidagi munosabatlardan tortib, tananing barcha aʼzolarigacha qiziqchilar uchun mavzu boʻlganini qalamga olishga rosti gap, hijolat tortamiz. Davralarda "pardasiz” gap-soʻzlarni tinglab, yoshlar kattalar yonida duv qizarsa, kattalar esa, yoshlar yonida noqulay ahvolga tushib qolishyapti.

Kishi gʻashiga tegayotgan  holatlardan yana biri — yoshlarning sevimli xonandalariga aylanib  ulgurgan "Ummon” guruhining omadi kelib, mashhurlik pillapoyalaridan koʻtarilib borayotgani, goʻyo yuqorida tilga olinayotgan qiziqchilarimizga "malol kelayotgandek”... Ular har gaplari orasida albatta, "Ummon”ni kalaka qilib oʻtmasa koʻngillari tinchimaydi. Albatta, bu bilan "Ummon” guruhi har qanday kamchiliklardan xoli demoqchi emasmiz. Biroq... estrada olamida ijod qilib kelayotgan boshqa sanʼatkorlarning kamchiligi ham yetarli emasmi?

Hojiboy Tojiboyevning oʻrni bilinyapti...

Aslida hech bir qiziqchining biror bir sanʼatkor yoki xalqni masxara qilish, shaxsiyatiga tegib, kamsitishga haqqi yoʻq! Alohida taʼkidlab oʻtish joizki, sanʼatkorlar tomonidan yaratilayotgan har bir ijod namunasi ijtimoiylik tamoyillariga asoslanib yaratilishi, odob-axloq meʼyorlariga toʻla javob berishi, oʻzida ezgulik va insonparvarlik tushunchalarini singdirish barobarida, madaniy hordiq va estetik zavq bera olishi kerak.

Nafaqat aktyor yoki xonanda, balki, qiziqchilar ham yaratayotgan  ijod namunalaridan birinchi boʻlib oʻzlari mantiq izlashlari, "men bu gapim bilan nima demoqchiman?” degan savolga javob topishlari kerak emasmi?

Avvalari oʻzbek qiziqchilik sanʼatida kulgi ustalari juda koʻp boʻlgan. Bu insonlar yigirmanchi asrda oʻzbek qiziqchiligini alohida sanʼat maktabi darajasiga koʻtarishgan. Ular orasida Yusufjon qiziq, Oxunjon qiziq, Aka Buxor, Soyibjon qiziq, Muhiddin Darveshov, Abdulhay Maxsum, Sadriddin Ziyovuddinov, Zaynobiddin qiziq, Madaminjon qiziq, Ergash Karimov, Hasan Yoʻldoshev, Husan Sharipov, Rustam Hamroqulovlarning alohida oʻrni bor.

Oʻtgan asrning oxirlaridan  oʻzbek qiziqchilik maktabiga Hojiboy Tojiboyev, Obid Asomov, Mirza Xolmedov, Shukurullo Isroilov, Valijon Shamsiyev, Abdulla Akbarov  kabi ijodkorlar kirib kelib, ular qiziqchilik sohasiga zamon talabidan kelib chiqqan holda oʻz yondoshuvlari bilan alohida yangilik kiritib kelayotgan edilar. Ammo ularning  ayrimlarining ijodida mantiq yoʻqolib borayotgani kishini oʻylantirib qoʻymoqda... 

Alohida aytib oʻtish joiz, oʻz ijodi bilan nafaqat qiziqchilar orasida, balki xalq orasida katta hurmat qozongan Hojiboy Tojiboyevning hazillari shogirdlari tomonidan aytilib, hali-hamon yashab kelmoqda.  Zero, tadbir yoki toʻy xizmatlariga borgan Hojiboy Tojiboyev ustozlari ishtirok etgan xizmatlarda ham faol boʻlib, ular ijodini muntazam ravishda kuzatib borgan, ular bilan hamnafas boʻlgan. Oʻsha zamonda dolzarb sanalgan boʻlsa-da, bugungi kungacha qadri oʻlmagan umrboqiy ijod namunalarini yaratib ketdi u...

Kuldirsangiz ham, kuydirmang!

Bugun uning zamondoshlaridan Abdulla Akbarov, Ortiq Sultonov, Zokir Ochildiyev, Xudoyberdi Ziyodov, Sohib Mamasoliyev kabi qiziqchilarimizdan tortib, "Qahqaha”,”Handalak”, "Mirza” teatrlarigacha harqalay ozmi-koʻpmi, xalq koʻnglidan joy olishga urinib kelyapti desak xato boʻlmaydi.

Kamchiliklar haqida gap ketganda esa, masalaning yechimini qanday topish mumkin, degan savol kishini oʻylantiradi.  Zero, yuqoridagi qingʻir, behayo hazillar sabab, yoshlarning muloqot vaqtida ham aynan qiziqchilarga taqlid qilgan holda  andishasizlik qilayotganliklari, aksariyat yoshlar toʻgʻri gapni ham egri qabul qilishi holatlari bekorga uchramayapti.

Hozirgi kunda unchalik ahamiyat berilmayotgan yana bir haqiqat - qiziqchilarimiz faqat tadbirlargagina jiddiy tayyorgarlik koʻrishadi. Toʻy xizmatlarida esa, har gal siyqasi chiqqan "eski plastika”ni aylantiraverishdan charchashmaydi. Qiziqchilik sohasi vakillari toʻy xizmatlarida ishtirok etayotgan sanʼat shinavandalarining didi, talabi va istaklari bilan nega hisoblashishmayapti? Ushbu savol bilan ayni paytda toʻy va tadbirlarda "ommabop” boʻlgan qiziqchilarimizning biriga yuzlanganimizda u "Davlat tadbirlariga jiddiyroq tayyorgarlik koʻrishimizning sababi, zalga yuksak didli, farosatli, sanʼatni tushunadigan muxlislar tashrif buyurishadi. Toʻyga keladigan mehmonlar esa, bundan mustasno” deya ikkilanmay bergan javob berdi. Bu javobdan qalqib tushdim.

Mana gap qayerda! Demak, qiziqchi bu gapi bilan toʻyga tashrif buyuradigan mehmonlar sanʼat nimaligini tushunmaydi, ularni boplab laqillatsak boʻladi demoqchi... Ochigʻini aytadigan boʻlsak, ular shu tariqa "koʻz bogʻlogʻich”lik usulidan ustalik bilan foydalanishmoqda. Odamlar esa, borgan sari bu achinarli holga koʻnikib, ijod qiluvchi "kulgu ustalari”dan biror maʼniliroq gap kutmay qoʻyishyapti... Aniqrogʻi, ularning toʻyga shunchaki kelib-ketishlari  bir obroʻdek... Loʻnda qilib aytsak, "arzon va tuzsiz shoʻrva” lar uchun choʻntaklar qoqilyapti xolos.

Qiziq, nahotki, sanʼatkorlarning shu tariqa pul topishi, tirikchilik qilishi toʻgʻri boʻlsa? Yoki ular oʻz sanʼatkorlik madaniyati va yaratayotgan ijodi bilan xalqni oʻziga ergashtirishi mumkinligi, ijod mohiyati asosan xalqqa beminnat va xolis xizmat qilishga qaratilgan boʻlishi kerakligini bilishmaydimi?

Umidimiz shuki, ushbu maqolada aytilgan achchiq gaplar albatta egasini topadi va "sahifamiz nishoni”dagilar yuqoridagi fikrlarimizni toʻgʻri maʼnoda qabul qilib, tegishlicha  xulosa chiqaradilar.

Mohichehra EShMIRZAYeVA

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026