15.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
15.10.2026, 13:29
Sport 👁 691

Boks boʻyicha xotira turniri oʻtkazildi

Boks boʻyicha xotira turniri oʻtkazildi

Har yili 9-may kuni yurtimizda umumxalq bayrami — Xotira va qadrlash kuni keng nishonlanadi. Bu sana — yurtdoshlarimizning Vatan ozodligi va tinchligi yoʻlida koʻrsatgan jasorati, fidoyiligi va mardligini eʼzozlash, ularning xotirasini yod etish, oramizdagi faxriylarni qadrlash kuni sifatida katta ahamiyat kasb etadi.

Ushbu muhim sana munosabati bilan mamlakatimizning turli hududlarida xotira tadbirlari bilan bir qatorda, yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib etuvchi sport musobaqalari ham tashkil etilmoqda. Shunday musobaqalardan biri Amudaryo tumanining Toʻlqin ovulida boʻlib oʻtdi.

7-8-may kunlari boks boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi chempioni va xalqaro turnirlar gʻolibi Furqat Rajapov xotirasiga bagʻishlab sportning boks turi boʻyicha oʻtkazilgan xotira turniri musobaqalari murosasiz janglarga boy boʻldi.

2009-2010, 2011-2012-yillarda tugʻilgan oʻsmirlar oʻrtasida oʻtkazilgan musobaqaning birinchi kunida saralash bahslari, ikkinchi kunida final bahslari va tantanali taqdirlash marosimi oʻtkazildi. 8-may kuni oʻtkazilgan final bahslarida hamda taqdirlash marosimida tuman hokimi Sobir Xoʻjametov, respublika ishchi guruh vakili Ziyodulla Mahmudov, tuman hokimi oʻrinbosari Nodirbek Kamolov, idora va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdilar.

Musobaqalarda respublikamizning turli tumanlaridan oʻquvchi-yoshlar va sport maktablarining vakillari faol ishtirok etdilar. Tadbir avvalida Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va mehnat faxriylariga hurmat bajo keltirilib, ularning mardlik va jasoratlari yodga olindi.

Musobaqalar doʻstlik va hamjihatlik ruhida oʻtdi. Har bir bokschi gʻalaba uchun kurashdi, oʻzining jismoniy tayyorgarligi va sportga boʻlgan mehrini namoyon etdi. 10 ta vazn toifasida oʻtkazilgan musobaqalar yakuniy natijalariga koʻra eng kuchlilar gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. Tuman hokimi Sobir Xoʻjametov boshchiligida rahbarlar xotira turniri gʻolib va sovrindorlariga tuman hokimligi tomonidan tayyorlangan diplom, medal va esdalik sovgʻalarini topshirdilar.

Qayd etish joizki, bugungi globallashuv davrida jismoniy tarbiya va sport har qachongidan ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, yosh avlodni sogʻlom, irodali va maqsadga intiluvchan qilib tarbiyalashda sportning, jumladan, boksning roli beqiyosdir.

Boks — bu faqat jismoniy kuchni emas, balki aql-zakovat, sabr-toqat va ruhiy barqarorlikni talab qiladigan sport turi. U yoshlarning har tomonlama rivojlanishida, salomatligini mustahkamlashda va irodasini chiniqtirishda muhim vositadir.

Ulugʻ ayyomlar arafasida tashkil etilayotgan bu kabi sport tadbirlari yosh avlod qalbida tariximizni unutmaslik, ajdodlarimiz jasoratini yodga olish, Vatanga sadoqat, faxr va minnatdorlik tuygʻularini uygʻotish bilan birga, sogʻlom turmush tarzini ommalashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

 Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026