USTOZIGA MUNOSIB ŞOGIRDLAR

Tumandagi Bolalar-ösmirlar sport maktabida sportning barça turlari böyiça yoş sportçilar maşğulotlar davomida sportning özlari şuğullanayotgan turlarining sir-asrorlarini mohir murabbiylardan astoydil örganib, mahoratga ega bölmoqdalar va har bir sport turi böyiça ötkazilayotgan turli musobaqalarda buni namoyiş etib, sovrinli örinlarga ega bölişmoqda.
Nukus şahrida 10-11-fevral kunlarida özbek jang sanʼati böyiça ösmirlar va katta yoşdagilar örtasida Qoraqalpoğiston Respublikasi Çempionati bölib ötdi.
Çempionatda tumanimizdagi BÖSMda sportning jang sanʼati turi böyiça şuğullanayotgan sportçilar ham iştirok etdilar.
Jang sanʼati usullarni mohirlik bilan qöllagan yoş sportçilardan L. Jumaboyeva, D.Yöldoşev, A.Matyoqubov, B.Xudoyberganovlar 2-örin hamda Yo.Aminova, H.Madrahimov, R.Ibrohimov, O.Jumaboyev, B.Jumaboyev, R.Farhodov, B.Nuramova, S.Normatovlar 3-örin ğolibligini qölga kiritişga muvaffaq böldilar.
Yoş sportçilarga jang sanʼatini örgatgan mohir murabbiylar Mahmud va Murod Safarboyevlarga yoş avlodning jismonan soğlom bölib voyaga yetişi uçun soğlom turmuş tarzini tarğib qilib, sport bilan muntazam şuğullanişlariga imkoniyat yaratib milliy sport turlarining qayta tiklanişi va rivojlanişiga hissa qöşib kelayotgani uçun minnatdorçilik bildirildi.
Şuningdek, Nukus şahrida Taekvando sporti böyiça Qoraqalpoğiston Respublikasi kubogi uçun ötkazilgan musobaqada ham tuman BÖSM şuğullanuvçilari iştirok etib, D.Bozorboyev 48 kg vazn toifasida 3-örin ğolibi böldi.
Ustoz va şogirdlar “Faxriy yorliq” va sovğalar bilan taqdirlandilar.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶