ISTIQLOL - NURLI KELAJAKKA YeTAKLOVÇI KUÇ
1991-yil 1-sentyabr. Bu Özbekiston istiqlolga erişgan kun sifatida eng qutluğ, eng aziz sanaga aylandi.
Istiqlol davlatimiz asosini quriş, ijtimoiy yönaltirilgan bozor munosabatlarini şakllantiriş, milliy ongimiz va maʼnaviyatimizni yuksaltiriş, yurtimizda yaşayotgan har bir inson uçun munosib hayot tarzini yaratiş, jahon hamjamiyatidan munosib örin egallaş imkonini berdi.
Istiqlol tafakkurimizda tub buriliş yasadi. Mustaqillik mağzini anglaş, mustaqil yaşaş mohiyatiga yetiş, şunga moslaşiş va könikiş kayfiyatini paydo qildi.
Özbekistonning öz maqsadlari va rejalari, har qanday davlat havas qilsa arzigulik boy imkoniyatlarga ega ekanligi qalblarimizni ğururga töldiradi va işlaşga, yaratuvçanlikka, bunyodkorlikka undaydi. Özbekiston şuhrati har birimizning şuhratimizga aylandi. Vatan farzandi, şu mamlakat fuqarosi ekanligimizdan çinakam faxrlaniş baxtiga muyassar böldik, xalq sifatida aslimizga qayta boşladik. Tariximiz, milliy qadriyatlarimiz, milliy maʼnaviyatimiz asoslarini örganişga, ularni özimizniki qilişga erişdik. Tarixga munosabat özgardi, tarixni hayotimizning ajralmas bir bölagi deb tuşunadigan böldik.
Qadriyatimizni qayta tiklaşda yana bir muhim masalaga alohida eʼtibor qaratildi. Bu - insonparvarlik mezonidir. Çunki insonni, uning hayotini, soğligini, haq-huquqlarini birinçi darajaga qöyiş mamlakatimiz siyosatining muhim yönalişi hisoblanadi.
Bugun milliy mafkuramiz tomirlari mustahkam va soğlom. Inson maʼnan qança yuksak bölsa, boşqalarni, ularning fikrini, fazilatlarini şunça qadrlaydi.
Hozir xalqimiz orasida soğlom hayot, soğlom avlod, soğlom fikr uçun kuraş boşlandi.
Şu asosda komil inson tarbiyasi masalasi, Prezidentimiz qayta-qayta uqtirayotganidek, bizda davlat siyosatiga aylandi.
Özbekistonimiz tarixan juda qisqa fursatda yana dunyo bilan boğlandi. Öz örni va mavqeini topdi.
Tarixdan maʼlumki, bizning xalqimiz başariyat taraqqiyoti va rivojiga ulkan hissa qöşgan 13 ta mamlakatlarning biri hisoblanadi.
Biz bu bilan faxrlanamiz.
Istiqlol - bizning fikrimizni va qalbimizni tozaladi. Yölimiz töğri va haq. U bizni taraqqiyot yöllari böylab yetakladi. Özbekiston boşqalar havas qiladigan davlatga aylandi.
Yurtboşimiz taʼbiri bilan aytganda: "Özbekiston kelajagi buyuk davlatdir”. Ha, bizni kelajakda nurli manzillar kutmoqda.
P.Matçanova.
1-son tuman Davlat notarial idorasi notariusi, II darajali huquqşunos.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶