Adabiyot
👁 987
BARHAYoT ShOIR
Buyuk bobomiz Alisher Navoiy tavallud kuniga 577-yil toʻlishi munosabati bilan 8-sonli ixtisoslashtirilgan Davlat umumtaʼlim maktabida boʻlib oʻtgan tadbir shunday nomlandi.
Tadbirda 5-,6-,9-sinf oʻquvchilari ishtirok etdilar. 5-sinf oʻquvchilari tomonidan tayyorlangan “Buyuk alloma haqida jahon adabiyoti namoyondolari bildirgan fikrlar”, 6-sinf oʻquvchilari ijro etgan “Alisher va gado”, “Gʻazal va uch siymo”, 9-sinf oʻquvchilari talqinidagi “Alisher va Feruz” nomli sahna koʻrinishlari barchada chuqur taassurot qoldirdi. Oʻquvchilar Alisher Navoiy haqida sheʼrlar aytishdi, ulugʻ shoir gʻazallari, tuyuq va ruboiylarini ifodali oʻqib berishdi
Mashhura Hayitboyeva, 8-IDUM oʻquvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶