21-may — Kutubxonaçilar kuni munosib nişonlandi
Maʼnaviyat va maʼrifat har qanday jamiyat taraqqiyotining poydevori hisoblanadi. Bu poydevorni mustahkamlaşda esa kitobning, mutolaa madaniyatining örni beqiyosdir. Insoniyat yaratilgan dastlabki davrlardan boşlab öz tajribasi, bilimi va kaşfiyotlarini qoğozga tuşirişga, ularni kelajak avlodlarga yetkazişga intilib kelgan. Ana şunday buyuk vazifani öz zimmasiga olgan, asrlar qaʼridan yetib kelgan durdona asarlarni, ilm-fan yutuqlarini asrab-avaylab, kitobxonlarga yetkazib beradigan möʼtabar kasb egalari — kutubxonaçilar mehnati har qanday tahsinga sazovordir.
Bugungi şiddat bilan rivojlanayotgan axborot texnologiyalari asrida ham anʼanaviy kitob va kutubxonaning qadri aslo yöqolgani yöq, aksinça, ularning jamiyat hayotidagi, ayniqsa, yoş avlod tarbiyasidagi ahamiyati tobora ortib bormoqda. Kutubxonaçi faqatgina kitob beruvçi şaxs emas, u öquvçining dunyoqaraşini şakllantiruvçi, uning qiziqişlarini töğri yönaltiruvçi va maʼnaviy olamini boyitişga xizmat qiluvçi maʼnaviy ustozdir.
Şu boisdan ham yurtimizda uşbu şarafli kasb egalarini qöllab-quvvatlaş, ularning mehnatini munosib qadrlaş va rağbatlantiriş masalasiga alohida eʼtibor qaratib kelinmoqda. Xususan, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-iyundagi "Özbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmati körsatişni yanada takomillaştiriş töğrisida"gi qarori bu boradagi işlarni yangi bosqiçga olib çiqdi. Mazkur hujjatga muvofiq mamlakatimizda 21-may sanasi "Kutubxonaçilar kuni" sifatida keng nişonlanişi belgilangan. Qarorda uşbu sana munosabati bilan özining boy tajribasi, kasbiga bölgan sadoqati bilan ajralib turadigan, sohada halol mehnat qilib, axborot-kutubxona tizimini rivojlantirişga munosib hissa qöşib kelayotgan fidoyi xodimlarni davlat mukofotlari bilan taqdirlaş va ularni rağbatlantiriş masalasi alohida közda tutilgan.
Maʼlumki, Özbekiston Respublikasi Maktabgaça va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan taʼlim sohasini yanada takomillaştiriş va tizimdagi islohotlarni jadallaştiriş maqsadida may oyida "Muhim oylik" eʼlon qilingan bölib, mazkur oylik doirasida amalga oşirilişi lozim bölgan işlarning “Yöl xaritasi” tasdiqlangan. Uşbu “Yöl xaritasi”da belgilangan vazifalarning ijrosini taʼminlaş, şuningdek, kutubxonaçilarning jamiyatdagi örnini keng tarğib qiliş maqsadida 20-may kuni Amudaryo tumanidagi 82-sonli umumiy örta taʼlim maktabida "Kutubxonaçilar kuni" munosabati bilan maʼrifiy anjuman taşkil etildi.
Uşbu bayram tadbiriga hududdagi barça umumiy örta taʼlim maktablarining kutubxona mudirlari va xodimlari taklif etildi. Tadbirga yiğilgan hamkasblar nafaqat kasb bayramini nişonladilar, balki özaro tajriba almaşdilar, sohadagi yangiliklar va kelgusidagi rejalar haqida qizğin fikrlaşiş imkoniga ega böldilar.
Tadbir davomida sözga çiqqanlar kutubxonaçilarning maktab hayotidagi, ayniqsa, öquvçi-yoşlarning tarbiyasidagi beqiyos örni haqida alohida töxtalib ötdilar. Anjuman doirasida yil davomida öz kasbiga sadoqat bilan yondaşgan, öquvçilarni kitob mutolaasiga jalb qilişda turli xil innovatsion usullardan foydalangan, kutubxona fondini boyitiş va uni tizimli taşkil etişda alohida jonbozlik körsatgan umumtaʼlim maktablarining eng faol va ilğor kutubxonaçilari eʼtirof etildi. Ularga taşkilotçilar tomonidan faxriy yorliqlar hamda qimmatbaho esdalik sovğalari tantanali ravişda topşirildi. Bunday rağbat, eʼtirof va mukofotlar ularning yillar davomidagi zahmatli mehnatlariga berilgan bahodir.
Bugungi kunda davlatimiz tomonidan taʼlim sohasiga, şu jumladan, axborot-kutubxona markazlarini eng zamonaviy texnologiyalar va boy kitob fondlari bilan taʼminlaşga juda katta mablağlar yönaltirilmoqda. Bu yaratilgan şart-şaroitlarni öquvçilarga töğri va samarali yetkazişda aynan kutubxonaçining örni öta muhimdir. Ularsiz har qanday zamonaviy kutubxona ham şunçaki kitoblar saqlanadigan omborxonaga aylanib qolişi heç gap emas. Şunday ekan, 21-may sanasi faqatgina kutubxonaçilarning emas, balki kitobni sevuvçi, qadrlovçi va undan maʼnaviy ozuqa oluvçi barça ziyoli insonlarning kasb bayrami hisoblanadi.
Jamiyatning ziyo maskanlari bölmiş kutubxonalar va ularning fidoyi xodimlarini qöllab-quvvatlaşga qaratilgan bu kabi yuksak eʼtibor kelajak avlodning yanada bilimli, maʼnaviyati yuksak va dunyoqaraşi keng insonlar bölib yetişişiga xizmat qiladi. Zero, kitobga, ilm-fanga va maʼrifatga qaratilgan eʼtibor — bu avvalo kelajakka, millatning ertangi kuniga yönatirilgan eng katta va bebaho sarmoyadir.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶