ÖRMONLAR - YaŞIL BOYLIGIMIZ
Har yili sentyabr oyining uçinçi yakşanbasida örmon xöjaligi xodimlari öz kasb bayramlarini nişonlaydilar.
Muxbirimiz Qobul Şomurodov şu munosabat bilan Qipçoq davlat örmon xöjaligi direktori I.Xolboyev bilan suhbat uyuştirdi. Quyida şu suhbat mazmuni bilan tanişasiz:
- Örmon xöjaligimiz katta maydonni, yaʼni, 16288 gektarni taşkil etadi. Şundan örmon bilan qoplangan maydon 3082 gektardan iboratdir. Xöjaligimizning asosiy maydonini Nazarxon bölimi egallaydi. Bu bölim tarkibida "Bekboy töqay” va "Xöjaköl” töqayzorlari mavjud. "Bekboy töqay”ning umumiy maydoni 5203 gektar bölib, şundan örmon bilan qoplangan maydon 1357 gektardan iborat. "Xöjaköl” töqayzorlarining umumiy maydoni birmunça kattaroq bölib, 8625 gektarni taşkil etadi va şundan örmon bilan qoplangan maydon 1081 gektardir. Bu ikkala töqayzorlar juda köp yillik töqayzorlar bölib, ösimliklar va hayvonot dunyosiga ham juda boy. Yoş töqayzorlar sirasiga esa Qipçoq örmon bölimi kiradi. Bu bölimning taşkil etilganiga endigina 17-yil tölmoqda. Bu bölimning 3-aylanmasi köproq daryo atovlaridan iborat bölib, 1220 gektar maydonni taşkil etadi. Şundan örmon bilan qoplangan maydon 869 gektarni egallaydi. Qipçoq örmon bölimining yana bir aylanmasi 4-Qiliçboy aylanmasi deb ataladi. Uning maydoni 560,6 gektar bölib, örmon bilan qoplangan maydoni esa 454 gektarni taşkil etadi.
Mamlakatimizda örmon xöjaliklarini yanada rivojlantiriş, uning ösimliklar va hayvonot dunyosi bioxilma-xilligini boyitiş, yangi madaniy örmonzorlarni kengaytiriş maqsadida Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 26-avgustda "Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati faoliyatini taşkil etiş töğrisida”gi 243-qaroriga muvofiq Qipçoq davlat örmon xöjaligining asosiy örmon bilan qoplangan maydonlaridan 3536,5 gektari davlat biosfera rezervati tasarrufiga ötkazildi va örmonzorlar ustidan davlat nazorati kuçaytirilib, ösimliklar va hayvonot dunyosi bioxilma-xilligi muhofazasi yaxşilandi. Bioxilma-xillikni yanada boyitiş böyiça yangi loyihalar işlab çiqilmoqda. Şu jumladan, qöşni Beruniy tumanidagi "Baday töqay” qöriqxonasidagi Xongul, yaʼni Buxoro buğularining bir qismini biosfera rezervati tassarrufidagi "Bekboy töqay” töqayzorlariga ötkaziş loyihasi amalga oşiriliş arafasida. Ayni kunda biosfera rezervati hisoblangan "Bekboy töqay”da juda kam, noyob parranda quşiga aylangan qirğovullarning, quyonlarning va boşqa yovvoyi hayvonlarning köpayayotganligi sezilmoqda. Bu albatta mazkur töqayzorlarda ösimliklar dunyosining boyiyotganidan, quşlar va turli yovvoyi hayvonlarning köpayişi uçun qulay şart-şaroitlar yaratilayotganidan darak beradi. Kelgusida biosfera rezervatiga taalluqli bölgan töqayzorlarning avaylab-asralişi va rivojlantirilişi natijasida bu maskanlardagi flora va fauna olami yanada boyiydi.
Tabiiy töqayzorlarni rivojlantiriş uçun albatta madaniy örmonzorlar ham barpo qiliş kerak. Bu borada dastlabki qadamlar qöyilmoqda. Joriy 2013-yilning erta köklamida madaniy örmonzorlar barpo qiliş uçun 33 gektar maydon hozirlandi. Şundan 30 gektariga qumloq hududlarga saksovul nihollari ekildi.
Qolgan uç gektar yerga nektarbop yapon saforasi va jiyda köçatlari ekilib, parvariş qilinmoqda.
Madaniy örmonzorlarni barpo qiliş va kengaytiriş uçun birinçi navbatda niholxonalar zarurdir. Xöjaligimizning Qiliçboy 4-aylanmasida 2 gektarga yaqin niholxonamizda manzarali va mevali daraxt köçatlari yetiştirilib, buyurtmaçilarga yetkazib berilmoqda.
Örmon xöjaligi tarkibida asalariçilik, baliqçilik va çorvaçilikni rivojlantiriş juda qulay. Negaki, bu sohalarning rivojlanişi uçun örmon xöjaligida moddiy baza mavjuddir. Asalariçilik ötgan yilga nisbatan ikki barobarga rivojlantirilib, asalari oilalari 100 taga yetkazildi. Şunga yaraşa asal mahsulotlari ham köpayib, örmon xöjaligi xodimlari uçun 1 mln. sömlik arzon narxdagi asal tarqatib berildi. Asalning qolgan qismi isteʼmolçi – buyurtmaçilarga jönatildi. Kelgusida asallariçilikni yanada rivojlantirişning istiqbolli loyihalari işlab çiqilmoqda.
Kezi kelganda bizning qiyin ekologik şaroitimizni ança yumşatiş, aholining ijtimoiy imkoniyatlarini kengaytiriş va ijtimoiy turmuş şaroitlarini yaxşilaş maqsadida BMTning Taraqqiyot Dasturi mintaqamizda faoliyat körsatayotganligini aytib ötiş joizdir. Bu Dasturga muvofiq bizning Qipçoq davlat örmon xöjaligi mehnat jamoasi Özbekiston miqyosida ötkazilgan tenderda faol qatnaşib, 37,1 million sömlik grant mablağini yutib olişga muvaffaq böldi. Bu mablağlarning asosiy qismi asalariçilikni rivojlantirişga yönaltiriladi.
- Sermazmun suhbatingiz uçun rahmat. Barçangizni kasb bayramingiz bilan qizğin muborakbod etamiz.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶