21.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
21.11.2026, 20:51
Maqolalar 👁 1,339

YaXŞINING UMRI, YaXŞILIKNING YÖLI UZUN

YaXŞINING UMRI, YaXŞILIKNING YÖLI UZUN

Saʼdulla bobo – Ikkinçi jahon uruşi iştirokçisi. Yoşi 90 dan ötsa-da, bekor ötirgisi kelmaydi.

Bugun u köça yuzidagi olça, gilos daraxtlarining ortiqça butoqlarini butab, şakl berayotsa, öğli Omonulla tengi beş-ön çoğli kişilar Norboy jörasining uyi tomon ketişayotganiga közi tuşib, işini töxtatdi.

– Norboy jöram omonmikan? – xayoliga kelgan öydan yuragi allaneçuk bölib ketdi. Beixtiyor öşa tomonga yurdi. Bobo to yetib borgunça, darvoza oldidagi kişilar içkariga kirib ketişdi. Ikki kundan beri körişmagan jörasini aslida bugun körmoqni niyat qilgan Saʼdulla bobo könglidan ötgan noxuş öy taʼsirida ostonadan hatlarkan, içkaridan qattiq kulgu eşitildi.

– Xayriyat, – dedi bobo ovoz çiqarib, – omonlik-omonlik, men bölsam...

– Keling, bobo, assalomu alaykum! – Norboy jörasining nevara kelini boboni içkariga taklif qildi.

– Vaalaykum assalom, qizim, uydagilar tinç-omonmi? – söraşdi bobo.

Şu dam içkaridan çiqib kelgan Norboy boboning kenja öğli Bozorboy Saʼdulla boboga peşvoz yurdi:

– Obbo otaginam-yey, keling-keling, siz ham eşitdingizmi? Yaxşilikning qanoti bor-da, otaginam, keling! – quvonçi yuziga tepib turgan Bozorboy qöşib qöydi, – töy boşladik, otaginam, töy! Jöralarim “öng bölsin”ga kirişgan edi.

Saʼdulla bobo çin dildan quvonib ketdi. Dolondagi supaning bir çetiga ötirib, Bozorboy boşlagan ezgu işning öngidan kelişini, Norboy jörasining nevaralari Hasanboy bilan Husanboyning baxtli oila qurişlarini tilab, uzundan-uzoq duo qildi.

Katta dolonning ikkinçi qismida Norboy jörasi egizak nevaralari bilan yaşardi. Jörasini körgisi, qutlagisi kelib, örnidan turdi. Boboning muddaosini bilgan Bozorboy asta tomoq qirib qöydi-da:

– Otam uyda yöq edilar, – dedi astagina.

– Nega yöq böladi, sen töy boşlaysan-u, otang uyda bölmaydimi?

– Bir-ikki kun qizlarinikida bölsin, deb... U yoği qariçilik, töyning keldi-ketdisi bor, deganday.

Saʼdulla bobo Bozorboyni endi körayotganday, yuziga tikilib qaradi.

– Şu gaplarni sen aytayotirsanmi? Otangni töy boşi qilib törga ötqazib qöymaysanmi? Bugunoq olib kel! – dedi qatʼiy.

Bozorboy Saʼdulla boboning gaplariga eʼtibor bermay, otasi yaşaydigan xona tomon yönaldi. Xona eşigini lang oçib yubordi.

– Qarang, otamning xonalarini kelin-kuyovlar uçun moslaştirayotirmiz. Töy ötsin, otamga içkaridanmi, bir xona sozlab beramiz.

Saʼdulla bobo içidan zil ketdi. Ötgan yilda Prezident qarori bilan Ikkinçi jahon uruşi iştirokçilarining barçasining yaşaş xonalari taʼmirlanib, ularga zamonaviy hammom ham qurib berilgandi. Norboy jörasining yaşaş xonasi dolonning uç xonali qismida bölib, barça şaroitlari yaxşi edi.

– Davlat otangga şunça ğamxörlikni qilib turganida sen undan buni tortib oldingmi? – jahli çiqdi boboning.

– Tortib olmadim, otaginam, otamning özi menga bir xona böladi, degan... Ha, endi... bu yoği...

– Nima, bu yoği? – Saʼdulla bobo tutaqib ketdi. – Ayt, buyoğini! Hali otangni kömib ham kelarsan!

– Qöying, quvonçli kunimda könglimni sindirmang. Otamning jörasisiz, hurmatingizni biling-da, menga örgatmang. Özi u yoqdan “povestka” kelib turibdi-yu, sira mahallada biylikni bergingiz kelmaydi!

Saʼdulla bobo qalqib ketdi. Bozorboy tönğillagança “öng bölsin”ga kelgan jöralarining oldiga yönaldi. Saldan söng uning qah-qah urib kulgani eşitildi. Bobo asta köçaga çiqdi. Quloqlari ostida Bozorboyning gaplari tinmay jaranglardi:

– Özi u yoqdan “povestka” kelib turibdi-yu mahallada biylikni bergingiz kelmaydi...

Bir haftadan söng Bozorboynikida fotiha töy böldi. Saʼdulla boboni qöni-qöşnilar qançalik çorlaşsa-da fotiha töyga çiqmadi. Öğli Omonulladan Norboy jörasining hamon qizlarinikida yaşayotganini eşitib, Bozorboydan qattiq ranjidi. “Odam olasi içida”, deganlari rost ekan-da. El-yurtdan uyaldimi yo farzandlik mehri iydimi, töy kuni Norboy boboni olib kelişdi. Darvoza oldidagi supaga joy qilib berişdi. Saʼdulla bobo jörasining oldiga çiqdi, muborakbod etdi. Jörasi negadir ğamgin körindi köziga.

– Tan-joning soğmi, jöra? – heç narsadan xabari yöqday söradi Saʼdulla bobo.

– Tanim ham, jonim ham soğ, jöra, könglim ğaş, könglim xasta.

– Zamon yoşlarniki, jöra, yoşlar omon bölişsin.

Norboy bobo indamadi. Şu dam dolon tomondan Bozorboyning kibr bilan aytayotgan gaplari eşitildi:

– Boboy endi u dunyoning odami, yotib-turişiga bir körpaçalik joy yetadi. Tayyor hammomli uy, bolalarga yasatib berdik! – U aftidan yangi taʼmirdan çiqqan Norboy boboga tegişli xonalarni mehmonlarga körsatardi.

Norboy bobo battar munğaydi, boşini sarak-sarak qilib, qaltiroq qöllari bilan soqolini siladi.

– Jöra, yur, sening uyingda, boğingdagi supada ötiramiz. Kelin kelgani ham, töyning borişi ham körinib turadi.

Qariyalar yetaklaşib töyxonadan çiqib ketişdi. Ularning Saʼdulla boboning boğidagi supada ötirganlarini körgan mahalladoşlari birma-bir oldilariga çiqişdi. To töy tarqagunga qadar Saʼdulla boboning boğidan odam arimadi.

Bozorboy esa “otam nega u yoqda ötiribdi?”, deb öylab ham körmadi, yo otasini izlaşga vaqti bölmadi. Şu kuni bolalikdan qadrdon ikki qariya – Saʼdulla bobo bilan Norboy bobo birga tong ottirişdi.

Tongda butun qişloq noxuş xabardan bir qalqib tuşdi. Bozorboy töy keçasi uyqusida jon beribdi. “Yo alhazar!”- dedi odamlar bu holatdan. “Ölim yanglişibdi!” – dedi qay bir gumroh banda. “Otamning “povestkasi”, deyaverib otasiga tili tekkan”, – deyişdi Bozorboyning otasi haqidagi gaplaridan xabardor oşnalari. Nima bölganda ham töyning ertasi kuni Norboy bobonikida aza oçildi. Qöşaloq kelinga “iş buyurar” örniga katta ayvonni töldirgan qarindoşlar faryod çekdilar.

Norboy bobo kenja öğlini yerga qöygaç, özi qurib, özi tuzgan mulkini tark etdi. Örtança öğli otasini köçirib olib ketdi. Biron kimsaga Bozorboyning işlaridan çurq etib oğiz oçmadi. Garçi noqobil öğilning otasiga qilgan oqibatsizligi haqida mahalla ahli bilişsa-da, bu haqda heç kim oğiz oçmadi. Çunki Norboy bobo bilan Saʼdulla bobo mahalla ahlining otasiday aziz va qadrdon maslahatgöylari, mahallaning fariştalari edilar. Yaxşining umri, yaxşilikning yöli uzun, deganlari rost. Mahallaning piru badavlat bobolari hamon bardam va tetik.

Robiya YÖLDOŞEVA.

🎬 Videogalereya Barçasi →
«INFOLIB ÖZBEKISTON–2026» axborot-kutubxona haftaligiga start berildi ▶ «INFOLIB ÖZBEKISTON–2026» axborot-kutubxona haftaligiga start berildi 20.11.2026 Eskirgan boğlar örnida intensiv boğlar barpo etiladi ▶ Eskirgan boğlar örnida intensiv boğlar barpo etiladi 20.11.2026 Suv tarmoqlariga noqonuniy ulanişlar böyiça nazorat tadbirlari ötkazilmoqda ▶ Suv tarmoqlariga noqonuniy ulanişlar böyiça nazorat tadbirlari ötkazilmoqda 18.11.2026 BIR VATAN, BIR EL, BIR BAYROQ! AMUDARYoDA BAYROQ ESTAFETASI KÖTARINKI RUHDA DAVOM ETDI ▶ BIR VATAN, BIR EL, BIR BAYROQ! AMUDARYoDA BAYROQ ESTAFETASI KÖTARINKI RUHDA DAVOM ETDI 16.11.2026 «Ilğor fermerlar klubi» aʼzolari uçun dala seminarlari ötkazildi ▶ «Ilğor fermerlar klubi» aʼzolari uçun dala seminarlari ötkazildi 16.11.2026 Bolajonlarga yöl harakati qoidalari haqida maʼlumotlar berildi ▶ Bolajonlarga yöl harakati qoidalari haqida maʼlumotlar berildi 13.11.2026 Sayyor qabulda 12 ta murojaatdan 10 tasi ijobiy hal etildi ▶ Sayyor qabulda 12 ta murojaatdan 10 tasi ijobiy hal etildi 13.11.2026 Amudaryo tumanida SEO va JS bölimining yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ Amudaryo tumanida SEO va JS bölimining yangi binosi foydalanişga topşirildi 12.11.2026 Amudaryolik nuroniylar mini futbol böyiça örtoqlik uçraşuvida ğolib çiqdi ▶ Amudaryolik nuroniylar mini futbol böyiça örtoqlik uçraşuvida ğolib çiqdi 12.11.2026 49-sonli boğçada ekologik tarbiyaning amaliy metodikalari namoyiş etildi ▶ 49-sonli boğçada ekologik tarbiyaning amaliy metodikalari namoyiş etildi 12.11.2026 Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026